Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31 InfoMaster May 6, 2024 712 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 7 0% 2 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobda berilgan gapda imloviy jihatdan noto‘g’ri yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) Xalq seniki emas, sen xalqnikisan. B) Ertalab o‘mingdan quvonch bilan tur, kechqurun kulgi bilan uxlashga yot. C) Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro‘i bir pul bo‘ladi. D) Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch- qudratidir. 2 / 10 2. Faqat yuklamalar berilgan javobni aniqlang. A) hamda, uchun, -mi B) bilan, yoki, -chi C) faqat, -ku, hatto D) ammo, kabi. -yu 3 / 10 3. Lekin u bu gapni hech kimga aytmagan edi. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 4 B) 2 C) 3 D) 1 4 / 10 4. Qaysi javobda teng bog'lovchi yordamida bog‘langan qo'shma gap berilgan? A) Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi, Yoki so‘kildimi suvsar telpaging? B) Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon bo‘lishingni aslo xohlamaydi C) Xalqni qo'rqitgan emas, balki dardiga sherik bo‘lgan odam marddir. D) Nimaiki senga zarar keltirsa, o‘sha narsani boshqalarga ham ravo ko'rma. 5 / 10 5. Qaysi gapda chiziqcha noto‘g‘ri qo‘llangan? A) Onasi lining orqasidan hay-haylaganicha qoldi. B) Men, oyimning aytishicha, o‘sha yilning 15-martida tug‘ilgan ekanman. C) X X asr ilm-fan sohasida muhirn ixtirolar asri bo‘ldi. D) Ular shu tariqa baxtli-saodatli umr kechirishibdi 6 / 10 6. Qaysi gapda fe’lning bo‘lishsiz shakli orqali bo'lishlilik ma’nosi ifodalangan? A) O’shandan buyon uni ko‘rganimiz ham, u haqida eshitganimiz ham yo‘q. B) U hamisha darslarga tayyorlanmasdan kelmaydi. C) Nabijon biznikiga anchadan beri kelmay qo‘ygan edi. D) Na Karimjon, na Irodaxon bu haqida gapirdi. 7 / 10 7. Iboraning noo'rin qodlanishi qaysi gapda uchraydi? A) Tag‘in ham bu ayolning yuragi keng ekan, shuncha dardga uncha-muncha odam bardosh berolmaydi. B) Avvaliga bu ishga yuragi dovlamay kirishdi, keyinchalik ishning ancha hadisini oldi va shu muvaffaqiyatlarga erishdi. C) Shundan keyin uzoq уashay olmadi, chunki bechoraning yuragi bu g‘amni ko‘tara olmadi. D) Bugun Zebixonning yuragiga qil sig‘maydi, hamma narsa, hamma odamga o‘z quvonchini aytgisi, hamma bilan raqs tushgisi keladi. 8 / 10 8. Qaysi gapda tinish belgilarini qo'llash qoidalariga amal qilingan? A) Qaysi ishni qilmoqchi bo‘lsang eng avvalo, o‘z ko‘ngling bilan kengashib ko‘rgin. B) Asli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishing, demak o‘zingdan nafratlanishingni bildiradi. C) Hozir Humoyunning fili yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda. D) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o‘sha cho‘qqida quchganman zafar. 9 / 10 9. Qaysi gapda vergul undalmani boshqa bo‘laklardan ajratish uchun qo’yilgan? A) Kimga pand-u nasihat qilsang, unga, avvalo, o‘zing amal qil. B) Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o‘zbegim C) Birozdan so‘ng Hasan aka, frzika o‘qituvchisi, kirib keldi. D) Soy bo‘yidagi choyxonada, gavjum joyda, Azimjon uchradi. 10 / 10 10. Qaysi gap tarkibida orttirma darajadagi sifat qo! llangan? A) Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. B) Bizning Shahlo o‘zi kichkina bo‘lsa ham, ziyrak qiz. C) Bo‘yi mendan baland-u, o‘zi sap-sariq. D) Baxtiyorning shalpangquloq, jajji kuchukchasi bor. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 28 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28