Pedagogik mahorat №10 Aprel 30, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Pedagogik mahorat №10 ga fikr bildirilmagan. 30-aprelgacha tushgan savollar Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 128 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster Pedagogik mahorat №10 Attsetatsiya 2024 30-aprelgacha tushgan savollar Pedagogik mahoratni aniqlash bo'yicha test savollari 1 / 50 1. Ziddiyatlarni hal qilish sinfda muloqot qilish uchun ijobiy muhit yaratishda qo’llaniladigan faoliyatlarni belgilang. 1. Odob-axloq haqida davra suhbatlari uyushtirish 2. Do’stona muhitni qo’llab quvvatlash 3. Bolalarni maktabdan tashqari to’garaklarga yo’naltirish 4. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda o’quvchilarning jinsi, Yoshi, madaniy xususiyatlarini inobatga olish 5. O’quvchilarda bag’rikenglik, odob-axloq va hayotga tayyorgarlik bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,5 D) 1,2,4 2 / 50 2. Yosh o'qituvchi dars davomida turli vaziyatlarga duch keladi. Masalan, dars jarayonida yangi mavzuni tushuntirish, o'quvchiga ba'zi holatlarda tanbeh berish va hokazolar. Bunday holatlarda o'qituvchi pedagogik ta'sir o'tkazish bo'yicha e'tibor berishi kerak bo'lgan jihatlarning to'g'ri ketma-ketligini aniqlang. 1. Pedagogik ta'sir ko'rsatish. 2. Optimal metodlarni tanlash. 3. Murakkab vaziyatdan chiqishning mumkin bo'lgan variantlarini saralash 4. Vaziyatni tahlil qilish. A) 2,4,1,2 B) 3,1,2,4 C) 1,3,2,4 D) 4,3,2,1 3 / 50 3. 4K modelini nimalar tashkil qiladi? 1.Kollaboratsiya 2.Komminikatsiya 3.Kombinaterika 4.Kreativlik 5.Kooperatsiya 6.Kritik A) 1,3,5,6 B) 1,2,5,6 C) 1,2,4,6 D) 1,2,3,4 4 / 50 4. O'qituvchi dars davomida o'quvchilarni turli yo'nalishlarda fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun 4K usulidan samarali foydalandi. Bunda u ta'lim samaradorligini ta'minlashda qanday mehnat harakatlarini amalga oshirdi? A) O'quvchilarning jamoaviy va loyihaviy ishlarini tashkil etdi. B) Darsda turli namoyish va tarqatma materiallardan foydalandi. C) O'qitishning faol usullaridan foydalandi. D) Dars maqsadlari asosida o'quvchilar uchun erishimli vazifalarni belgiladi. 5 / 50 5. Siz darsni o’ta boshladingizida, barcha O’quvchilar tinchlanishdi, jimlik cho’kdi va birdan sinfda kimdir baland ovozda kulib yubordi. Siz hech narsa deyishga ulgurmay, kulayotgan o’quvchiga savol va hayrat bilan qaraganingizda, u ko’zingizga tik qarab: "Menga har doyim sizga qarash kulgili tuyuladi va siz dars boshlaganingizda kulgim keladi"-dedi. Bunga nisbatan o’qituvchi "Kayfiyating yaxshi ekanligidan xursandman"-deb javob berdi va darsni davom ettirdi. Bunda o’qituvchi o’quvchi bilan muloqotning modellashtirish bosqichida nimalarga e'tibor berdi? A) O’quvchilarga tashkilotchi va ijrochi rollarida bo'lishga imkon yaratish B) Ta'lim-tarbiya jarayonida uchraydigan qiyinchilik dinamikasini oldindan kòraolish va bartaraf etish C) O’quvchilar tashabbusini qo'llab-quvvatlash, sinf jamoasining liderlari bn adolatli muloqot qilish D) O’qituvchining o’z faoliyatiga xolisona baho berish va kamchiliklarni inobatga olish 6 / 50 6. Ta'lim samaradorligini oshirish uchun o’qituvchi darsda ko'rgazmali qurollardan foydalanishni rejalashtirdi. Qo’l ostida ko'rgazmali va tarqatma materiallar juda ko'p edi. O’qituvchi tomonidan to'g'ri tanlangan tarqatma materiallar qatorini belgilang. A) Turli yo'nalishlardagi grafik va animatsion taqdimotlar B) O’quvchilarning faqat qiziqishlariga mos keladigan tarqatma materiallar C) Dars mavzusiga mos keladigan namoyish va tarqatma materiallar D) Turli mavzularni qamrab oluvchi tarqatma materiallar 7 / 50 7. Pedagogik nizolarning kelib chiqishiga qanday muayyan omillar ta'sir etadi? 1. Tarbiya omili. 2. Munosabat omili. 3. Axborot omili. 4. Xulq omili. A) 3.4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 8 / 50 8. O'qituvchi darsda bir o'quvchining topshiriqni tezda bajarib unga sezdirmasdan rasm chizib o'tirganini ko'rdi. Fan o'qituvchisi darsdan so'ng uni tasviriy san'at o'qituvchisining oldiga olib borib shu o'quvchining qiziqishlari haqida gaplashdi. Yakunda o'quvchi tasviriy san'at to'garagiga yozildi. Mazkur holatda o’qituvchining qanday qobiliyati namoyon bo’lgan? A) Shaxsning ichki qobiliyati B) Mantiqiy qobiliyat C) Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati D) Voqealami oldindan ko'ra olish qobiliyati 9 / 50 9. Pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli sifatida ishontirish nimalarni talab etadi? A) Og'zaki ifodalashni, his-tuyg'ularni bildirishni; B) Og'zaki tazyiq o'tkazishni, tanqidly solishtirishni, tanqid qilishni; C) Dalillar keltirishni, isbotlashni va mantiqni; D) Dalillarni, tanqidiy solishtirishni va taqlid qilishni; 10 / 50 10. Ota-onalarni ta'lim jarayonida ishtirok etishga jalb qilish uchun O’qituvchi qanday zarur bilimlarga ega bo'lishi lozim? 1. Samarali ijtimoiy muloqot asoslari. 2. Insoniyatni o’qitish va tarbiyalashning zamonaviy nazariyalari. 3. Yosh pedagogikasi, psixologiya asoslari. 4. Inklyuzivlik tamoyilini amalga oshirish usullari. A) 1.3 B) 1.4 C) 2.4 D) 3.4 11 / 50 11. Moslikni toping. 1. Kreativlik.2. Kommunikativlik. A. O’qituvchining o’quvchilar bilan to’g’ri muomala qila olishi va muloqot o’rnatish qobiliyati; B. Kelib tushayotgan axborotni mulohaza qilib, baholab, kuzatuv va tajribalarga asoslanib qabul qilish qobiliyati. C. Yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga moyillik, nostandart fikrlash va boy tasavvurga ega bo'lish qobiliyati. A) 1-C, 2-B B) 1-A, 2-B C) 1-B, 2-C D) 1-C, 2-A 12 / 50 12. O‘qituvchi o’quvchilarga biror vazifa, topshiriq beradi, ularga tushintiradi va o’quvchilarning fikriga ham quloq soldi, so‘ng o‘zlari mustaqil ishlashga qo‘yib berdi. Bu qanday muloqot turi? A) Demokratik B) Liberal C) Avtoritar 13 / 50 13. Pedagogik faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish usullarini aniqlang. 1) pedagogik tahlil; 2) o’rganish 3) mashq qilish; 4) tarbiyalovchi vaziyatlar 5) musobaqa; 6) rag’batlash. A) 3,4,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,4,5,6 D) 2,4,5,6 14 / 50 14. Taʼlim vositalari bu – ....... A) O’qitish samaradorligini taʼminlovchi darslik,qo’llanma,xarita, o’quv qurollari kabi obyektiv omillar B) O’qitish samaradorligini taʼminlovchi diagramma, plakat, chizma, proyektor, magnitafon, videomagnitafon, televizor, radio,kompyuter kabi obyektiv omillar. C) Subyektiv (o’qituvchi nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti, faoliyatiga oid misollar, x.k.) omillar D) Barcha javoblar to’gri 15 / 50 15. Kechqurun ustozga maktab rahbariyati qo'ng'iroq qilib, boshlag ich sinf o'qituvchisi betob bo'lib qolgani va ertaga uning o'miga ishga chiqish lozimligi haqida xabar berdi. Shu kungacha bu ustoz faqat 5-7 sinflarga dars berib kelgan edi. Darsga tayyorgarlik ko'rish uchun bu o'qituvchi to'g'ri tanlagan faoliyat turini aniqlang. A) O'z faoliyatini fantararo kompetensiyalar predmetining korrelatsiya va integratsiya tamoyillarini hisobga olgan holda rejalashtirish; B) Tegishli o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni hamda zamonaviy axborot texnologiyalar integratsiyasini rejalashtirish. C) Darsning maqsadlari, o'quvchilarning yosh xususiyatlari va o'zlashtirishiga mos keladigan dars shakllari va usullarini rejalashtirish. D) O'quvchilar bilimini baholash natijasida olingan ma'lumotlarni inobatga olgan holda, darsning aniq va o‘lchamli maqsad va natijalarini aniqlab, dars rejasini ishlab chiqish. 16 / 50 16. Yosh mutaxassis hamkasbining tajribasini o’rganish va ta'lim jarayonini tahlil qilish maqsadida uning darsini kuzatdi. Dars davomida hamkasbi mavzuni oddiydan murakkabga tomon tushuntirgani, barcha berilayotgan mavzular ilmiyligi, yangi axborotlarning hayotiyligini qayd qilib o’tdi. Yosh mutaxassis qanday dars tahlili usulidan foydalandi? A) Didaktik tahlil B) Uslubiy tahlil C) Pedagogik tahlil D) Metodologik tahlil 17 / 50 17. Bir guruh o’quvchilar loyiha ishi ustida juda ko'p mehnat qildilar. Uni bajarib bo'lgach, darsda sinfdoshlari oldida taqdimot o’tkazdilar. O’qituvchi loyiha ishida ba'zi kamchiliklar bo'lsada, vazifa yaxshi bajarilganligi va dolzarbligi haqida gapirib, guruh a'zolarini maqtab qo'ydi. U nima uchun bunday qildi? A) O’quvchilarning yutuqlarini baholash orqali, ularni o’qishni davom ettirishga qiziqtirish uchun B) O’quvchilarning yutuqlarini baholash va bahoni asoslab berish uchun C) O’quvchilar ta'lim jarayonida to'qnashgan qiyinchiliklarini qayd etish uchun D) O’quvchilarning erishgan yutuqlari natijalarini tahlil qilish uchun 18 / 50 18. O’qituvchi darsdan tashqari vaqtda bolalar bilan maslahatlashib faoliyat yuritadi. Biror tadbir o’tkazishdan avval kim qaysi vazifani bajarishi haqida kelishib oladi. Bu sinf o’quvchilari doimo faollik bilan ajralib turadi. Bu uslubda o’qituvchi jamoa fikriga tayanadi, har bir òquvchining qiziqish va qobiliyatlari hisobga olinadi, har bir o’quvchi taqdirlanadi, tashabbusga keng yo’l ochiladi. Bunday usul qanday nomlanadi? A) Liberal-demokratik B) Demokratik C) Liberal D) Avtoritar 19 / 50 19. Òqituvchi oʻquvchiga xatti-harakati uchun tanbeh berdi. Òquvchi ustozga eʼtiroz bildirib gap qaytardi, Òqituvchi òquvchining ota-onasini chaqirtirib, ularning oldida oʻquvchi bn gaplashdi. Oʻqituvchi ta'lim amaliyotida qanday jazo chorasini qolladi? A) Hayfsan berish B) Ogohlantirish C) Uyaltirish D) Tanbeh berish 20 / 50 20. O’qituvchining pedagogik jarayonda sog'lom muhitni yarata olishi, o’quvchilar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etishi, turli ziddiyatlarni o’z vaqtida anglay olishi va bartaraf etishi qaysi kasbiy kompetensiyada namoyon bo’ladi? A) Maxsus B) Psixologik C) Metodik D) Ijtimoiy 21 / 50 21. Pedagogning o’z ustida ishlash bosqichlarining to’g’ri ketma-ketligini aniqlang: 1. Ushbu qaror bo'yicha va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq izlash. 2. Yutuqlarini boyitish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq qarorga kelish. 3. O’z faoliyatini tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash. A) 1,2,3 B) 1,3,2 C) 3,2,1 D) 2,1,3 22 / 50 22. O’qituvchi maktab faoliyatida o’quvchining ota-onasi bilan tortishib qoldi. Mana shu vaziyatda pedagog qanday hodisaga duch keldi. A) Pedagogik empatiya B) Pedagogik refleksiya C) Pedagogik muammo D) Pedagogik nizo 23 / 50 23. Yosh mutaxassis maktabda ish faoliyatini boshladi. Lekin o'quvchilarini boshqara olmadi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha o'rinbosari yosh mutaxassisning darsini kuzatdi va kommunikativ madaniyat pedagogik faoliyatida juda muhim o'rin egallashini uqtirdi. Pedagogning kommunikativ madaniyatı qanday bo'lishi kerak? Berilgan qatorni toping. A) Pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish; B) Pedagogning o'quvchilar va atrofdagilar bilan qisqa muddatda muloqot o'rnatishga bo'lgan doimiy intilishi C) O'quvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta'minlash uchun bo'lgan malaka va ko'nikmalar. D) Pedagogning dúnyoga, pedagogik voqelikka va pedagogik jarayon intellektual va hissiy munosabati. 24 / 50 24. Ta'lim tòg’risidagi Qonunning nechanchi moddasida òqituvchilarning malaka toifasini oshirish haqida aytilgan? A) 43-modda B) 50-modda C) 13-modda D) 23-modda 25 / 50 25. “Dars vaqtini oqilona tashkillashtirish, darsning maqsad, shakl va usullarini aniqlash” o‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasining qaysi mehnat vazifasidagi ko‘nikmalariga kiradi? A) O‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish B) Ta’lim samaradorligini ta’minlash C) O‘quv jarayonini rejalashtirish D) O‘quv va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish 26 / 50 26. Ta'lim tòg’risidagi Qonunning nechanchi moddasida òqituvchilarning kasbiy darajasini tizimli oshirib borishi aytilgan. A) 36-modda B) 46-modda C) 13-modda D) 50-modda 27 / 50 27. Bir ona maktabga e'tiroz bilan keldi. U bolasi doimiy ravishda past baholar bilan uyga qaytishi, sinfdoshlari uning ustidan kulishlarini aytib, o’qituvchilar xonasida janjal ko'tardi. O’quvchining sinf rahbari yosh bo'lishiga qaramay, bu ona bilan xushmuomala bo'ldi va uni tinchlantira oldi. Bu o’qituvchi ayni vaziyatda qo'llagan og’zaki ta'sir qilishning xushmuomalalik mezonlari to'g'ri ko'rsatilgan qatorlarni aniqlang: 1. Shirinsuxanlik va insoniylik tuyg'ularini namoyish etish. 2. Suhbatining barcha bosqichlarida hissiy osoyishtalikning namoyon bo'lishi. 3. O’zaro fikr almashishga doir sifatlar, ko'nikmalar va malakalarning mavjudligi. 4. Ta'lim va bilim olishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirish. 5. Mustaqil fikr yuritish, o’z fikrini erkin bayon eta olish, insoniy qadr-qimmat tuyg'usini shakllantirish. A) 1,2,3,5 B) 2,4,5 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4 28 / 50 28. O'qituvchi dars davomida o'quvchilarga o'tilgan mavzular yuzasidan savollar berdi. So'ng o'quvchilar olgan bilimlarini qo'llash maqsadida kichik guruhlarda amaliy topshiriq bajardilar. Dars yakunida oʻrganilgan mavzu yuzasidan o'z xulosalarini taqdimot qildilar. Shunda o'qituvchi qaysi dars turidan foydalandi? A) o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish B) laboratoriya darslari C) o'rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash D) yangi bilimlarni bayon qilish 29 / 50 29. [ Опрос : [50/62 Tanaffus vaqtida ikkita o’quvchi tadbirga boshlovchi bo'lish uchun o’zaro tortishib qolishdi. Bu holatning ustiga kelib qolgan o’qituvchi vaziyatni yumshatish uchun qanday yo’l tutgani ma'qul? A) O’quvchilar bilan she'riy musobaqa o’tkazish; B) Xulqi yomon bo'lganligi sababli har ikkalasini tadbirda ishtirok etishdan chetlatish; C) Har bir o‘quvchiga alohida "muhim" rol berish; D) Birinchi o’quvchining qobiliyati boshlovchilikka mos ekanligini asoslab berish; 30 / 50 30. O’qituvchi o’quvchilarga zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida to’g’ri faoliyat (kerakli ma’lumotlar tahlili) yuritishni o’rgatdi. Shunda o’qituvchi “Ta’lim va tarbiya jarayonini boshqarish kasbiy faoliyat turining qaysi mehnat vazifalarini bajardi? A) O’z-o’zini rivojlantirish va qayta aloqa o’rnatish; B) Xavfsiz ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash; C) Mehnat unumdorligi ta'minlash; D) Jamoada ishlash samaradorligini oshirish. 31 / 50 31. Ota-onalar yig’ilishida o’qituvchi bir onaga bolasi ustidan shikoyat qildi, natijada ota-ona va o’qituvchi o’rtasida janjal kelib chiqdi. Jahli chiqqan ota-ona farzandini boshqa maktabga olib ketdi. O’qituvchi xato qilgan tushundi. Mazkur holatda o’qituvchida qanday refleksiya turi shakllanmagan? A) Kooperativ refleksiya B) Shaxsiy refleksiya C) Kommunikativ refleksiya D) Intellektual refleksiya 32 / 50 32. Darsda boshlang'ich sinf o'quvchisi havoning ifloslanishi rasmlarini ko'rsatdi va uning sabalarini tushuntirdi. So'ngra o'qituvchi o'quvchilar bilan kelajakda ifloslanishning oldini oldini olish va kamaytirish yo'llarini muhokama qildi. Eng yaxshi yechimlarni doskaga yozishdi. Ushbu darsda qanday o'qitish strategiyasi qo'llanildi? A) Innovatsion ta'lim metodi B) O’qitishda amaliy mashg’ulot C) Loyiha ishi D) O'qitishda muammoli ta'lim 33 / 50 33. O’qituvchi sinfdagi o’quvchining matematikaga qobiliyati borligini inobatga olgan holda uni fan olimpiadasiga tayyorlamoqchi bòldi. O’quvchi esa boshqa fandan olimpiadaga qatnashishga xohish bildirdi. Ammo o’qituvchi o’z fikrini o’zgartirmay o’quvchini aynan matematika fanidan ishtirok etishini ta'kidladi. Bunda ta'lim-tarbiya jarayonining qanday tamoyili buzilgan? A) Ta'lim-tarbiya maqsadining liberal yondashuvi B) Ta'lim-tarbiya maqsadining do’stona yondashuvi C) Ta'lim-tarbiya maqsadining demokratik yondashuvi D) Ta'lim-tarbiya maqsadining avtoritar yondashuvi 34 / 50 34. O’qituvchi o’quvchilarga bir qoida aytdi va unga mos misollar keltirishlarini so'radi. O’qituvchi qaysi usuldan foydalandi? A) Induksiya B) Deduksiya C) Abstarksiya D) Analogiya 35 / 50 35. Moslashtiring. 1. Dars vaqtidan oqilona foydalanish. 2. O’qitishning faol usullaridan foydalanish. 3. Sinfda samarali muloqotni ta'minlash. a. Dars bosqichlarini, sinfdagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi turli ekanligini hisobga olgan holda rejalashtirish. b. Dars jarayonlarida ta'limiy maqsadlarga erishish uchun turli pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish. c. Darsning turli bosqichlarida savol-javob, fikr almashish, qayta muloqot usullaridan foydalanish. d. Darsning turli bosqichlarida o’quvchilarning motivatsiyasini oshirishga qaratilgan suhbat o’tkazish. A) 1-b, 2-d, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-a, 2-d, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-c 36 / 50 36. O'qituvchi o'quvchilar bilan maslahatlashib tadbir rejalashtirdi, har bir bola o'zi uchun rol tanlab oldi. Bu qanday ta'lim turi? A) Liberal B) Liberal-demokratik C) Demokratik D) Avtoritar 37 / 50 37. Ota-onalarni ta’lim jarayonida ishtirok etishga jalb etish uchun o’qituvchi qanday zarur bilimlarga ega bo’lishi lozim? 1. Samarali ijtimoiy muloqot asoslari. 2. Insoniyatni o’qitish va tarbiyalashning zamonaviy nazariyalari. 3. Yosh pedagogikasi, psixologiya asoslari 4. Inkluzivlik A) 1,3,4 B) 1,2,3,4 C) 1.3 D) 1,2,3 38 / 50 38. Quyida ko’rsatilgan tadbirlarning qay biri mustaqil kasbiy rivojlanishga omil bo’la oladi? 1. Onlayn kurslarda o’qish; 2. Hamkasblarning darslarini kuzatish; 3. Fanga oid maqolalar bilan tanishish; 4. Seminar, trening, konferensiyalarda ishtirok etish; 5. Hamkasblar bilan hordiq chiqarish; 6. Xayriya tadbirlarida ishtirok etish; A) 1,2,3,4 B) 1.2 C) 1,2,3,4,6 D) 1,3,4 39 / 50 39. Ta'lim vositalariga kiruvchi javob variantlarini tanlang. 1. O’quv qo’llanmalari 2. Namoyishli qurilmalar 3. Texnik vositalar 4. O’qituvchining ish rejasi 5. Ko’rgazmali qurollar 6. O’quv ustaxonasi jixozlari 7. Darslik A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,5,6 D) 1,2,3,5,6,7 40 / 50 40. O’quvchilar o’zlarini juda yomon tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, urishmoqdalar, bir-birlariga turli qog'oz qushchalarni otmoqdalar va xokozo. O’qituvchiga nisbatan betoblik (ehtiyotkorona, tòg’ridan-to’g’ri emas) qilmoqdalar. Bunday vaziyatda o’qituvchi nima qilishi kerak? 1. O’quvchilar diqqatini qiziqarli ma'lumotlar bilan jalb etish kerak. 2. Darsni shu holatda davom ettirish kerak. 3. Ko’proq qiziqarli o’yinlar o’tkazish orqali o’quvchilarning diqqatini darsga qaratish zarur. 4. O’quvchilarga tartib intizom va o’quvchining majburiyatlari haqida talab qo'yishi mumkin. A) 1.3 B) 1,3,4 C) 3.4 D) 1,2,3 41 / 50 41. O’quvchilar Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan tadbir uyushtirmoqchi bo'ldilar. Bunga boshqa sinf o’quvchilarini ham jalb etmoqchi ekanliklari haqida o’qituvchiga ma'lum qildilar. O’qituvchi bu vazifani ular mustaqil bajarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Shunda o’qituvchi tarbiyaviy faoliyat turining qaysi yo'nalishini amalga oshirgan bo’ladi? 1. O’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil qilishda yordam berish va qo'llab-quvvatlash. 2. O’quvchilarga zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam berish. 3. O’quvchilarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, fuqarolik pozitsiyasi madaniyatini rivojlantirish. 4. O’quvchilarda fuqarolik kompetensiyalari va media savodxonlikni shakllantirish. A) 1.2 B) 2.3 C) 2.4 D) 1.3 42 / 50 42. Refleksiyabu.... A) Mутахассис томонидан касбий фаолиятни амалга ошириш учун зарур бўлган билим, кўникма ва малакаларнинг эгалланиши ва уларни амалда юқори даражада қўллай олиниши. B) Insonning uzluksiz hayot jarayonini go'yo bir daqiqaga to'xtatib uzib qo'yadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi, shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqidagi falsafiy fikr-mulohazalari muayyan bir xarakter kasb etadi. 43 / 50 43. Biologiya o'qituvchisi darsni maktab issiqxonasida o'tdi va bolalarga vazifalarni taqsimlab berdi.Bolalar topshiriqlarni bajarish bilan birga mavzuni tushunishdi. Dars turini aniqlang. A) Amaliy dars B) Differentsial ta'lim C) Aralash dars D) Ekskursiya darsi 44 / 50 44. Monitoring so‘zining ma’nosi nima? A) nazorat qilish; B) baholash C) uzluksiz kuzatish; D) tushuntirish; 45 / 50 45. Qadimda ushbu kasb egalari qonuniyatlarga amal qilgan holda o’quvchilarga, ya'ni "tinglovchilarga halovat bag’ishlash" orqali ularni ezgulikka, adolatparvarlik, vatan oldidagi burchga sadoqatli bo'lishga, yaxshi amallarni bajarishga, axloq va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Qaysi kasb egalari haqida fikr yuritilyapti? A) Tabiblar B) Notiqlar C) Musiqachilar 46 / 50 46. Bir o‘quvchining onasi o’g’lining xatti-harakatlarida o’zgarish sezganligini, qo'pol muomalada bo'lishini, onaga nisbatan hurmatsizlik qila boshlaganini aytib, sinf rahbaridan maslahat so'radi. O’qituvchi oiladagi muhit bilan tanishib, bu ota-ona orasidagi munosabatlarning oqibati ekanligini angladi va onaga o'z maslahatlarini berdi. Shu bilan birga o’quvchining fikrlari, xohish-istaklari, qiziqishlari, intilishlarini o’rganish hamda unga yordam berish maqsadida u bilan suhbatlar olib bordi. Bunda o’qituvchining ta'lim jarayoni ishtirokchilariga qanday munosabati aks etgan? A) Pedagogik hamdardlik B) Pedagogik tasavvur C) Pedagogik antipatiya D) Pedagogik texnika 47 / 50 47. - kasbiy faoliyat uchun òqish va shaxsiy tajriba vositasida ma'lumotni o’zlashtirish natijasi. A) Kònikma B) Bilim C) Malaka D) Mahorat 48 / 50 48. Sinf rahbari bir o'quvchisining ba'zi fanlardan orqada qolayotganini aniqladi. Bolaga darslarni o'zlashtirishga yordam tariqasida uni darsdan keyingi faoliyatga jalb etdi. Nima deb o'ylaysiz, sinf rahbari o'quvchini ta'limni tashkil etishning qaysi yordamchi shakli bilan shug'ullanishga yo'naltirgan? To'g'ri bo'lishi mumkin bo'lgan variantlarni belgilang. 1. Fan to'garaklari; 2. Fakultativ mashg'ulotlar 3. O'qituvchi maslahati; 4. O'quv ekskursiyalari 5. O'quv konferensiyalari A) 1, 2, 3, 4, 5; B) 1, 3, 4, 5; C) 1, 2, 3, 5; D) 1, 3, 4; 49 / 50 49. Boshlang’ich sinf o’quvchisi so’nggi paytlarda ish jarayonida o’zining emotsional holati barqaror emasligini kuzatdi. Shu masala yuzasidan maktab psixologiga murojaat qildi. Psixolog o’zini-o’zi tarbiyalashni maslahat berdi. O’zini-o’zi tarbiyalash tushunchasi to’g’ri izohlangan qatorni toping. A) O’qituvchi kasbiga mos bo’lgan madaniyatning shakllanishi, ruhiy va axloqiy sifatlarni tinmay rivojlantirish. B) Insonning uzluksiz hayot jarayonini go'yo bir daqiqaga to'xtatib uzib qo'yadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi, shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqidagi falsafiy fikr-mulohazalari muayyan bir xarakter kasb etadi. 50 / 50 50. Pessimist insonga mos javoblarni toping. 1. Tushkunklikka moyil. 2. Qiyinchilikga oson yengiladi. 3. Orzusiga qanday erishishni biladi. 4. Xushchaqchaq bo’ladi. 5. Hamma narsaga qodirligini aytoladi. 6. O’ziga ishonmaydi. A) 1,2,3,6 B) 3,4,5 C) 1,4,5 D) 1,2,6 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Pedagogik mahoratni aniqlash