Fizika attestatsiya №4

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №4

1 / 40

8 litrli idishda 2,4·1024 ta gaz molekulasi bor. Gaz molekulalari kondensatsiyasini hisoblang.

2 / 40

Yuguruvchi dastlabki 7 s ichida 4m/s tezlik bilan tekis so’ngra 4m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qildi. Harakatning dastlabki 10s davomidagi o’rtacha tezligini toping (m/s).

3 / 40

”Havo yoki gazga kuchli zaryadlar oqimi hosil bo`lishiga... deyiladi”. Gapni davom ettiring.

4 / 40

Bir xil miqdordagi ikkita kuchning teng ta’sir etuvchisi 6√3 N, bitta kuchning o‘zi 6 N. Ikkita kuch yo‘nalishlari orasidagi burchakni toping.

5 / 40

Bir xil ishorada zaryadlangan ikkita sharcha orasidagi masofa 100 mm ga teng. Ular orasidagi masofa 25 mm ga keltirilsa, ta`sir kuchi qanday o`zgaradi.

6 / 40

Agar jismning tezlik va tezlanish vektori istalgan paytda o’zaro to’g’ri burchak hosil qilsa, jism qanday harakatda bo’ladi?

7 / 40

Jism egri chiziqli harakat qilayotganida to‘la tezlanishi va chiziqli tezligi o‘zaro 60° burchak tashkil etdi. ??/?? nisbatning
son qiymatini toping.

8 / 40

Jism bir yo’nalishda o’zgarmas tezlanish bilan harakatlanib, ketma-ket keladigan davomiyligi 2 s dan bo’lgan vaqtda 16 m va 18 m yo’l bosdi. Harakatning birinchi bosqichi boshidagi tezligini toping (m/s).

9 / 40

Javohir o’z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o’tdi. Buninguchun qancha vaqt sarflangan (s)?

10 / 40

Jism tezlanishining vaqtga bog`lanish grafigi berilgan. Jismning dastlabki tezligi V0= 20 m/s bo’lsa, t = 3s paytdagi tezligi nimaga teng (m/s)?

11 / 40

Jismga o`zaro 90° burchak ostida yo`nalgan ikkita 6 va 8 N kuchlar ta'sir qilmoqda. Bu kuchlar teng ta'sir etuvchisining moduli qanday (N)?

12 / 40

Jism 20 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Jismning uchish uzoqligi uning otilish balandligiga teng. Jism qanday balandlikdan otilgan (m) ? g = 10 m/s².

13 / 40

4 MW∙soat energiyani GJ da ifodalang.

14 / 40

Jismjoyidan qo‘zg`alib, bir xil masofada 2 marta kata tezlikka erishishi uchun, unga ta’sir etuvchi kuchni qanday o‘zgartirish lozim?

15 / 40

Agar 90 kg massali kosmonavt kosmik kemada uchish vaqtida yuklanish 3 ga teng bo‘lsa, kosmonavtning og‘irligi qancha bo‘ladi (kN) ?

16 / 40

Massasi 10 g, hajmi 15 sm³ bo`lgan jism suv bilan limmo lim to`ldirilgan stakanga solinsa necha sm³ suv to`kiladi?

17 / 40

Yassi brusok devordan pastga sirpanib ketmasligi uchun uni gorizontal yo’nalgan qanday minimal kuch (N) bilan devorga siqish kerak? Brusokning massasi 2 kg, devor bilan brusok o’rtasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,8 ga teng.

18 / 40

O’ta gigant Antares yulduzining massasi Quyosh massasidan 50 marta diametri esa 5 marta katta bo’lsa, Antares yulduzi sirtidan uning radiusi balandlikdagi erkin tushush tezlanishini (m/s²) toping? Quyosh sirtidagi erkin tushshush tezlanishi 50 m/s² ga teng deb hisoblang.

19 / 40

Massasi m zaryadi q bo’lgan sharcha kuchlanganligi E ga teng va yer sirtiga parallel bir jinsli elektr maydonga erkin tushmoqda . Sharchaninig y=y(x) tenglamasini tuzing.

20 / 40

m1=2,5 kg massali yuk S=3,6 m pastga tushgan vaqtda qanday tezlikka erishadi(m/s). m2=2 kg, bloklar vaznsiz, ishqalanishlar yo’q, ip cho’zilmas.

21 / 40

Zichligi suv zichligidan 3 marta kata massasi esa 27 kg bo’lgan jismni suvda harakatsiz ushlab turush uchun qanday kuch kerak. (N)

22 / 40

Chizmada ko’rsatilgan muntazam oltiburchakning tomonlari va diaganallarining yarmi , qarshiliklari R ga teng bo’lsa A va B nuqlalar orasidagi qarshilikni toping?

23 / 40

Massasi 80 gr bo’lgan probkani suv ostida ushlab turush uchun qancha kuch kerak. (N)

24 / 40

Birinchi idishga 4 litr suv quyildi va sathining balandligi 8 sm bo’ldi. Ikkinchi idishga 0,5 litr suv quyildi va uning sathining balandligi 12 sm bo‘ldi. Idishlarning tublaridagi gidrostatik bosimlarini taqqoslang?

25 / 40

Yuqoriga tik otilgan tezlikli jism qanday balandlikka ko‘tariladi?

26 / 40

Massalari m va 3m bo’lgan jismlar o’zaro 90° burchak hosil qilib harakatlanmoqda. To’qnashuvdan so’ng m massali jism to’xtab qolgan bo’lsa, uning energiyasini qanday qismi issiqlikka aylangan?(yo’qolgan energiya issiqlikka aylangan)

27 / 40

Rasmda ko’rsatilgandek sharcha K nuqtadan V tezlik bilan otildi shu vaqtda L nuqtadan boshqa sharcha erkin tashlab yuborildi. Agar sharlarning yerga urilishdagi tezliklari bir xil bo’lsa ℎ1 /ℎ2

28 / 40

Rasmda ko’rsatilgan jismlar sistemasining tezlanishini toping (m/s²) . F1=15 N , F2=40 N , m1=2 kg , m2=3 kg , ? =30° ,? = 60° , jismlar va sirt orasidagi ishqalanish koiffisienti ? = 0,4 ga teng.

29 / 40

Hajmi 5dm³ zichligi 1400 kg/m³ bo`lgan jismning kerosindagi og`irligini toping (N)? kerosin zichligi 800 kg/m³

30 / 40

Suv to’la chelak vertical tekislikda 10 m radiusli aylana bo’ylab harakat qilmoqda. Qanday eng kata burchak tezligida chelakdagi suv to’kilmaydi? (rad/s)

31 / 40

Yer sirtidan 21600 km balandlikda harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshning tezligi, 600 km balandlikda harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshning tezligidan necha marta farq qiladi?

32 / 40

Rasmda ko'rsatilgan bir jinsli to'sinning massasi 10 kg , ipning taranglik kuchi 200 N ga teng bo’lsa osilgan yuklarning massasini aniqlang (kg) ?(M1=M2)

33 / 40

Tinch turgan mushuk 108 m yo’lni 10 s da bosib o‘tdi. U dastlabki 2 s da tekis tezlanuvchan, qolgan vaqtda tekis harakat qilgan. Uning tezlanishini toping.

34 / 40

Jism 20 m balandlikdan 17,3 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. 2 s dan so’ng jism ko’chish vektori yo’nalishi gorizont bilan qanday burchak hosil qiladi?

35 / 40

Vaznsiz rolikdan ip o‘tkazilib, uning bir uchiga 5 kg, ikkinchi uchiga 3 kg massali yuklar osilgan va ular erkin harakatlanmoqda. Rolikka qancha kuch ta’sir qiladi?

36 / 40

Massasi 0,18 g va moddasining zichligi 1800 kg/m³ bo’lgan musbat zaryadlangan sharcha zichligi 900 kg/m³ bo’lgan suyuq dielektrikda muallaq holatda turibdi. Dielelektrikdagi bir jinsli elektr maydonning kuchlanganligi 45 kV/m bo’lib, yuqoriga vertikal yo’nalgan. Sharchaning zaryadini (nC) toping.

37 / 40

Harakat tenglamalari X1=10t va X2=50-10t bo‘lgan ikkita jism qancha vaqtdan keyin uchrashadilar?

38 / 40

Ko‘ldagi 100 kg massali qayiqning ustidagi 60 kg massali odam qayiqning u boshidan bu boshiga yurib o‘tdi. Agar qayiqning uzunligi 10 m bo‘lsa, yurib o‘tgandan keyin odam qirg‘oqqa nisbatan qancha masofaga siljiydi (m)?

39 / 40

20 kg massali jism ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo’lgan gorizontal tekislikda tinch turibdi. Unga 22 N kuch ta’sir qila boshladi. Jismga ta’sir qilayotgan ishqalanish kuchini toping.

40 / 40

Agar baliq ovlaydigan iplarning uchiga bir xil kuch qo’yilsa, diametri 0,2 mm bo’lgan ipning nisbiy uzayishi diametri 0,4 mm bo’lgan ipning nisbiy uzayishidan necha marta kata?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0