Uy » Abituriyent » Tarix abituriyent » Tarix abituriyent testi №2 Tarix abituriyent Tarix abituriyent testi №2 InfoMaster May 1, 2024 153 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №2 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati … A) demokratik munosabatlarga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. B) harbiy-ma’muriy udumlar asosidagi rivojlangan qulchilik munosabatlariga asoslangan. C) feudal munosabatlar asosidagi harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. D) urug’-aymoq udumlariga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. 2 / 30 Yunon-fors urushlari tugagan asrda … A) Rimga Alarix boshchiligidagi gotlar hujum qilgan. B) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlangan. C) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. D) Afinada demokratiya ravnaq topgan. 3 / 30 Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? A) Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. B) Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlaridan so’ng Xorazm, Toshkent va Farg’ona hududlari mustaqilligicha qolgan emas. C) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi qoyatosh rasmlari mezolit davriga oid. D) Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratishgan. 4 / 30 Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurash maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan? A) Sirdaryo yaqinida B) O’ratepa yaqinida C) Jizzax yaqinida D) Xo’jand yaqinida 5 / 30 Xato javobni aniqlang. A) Attika viloyati O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. B) Mil. avv. III mingyillik o’rtalaridan boshlab bronzadan mehnat qurollari yasala boshlandi. C) Eronning janubi-g’arbiy qismida Elam davlati vujudga kelgan. D) etrusklar Apennin yarimorolining janubi-g’arbiy qismida yashashgan. 6 / 30 Turk xoqonligining hujumidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni eftaliylardan tortib oladi? A) Chag’oniyon va Ustrushonani B) Toxariston va Badaxshonni C) Naxshab va Badaxshonni D) Toxariston va Chag’oniyonni 7 / 30 Mil. avv. VI asrning o’rtalarida … A) Rim sarkardalari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. B) Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. C) Afinada avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya yangi boshqaruv shakli – demokratiyaga almashtirildi. D) Ossuriya davlati tarix sahnasidan ketdi. 8 / 30 Ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amlga oshirishda kimlar sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashadilar? A) qishloq jamoalarining a’zolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari B) kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar C) mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari D) kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar 9 / 30 Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi. So’z kim haqida borayotganligimni aniqlang. A) Drakont B) Perikl C) Oktavian D) Solon 10 / 30 Qadimda burgut qaysi o’lkalarda hukmronlik ramzi hisoblangan? A) Rim va Xorazmda B) Rim va Xitoyda C) Xorazm va Makedoniyada D) Eftallar va Rimda 11 / 30 Drakont qonunlari e’lon qilinganidan uch yuzu qirq bir yil keyin bo’lgan voqeani aniqlang. A) Antiox hokimiyat tepasiga kelgan. B) Aleksandr so’nggi fors shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etgan. C) Doro I saltanatni satrapliklarga ajratdi. D) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. 12 / 30 Quyidagi tarixchilarni yashagan davriga ko’ra, xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javob variantini belgilang. 1) Strabon; 2) Poliyen; 3) Arrian; 4) Kvint Kursiy Ruf A) 3, 4, 1, 2 B) 4, 3, 2, 1 C) 2, 1, 4, 3 D) 1, 2, 3, 4 13 / 30 Qadim Yunonistonda qanday sabab bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan B) aholi sonining ko’payishi natijasida C) zafarli yurishlar natijasida D) to’rt tomondan xonavayron bo’lgan dehqonlarning ko’chib kelishi natijasida 14 / 30 VI asrda turklar tomonidan mayda mahalliy hokimliklardan undirilgan to’lovlar qanday atalgan? A) xiroj va yasoq B) kafsan va dorug’a C) boj va yasoq D) o’lpon, yasoq 15 / 30 Qadimgi Xorazmda mahalliy … buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. A) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik B) to’quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik C) to’quvchilik, kulolchilik, zargarlik D) temirchilik, mischilik, qurolsozlik, zargarlik 16 / 30 Xronologik xatoni toping. A) Oybo’yirqal’a yodgorligi mil. avv. IV-III asrlar bilan belgilanadi. B) Mil. avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. C) Mil. avv. V asrda Afinada davlat ishlarida ishlaydigan fuqarolarga muayyan haq to’lana boshlandi. D) Mil. avv. V-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. 17 / 30 563- yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallashgan? A) Samarqand, Buxoro va Kesh B) Buxoro, Samarqand, Karmana C) Samarqand, Kesh va Naxshab D) Samarqand, Xo’jand va Jizzax 18 / 30 Yunon-Baqtriya davlati mavjud bo’lgan asrlarga oid Xorazm shaharlarini aniqlang. A) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a B) Ko’zaliqir, Jonbosqal’a C) Tuproqqal’a, Ko’zaliqir D) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a 19 / 30 Ilk o’rta asrlarga oid quyidagi tarixiy yodgorliklardan qaysi biri Zarafshon vohasida joylashmagan? A) Panjikent B) Varaxsha C) Afrosiyob D) Bolaliktepa 20 / 30 Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko’payishiga imkon bergan? A) yaxshi rivojlangan tog’-konchilik tarmog’iga egaligi B) karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi C) yer egaligi munosabatlari va yangi ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelganligi D) Turk xoqonligi davrida davlat markazining Choch viloyatiga ko’chirilganligi 21 / 30 Xronologik xatoni aniqlang. A) 452- yil – Rimning vandallar tomonidan zabt etilishi B) mil. avv. 327- yil – makedonlar qo’shini Panjob o’lkasiga bostirib kirdi. C) mil. avv. 146- yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi D) mil. avv. 337- yil – Korinf ittifoqining vujudga kelishi 22 / 30 Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri mil. avv. II asrga taaluqli emas? A) Yunon-Baqtriya davlati tarix sahnasidan ketdi. B) Tarixchi Poliyen yashab ijod qilgan. C) Tarixchi va geograf olim tomonidan “Geografiya” asari yozildi. D) Rim-Karfagen o’rtasidagi puni urushlari nihoyasiga yetdi. 23 / 30 V asrning 20- yillarida kidariylarning o’lkamizga kirib kelish yo’nalishi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Badaxshon va Toxariston orqali janubiy Sug’d vohasiga B) Yettisuv va Qoshg’ar orqali Zarafshon daryosi havzasiga C) Kaspiy dengizi va Volgabo’yi orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga D) Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga 24 / 30 Qadimgi ko’kturk bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari yana qaysi hududlardan topib o’rganilgan? 1) Xorazm vohasi; 2) Farg’ona vodiysi; 3) Yettisuv o’lkasi; 4) Toshkent vohasi; 5) Zarafshon vodiysi. A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 5 25 / 30 Miloddan avvalgi IV asrning oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesopatamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya; 8) Marg’iyona; 9) Xorazm; 10) So’g’diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya A) 2, 4, 7, 8, 10, 12 B) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 C) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 D) 1, 3, 5, 6, 8, 11 26 / 30 Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlilarini belgilang. 1) Xitoyda “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” yuz berdi; 2) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi; 4) Dovon davlati barham topdi; 5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi. A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 6 C) 1, 2, 3 D) 2, 4, 5 27 / 30 Salavka o’z o’g’li Antioxni noib qilib tayinlagan hududlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? A) Parfiya B) Marg’iyona C) So’g’diyona D) Xorazm 28 / 30 Xato fikrni aniqlang. A) Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etgan. B) mil. avv. II asrning oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylangan. C) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, qurolsozlik yuksak darajada rivojlangan. D) Farg’ona mil.avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo’lgan. 29 / 30 Qaysi hukmdor davrida Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilgan? A) Kambiz II B) Doro I C) Kserks D) Kir II 30 / 30 Yuz bergan vaqti orasida 400 yil mavjud bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Kir II ning halok bo’lishi; Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar davlatining bosib olinishi B) Makedon qo’shinlarining Oks daryosidan kechib o’tishi; Rim imperiyasiga asos solinishi C) Yunon-fors urushlarining tugashi; Yuliy Sezarning Rim hokimiyatini egallashi D) Zama jangida Karfagen armiyasining mag’lubiyatga uchrashi; Trayanning Rim imperiyasi taxtiga o’tirishi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz