Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 7-sinf Adabiyot » 7-sinf Adabiyot 7-mavzu 7-sinf Adabiyot 7-sinf Adabiyot 7-mavzu InfoMaster Mart 19, 2022 103 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Adabiyot 7-mavzu yuzasida testlar 7-MAVZU : O’LMAS UMARBEKOV 1 / 26 Qayerda Hamzaning tashabbusi bilan arab tili kursi ochiladi? A) Qo'qonda B) Namanganda C) Toshkentda D) Buxoroda 2 / 26 S. Zunnunova qaysi she'rining dastlabki bandida «oy shu'lasi bir mayin», «men seni allalayin» tasvirlarini beradi? A) «Mening Vatanim» B) «Buvilar duoga qo'llarin ochib» C) «Yer uzra qo'ndi oqshom» D) «Qizimga» 3 / 26 Qaysi asar ballada janrida yaratilmagan? A) «Raymonda» B) «Ona va farzand» C) «Jamila» D) «Farzand» 4 / 26 R Hamzatov she’riyatining yetakchi mavzusi ? A) muhabbat B) milliy g’urur C) tabiatga oshiftalik D) ota va bola munosabati 5 / 26 Asqad Muxtorning birinchi qissasi qachon va qanday nom bilan bosilib chiqqan? A) 1950-yili «Buxoroning jin ko'chalari» nomi bilan B) 1950-yili «Qoraqalpoq qissasi» nomi bilan C) 1950-yili «Kumush tola» nomi bilan D) 1950-yili «Daryolar tutashgan joyda» nomi bilan 6 / 26 Mirmuhsinning dastlabki she'r va hikoyalar to'plamlari qaysi? A) "Qamar”, "Usta G'iyos" B) "Sheralming mardligi' va "Ovchi bolalari" C) "Qalb falsafasi”, “Vatandoshlar" D) "Jamila‘, "Qamar" 7 / 26 Adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq, oddiy kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi O'lmas Umarbekovning qaysi asarida ta'sirli aks ettiriladi? A) «Yoz yomg'iri» B) «Urush farzandi» C) «Kimning tashvishi yo'q» D) «Sevgim, sevgilim» 8 / 26 O'lmas Umarbekovning qaysi qissasi voqealar rivojining sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganligi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning samimiyligi bilan e'tibor tortadi? A) «Urush farzandi» qissasi B) «Kimning tashvishi yo'q» qissasi C) «Yoz yomg'iri» qissasi D) «Cho'li iroq» qissasi 9 / 26 Milliy ma'naviyatimizdagi bir kemtiklik - sarguzasht yo'sinida aks ettirilgan romanni toping. A) «Fotima va Zuhra» B) «0'zgalar uchun» C) «Odam bo'lish qiyin» D) «Kimning tashvishi yo'q» 10 / 26 O’lmas Umarbekovning qissa janrining yangi qirralarini kashf etib, o'sha paytga qadar o'zbek adabiyotida deyarli qo'l urilmagan detektiv yo'nalishda yaratilgan qissasini toping. A) «Yoz yomg'iri» B) «Kimning tashvishi yo'q» C) «Sevgim, sevgilim» D) «Cho'li iroq» 11 / 26 Milliy ma’naviyatimizdagi bir kemtikiik sorguzasht yo'sinda aks ettirigan O'lmas Umarbekov romani nomi qaysi javobda keltirilgan ? A) “Urush farzandi" B) “Fotima va Zuhra" C) "Yer yonganda " D) "Sevgim, sevgiilm” 12 / 26 O'lmas Umarbekovning qaysi asarida tajribasiz va g'o'r ikki yoshning pokiza tuyg'ulari hayot tashvishlariga qorishib, qahramonlarni tanazzulga tortib, sevishgan qalblarni fojia sari yetaklaydi? A) «Yoz yomg'iri» qissasi B) «Odam bo'lish qiyin» romani C) «Fotima va Zuhra» romani D) «Kimning tashvishi yo'q» qissasi 13 / 26 Qaysi javobda O'lmas Umarbekov qalamiga mansub kinossenariylar ko'rsat:lgan? 1) "Changalzor qonuni”; 2) “Komissiya";3)''Qiyomat qarz"; 4)”Kuzning birinchi kuni";5 “Arizasiga ko'ra": 6) “O'zgalar uchun ; 7) "Yigit va qiz“; 8) "Yuksak qorliklardaqi uchrashuv". A) 3,4,7,8 B) 1. 3. 6, 8 C) 2, 5, 7. 8 D) 1,6, 7, 8 14 / 26 0‘lmas Umarbekovning «Cho‘li iroq» asari qaysi janrda yozilgan? A) drama B) roman C) hikoya D) qissa 15 / 26 O'lmas Umarbekovning qalamiga mansub romanlarni toping. A) «Cho'li iroq», «Odam bo'lish qiyin» B) «Odam bo'lish qiyin», «Fotima va Zuhra» C) «Urush farzandi», «Komissiya» D) «Fotima va Zuhra», «Cho'li iroq» 16 / 26 O’lmas Umarbekovning ko’p bahslarga sabab bo’lgan asarini belgilang A) “Urush farzandi “ B) “Sevgim ,sevgilim “ C) “Odam bo’lish qiyin “ D) “Fotima Zuhra “ 17 / 26 «Yoz yomg'iri» qissasiga xos bo'lgan xususiyatlarni toping. A) sujet to'qimasining murakkabligi B) Barcha javoblar to'g'ri. C) voqealar ta'sirining favqulodda keskinligi D) ifoda maromining shiddatkorligi 18 / 26 O'lmas Umarbekovning qaysi asarida obro'-e'tiborli, halol o'qituvchi Abdullajonning oilasi taqdiri misolida ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi omonsiz kurash ko'rsatib beriladi? A) «Yoz yomg'iri» qissasida B) «Fotima va Zuhra» romanida C) «Odam bo'lish qiyin» romanida D) «Kimning tashvishi yo'q» qissasida 19 / 26 O'lmas Umarbekovning qaysi asaridan boshlab milliy adabiyotimizga fojia tasviri qayta kirib keldi? A) «Yoz yomg'iri» B) «Sevgim, sevgilim» C) «Damir Usmonovning ikki bahori» D) «Kimning tashvishi yo'q» 20 / 26 O'lmas Umarbekovning qaysi asarida yoshgina go'zal ayolning sirli o'limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o'rganish, qotillarni aniqlash barobarida asar qahramonlarining ma'naviy qiyofalari oydinlasha boradi? A) «Yoz yomg'iri» B) «Odam bo'lish qiyin» C) «Kimning tashvishi yo'q» D) «Sevgim, sevgilim» 21 / 26 0‘ Umarbekovning “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb tan olingan asari qanday nomlangan? A) “Oltin yaproqlar” B) “Ko'prik” C) “Qishlog'imiz kishilari” D) “Xatingni kutaman” 22 / 26 O'lmas Umarbekovning qaysi asarida manfaatni insonlikdan yuqori qo'yish odamni ma'naviy qabohat sari yetaklashi fojiaviy timsollar misolida yorqin ko'rsatib beriladi? A) «Odam bo'lish qiyin» romanida B) «Yoz yomg'iri» qissasida C) «Kimning tashvishi yo'q» qissasida D) «Fotima va Zuhra» romanida 23 / 26 O'lmas Umarbekov badiiy ijodni qaysi janrdagi asarlar yozish bilan boshlagan? A) hikoya B) doston C) qissa D) she'r 24 / 26 0‘lmas Umarbekov tahsil olgan Toshkentdagi 40-maktabga kim asos solgan edi? A) Avloniy B) Fitrat C) Munavvarqori D) Hamza 25 / 26 Qaysi qatorda O'lmas Umarbekovning bir janrga kiruvchi asarlari berilgan? A) "Odam bo'lish qiyin", "Cho'li iroq", 'Oq qaldirg'och" B) "Kurort", "Urush farzandi", "Shohma, quyosh" C) "Oqarsuv", “Yer yonganda", "Kuzning birinchi kuni1' D) "Arizasiga ko‘ra “Damir Usmonovning ikki bahori","Sud" 26 / 26 Siyosiy vaziyat qanday bo'lsa-da, odam insonlarga bo'lgan ishonchini yo'qotmasligi lozimligi, olomonning qutqusiga uchgan, odamga emas, to'daga xos tarzda o'ylay boshlagan kishi o'ziga ham, o'zgalarga ham falokatlar yog'dirishi O'lmas Umarbekovning qaysi qissasida ta'sirchan aks ettirilgan? A) «Sevgim, sevgilim» B) «Yoz yomg'iri» C) «Kimning tashvishi yo'q» D) «Cho'li iroq» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz