Uy » Choraklik online testlar » Tarbiya choraklik » 10-sinf Tarbiya 4-chorak Tarbiya choraklik 10-sinf Tarbiya 4-chorak InfoMaster May 18, 2024 978 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 4-chorak uchun test 2-YARIM YILLIK UCHUN NAZORAT ISHI 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 1234567891011121314151617181920 OMAD YOR BO'LSIN! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarbiya 4-chorak 4-chorak uchun test 2-YARIM YILLIK UCHUN NAZORAT ISHI 1 / 20 1. Nima ezgulikni tug‘dirmaydi, aksincha, ezgulik tufayli odamlar shaxsiy hayotda ham, jamiyatda ham unga ega bo‘ladilar. A) Bilim B) Mansab C) Pul D) Kitob 2 / 20 2. Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas, Qo‘lingdan kelgancha qila olsang, bas! A) Abu Rayhon Beruniy B) Abu Abdullo Rudakiy C) Ahmad Yassaviy D) Abu Ali ibn Sino 3 / 20 3. “Muallimga mangu ehtirom” haykali she’rga qo’yilgan yagona haykal bo’lib, qaysi she’r uchun bu haykal Bo’ston shahrida qo’yilgan? A) “Qalb chirog’i” she’ri uchun B) “Darsdan so’ng” she’ri uchun C) “Ziyo” she’ri uchun D) “Muallimga ehtirom” she’ri uchun 4 / 20 4. “Biznesmenlarning axloq kodeksi” nechanchi yilda qabul qilingan? A) 1912-yil B) 1913-yil C) 1911-yil D) 1915-yil 5 / 20 5. “Axborot kimning qo‘lida ko’p bo‘lsa, o‘sha dunyoni boshqaradi” degan fikr kimga tegishli? A) Benjamin Franklin B) Frank Ruzvalt C) Uinston Cherchill D) Adam Smit 6 / 20 6. “Feyk” so’zi qanday ma’noni bildiradi? A) (ing. fake) – “yolg’on”, “ishonchsiz” degan ma’noni anglatadi B) (lot.fake) – “yolg’on”, “asossiz” degan ma’nolarni anglatadi C) (ing. fake) – “soxta”, “qalbaki” degan ma’nolarni anglatadi D) (lot. fake) – “soxta”, “qalbaki” degan ma’nolarni anglatadi 7 / 20 7. Samarali o’rganish jarayonida 45 daqiqadan so’ng diqqatning bo’linishi natijasida ma’lumotni qabul qilish necha foizgacha sustlashib boradi? A) 50% B) 40% C) 25% D) 60% 8 / 20 8. Yurtimizdagi qaysi maqbara islom, xristian va yahudiylik dini vajkillari tomonidan birdek e’zozlanadi? A) Shohi Zinda maqbarasi B) Doniyol payg’ambar maqbarasi C) Somoniylar maqbarasi D) Go’ri Amir maqbarasi 9 / 20 9. Qoraqalpoq diyorining Ellikqal’a tumanidagi BO’STON shahrini mahalliy xalq nima deb atashadi? A) “Ellik birinchi shahar” B) “Yuz shahardan ulug’ shahar” C) “Muqaddas ona zamin” D) “Nur yog’ilgan shahar” 10 / 20 10. Muhammad (s.a.v.) Ka’bani ta’mirlash jarayonida “Hajarul Asvad” (“Qora tosh”)ni o’rniga qo’yish borasida paydo bo’lgan bema’ni urushni qanday OQILONA HUKM bilan hal qilgan edilar? A) Matoni yerga solib, unga “Hajarul Asvad”ni qo‘ydilar va qabila boshliqlariga matoni chetidan ushlab baravar ko‘tarishga va birga joyiga olib borishga buyurdilar B) “Hajarul Asvad” katta naqshinkor aravaga ortildi va arava ikki qabila a’zolari tomonidan baravar itarib borilishini buyurdilar C) Qabila sardorlari o’rtasida musobaqa uyushtirilib, g’olib bo’lgan qabila “Qora tosh”ni o’z o’rniga qo’yishini aytdilar D) “Hajarul Asvad”ni joyiga olib borib qo’yish vaifasini shaxsan o’zlari amalga oshirdilar 11 / 20 11. U shunday narsaki, unga butun umringni baxshida qilmaguningcha senga o‘zining bir qismini ham bermaydi. U nima? A) Vaqt B) Ilm C) Farosat D) Tarbiya 12 / 20 12. Abdulla Avloniyning fikricha, nima faqirlik va muhtojlikdan ham ko’proq dahshatli bir musibatdir? A) Bilimsizlik va madaniyatsizlik B) Dangasalik va odobsizlik C) Jaholat va qo’rqinch D) Beparvolik va mas’uliyatsizlik 13 / 20 13. Kasb bu – ……….. A) Ma’lum bir shaxsga xos bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar mujassamidir B) Kasbiy mahoratning individual ko’rinishidir C) Bir guruh tomonidan olingan bilim va malakalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish mahoratidir D) Shaxsining individual psixik holati bo’lib, ijtimoiy hayotda namoyon bo’ladi 14 / 20 14. Muqaddas kitoblarda nima qotillikdan ham yomon jinoyat hisoblangan? A) Loqaydlik va dangasalik B) Urush chiqarish yo‘lidagi fitna C) Oila a’zolariga g’amxo’rlik qilmaslik D) Ma’naviy qashshoqlik 15 / 20 15. Kordova (Qurtuba) masjidi qayerda joylashgan? A) Italiyada B) Ispaniyada C) Arabistonda D) Rossiyada 16 / 20 16. Men uyimning eshik va derazalarini mahkam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida, eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib, xonadonimni ag‘dar-to‘ntar qilib, o‘zimni yiqitib tashlaydigan darajada ochib ham qo‘ya olmayman. A) Indira Gandi B) Uilyam Shakspir C) Mahatma Gandi D) Lev Tolstoy 17 / 20 17. Qanday odam imkoniyatlarni emas, maqsadga erishishga to‘sqinlik qiladigan sabablarni qidiradi? A) Dangasa, manfaatparast va xardamhayol odam B) Jamiyatga tez moslasha olmaydigan, tortinchoq odam C) G’alabaga ishonmaydigan, ruhiyati va irodasi bosh odam D) Tarbiyasiz va axloqsiz odam 18 / 20 18. Mediabozorda kimlar ishtirok etadi? A) Tayyorlovchi, axborot (mahsulot) tarqatuvchi va tahrirlovchi B) Tayyorlovchi, axborot (mahsulot) yetkazib beruvchi va iste’molchi C) Tayyorlovchi, axborot (mahsulot) ishlab chiqaruvchi va yaratuvchi D) Tayyorlovchi, axborot (mahsulot) qabul qiluvchi va mutolaa qiluvchi 19 / 20 19. Malala Yusufzay 17 yoshida qizlarning ta’lim olish huquqini himoya qilish bo‘yicha faoliyati uchun ushbu mukofot bilan taqdirlangan. A) Noto’g’ri B) To’g’ri 20 / 20 20. Agar milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish jinoyati boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda; badanga og‘ir shikast yetkazgan holda; fuqarolarni doimiy yashash joyidan zo‘rlik ishlatib ko‘chirgan holda; mansabdor shaxs tomonidan; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa JKning 156-moddasi bilan qanday jazo qo’llaniladi? A) Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi B) Uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi C) Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi D) Besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz