Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 7-sinf Adabiyot » 7-sinf Adabiyot 12-mavzu 7-sinf Adabiyot 7-sinf Adabiyot 12-mavzu InfoMaster Mart 19, 2022 70 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Adabiyot 12-mavzu yuzasida testlar 12-MAVZU : ZAVQIY 1 / 31 “Dardiga darmon istamas” she’ri qanday shaklda yozilgan? A) Muxammas B) Musallas C) Murabba D) Musaddas 2 / 31 Qaysi qatorda Saida Zununova dramalari ko’rsatilgan ? A) “Samandar” “Mardlik cho’qqisi” B) “Ona “ ,”Ko’zlar “ C) “Do’stlik” ,”Bo’ylaringdan o’rgilay” D) “Ko’chalar charog’on”, “Gulbahor” 3 / 31 “Axir qancha chuqurdan qaynasa buloq,Suvi shuncha pok bo’lur,shuncha totliroq!” Ushbu parcha Shuhratning qaysi asaridan olingan ? A) „Guldursun" B) “Mardlik afsonasi “ C) „Raymonda" D) „Ona va farzand" 4 / 31 R Hamzatovning deyarli barcha asarlari yozilishi bilan qaysi tilga o’girilar edi ? A) rus B) ingliz C) o’zbek D) fransuz 5 / 31 Asqad Muxtor 1947-yili bosilgan qaysi asari orqali ijodkorlar nazariga tushdi? A) «Karvon qo‘ng‘irog‘i» she’riy to'plami B) «Quyosh belanchagi» she'riy to'plami C) «Po'lat quyuvchi » poemasi D) «Hamshaharlarim» she’riy to'plami 6 / 31 . O'zbek adabiyotidagi ilk she'riy roman hisoblangan Mirmuhsinning asarini toping? A) «Ziyod va Adiba» B) «Usta G'iyos» C) «Qalb va falsafa» D) «Avesto» 7 / 31 O’lmas Umarbekovning qissa janrining yangi qirralarini kashf etib, o'sha paytga qadar o'zbek adabiyotida deyarli qo'l urilmagan detektiv yo'nalishda yaratilgan qissasini toping. A) «Sevgim, sevgilim» B) «Yoz yomg'iri» C) «Cho'li iroq» D) «Kimning tashvishi yo'q» 8 / 31 Ch.Aytmatovning «Oq кеmа» asarida qorovulxonadagi uzoq yillik xizmatlari uchun Mo‘minga mukofot sifatida nima berishgan edi? A) portfel B) ot C) miltiq D) durbin 9 / 31 "Ravshan" dostonida Hasanxon shirvon eliga kimni podsho qilib qaytadi? A) Ersak B) Aynoq C) Ravshan D) Jaynoq 10 / 31 «Mehr va Suhaybda «Zuhalvash » so'zi kimga nisbatan qo'llaniladi? A) Navdarshohga B) Mehrga C) Suhaylga D) Jobirga 11 / 31 . Uvaysiyning qaysi g'azalida farzandidan judo bo'lgan onaning iztiroblari, sog'inchi aks etgan? A) «Sog'indim» B) «Deyin» C) «Dog' o'ldi, dog'o'ldi» D) «Uvaysiyman» 12 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasida shoir kimni «kofircha» deydi? A) Nazirbekni B) Shokirni C) Ahmadjonni D) Muhiddinni 13 / 31 . «Hajvi ahli rasta» hajviyasida shoir kimni «qattig’ligi o'xsham'ish danakkа» deydi ? A) Umarjonni B) Nazirbekni C) Dovudxo'jani D) Abdulqodirni 14 / 31 Zavqiyning qaysi she'rida yurt kelajagi borasidagi shoirning armon, orzu va istaklari aks etgan? A) «Hajvi ahli rasta» B) «Ajab ermas» C) «Muncha ко'р» D) «Tanobchilar» 15 / 31 «Hajvi ahi rasta» hajviyasida Zavqiy kimni qora eshakka o'xshatadi? A) Shokirni B) Solihni C) Nazirbekni D) Ahmadjonni 16 / 31 Shoirning o'z qo'li bilan tuzgan devoni hozir qayerda saqlanmoqda? A) Zavqiyning Hindistonda yashayotgan avlodlari qo'lida B) Zavqiyning Xitoy Xalq Respublikasida yashayotgan avlodlari qo'lida C) Sharqshunoslik instituting qo'lyozmalar fondida D) Zavqiyning Qo'qonda yashayotgan avlodlari qo'lida 17 / 31 Zavqiyning asl ismi... A) Muhammad Siddiq B) Abdulloh C) Ubaydulloh D) Ibrohim 18 / 31 . «Hajvi ahli rasta» hajviyasida So'fining balosi deya ta’riflangan kim? A) Abdulla B) Abdulqodir C) Ortuqbachcha D) Hojibachcha 19 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o'rniga mos javobni qo'ying. « ... chorbozor qatnar, Chit moshinasin sotur elakka». A) Nazirbek B) Dovudxo'ja C) Hojibachcha D) Nosir 20 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasidan olingan parchada nuqtalar o'rniga mos javobni qo'ying. «Pul kelmasa, ... Karnay chaladur bo'lar-bо'mакка». A) Siddiq B) Oxunjon C) Muhiddin D) Bonkaboyvachcha 21 / 31 Yurtimizda Zavqiyning saqlanib qolgan she'rlari jamlanib, qaysi yillarda nashr qilingan? A) 1956- va 1958-yillarda B) 1958- va 1960-yillarda C) 1955- va 1958-yillarda D) 1955- va 1956-yillarda 22 / 31 Kim va qachon Zavqiyning asli yetti banddan iborat bo'lsa-da, sho'rolar davrida mustabid tuzum mafkurasiga moslab, to'rt banddan iborat she'r tarzida taqdim etilgan asarini to'la matnini tiklab, matbuotda e'lon qilgan? A) Rustamjon Tojiboyev 1997-yili B) G'ulom Karimov 1999-yili C) Boqijon To'xliyev 1998-yili D) Jamila Nagiyeva 2000-yili 23 / 31 Zavqiyning 150 yillik yubileyi yurtimizda qachon nishonlandi ? A) 2003 B) 1991 C) 1997 D) 1993 24 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasida Zavqiy kimni «oshqaboq xamak»ka o'xshatadi? A) Ahmadjonni B) Shokirni C) Solihni D) Nazirbekni 25 / 31 «Hajvi ahi rasta» hajviyasidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o'rnga mos javobni qo'ying. «So z ta 'siri ketmasin, ... Osh yesa og'iz artmasun fatakka». A) Sodiq B) Siddiq C) Shokir D) Mo'minshoh 26 / 31 Zavqiy qayerda tahsil oldi ? A) Qo’qondagi Madrasai Oliy B) Qo’qondagi Madrasai Chalpak C) Qo’qondagi Madrasai Mir D) A,B 27 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o'rniga mos javobni qo'ying. «Silaft oriqqina ... Ahvoli ayon bo'lur кuzакка». A) Qosimjon B) Muhiddin C) Nazirbek D) Oxunjon 28 / 31 Zavqiyning mashhur 46 boy haqidagi “Xajv ahli rasta” she’ri qayerga osilib qo’yilgandi ? A) Mo’ymanak ataluvchi saylgohga B) Gandimyon bog’iga C) Chorsu maydoniga D) Saroy oldiga 29 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasida shoir kimni «bodfarakka» (varrak) o'xshatadi? A) Sobirni B) Qosimni C) Abdulqodirni D) Hojibachchani 30 / 31 Zavqiyning qo’qonlik boylarni hajv qilib yozgan she’rini toping A) ” Ahli rasta hajvi “ B) ”Bo’lgan ekan “ C) “ Saylov “ D) “Boylar “ 31 / 31 Barcha ma’rifatchilik adiblari singari Zavqiy ham hajviyotchilik bilan shug’ullangan .Zavqiyning hajviyalari ko’proq qaysi she’riy shaklda yaratilgan ? A) ) murabba’ B) masnaviy C) muxammas D) musallas 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz