Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №18 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №18 InfoMaster May 2, 2024 79 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №18 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan? A) Tomog‘iga ovqat tiqilib qolgan kishining yelkasiga ohistagina urib “Osh bo‘lsin!”, “Halolingiz bo‘lsin!” deyish jo‘yalidir. B) Har xil sabablarga ko‘ra taom tanovul qilinayotganda davra aholisidan birortasining tomog‘iga ovqat tiqilib qolishi mumkin. C) Hayot yo‘llaridan ishonch bilan borayotgan bolani ko‘rish dunyodagi eng go‘zal manzaradir. D) Ota-bobolarimiz yoshligimizdanoq halollik haqidagi tushunchalarni pand-nasihat yo‘li bilan ongimizga singdirishga uringanlar. A) A B) B C) C D) D 2 / 10 2. Qaysi javobda berilgan gapda imloviy jihatdan noto‘g'ri yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) Xalq seniki emas, sen xalqnikisan. B) Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro‘i bir pul bo‘ladi. C) Ertalab o‘rningdan quvonch bilan tur,kechqurun kulgi bilan uxlashga yot. D) Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. 3 / 10 3. Qaysi javobda berilgan so'zlar ot so‘z turkumiga mansub? A) bobo, qarmoq, nima, kun B) musicha, ko’ylak, bola, shoir C) tog’a, hamma, Shirin, tepa D) barcha, katta, olim, ko’p 4 / 10 4. Qaysi javobda yasama holat fe’li berilgan? A) ko’karmoq B) so‘lmoq C) gapirmoq D) tishlamoq 5 / 10 5. Zamonaviy bilim . . . ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar biz. . . kelajagimizdir. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik qo‘shimchalarini qo‘llash uslubiy jihatdan to‘g‘ri sanaladi? A) jo‘nalish, tushum B) jo‘nalish, qaratqich C) o‘rin-payt, qaratqich D) chiqish, tushum 6 / 10 6. Qaysi gapda chiziqcha noto’g’ri qo‘llangan? A) XX asr ilm-fan sohasida muhirn ixtirolar asri bo‘ldi. B) Onasi uning orqasidan hay-haylaganicha qoldi. C) Ular shu tariqa baxtli-saodatli umr kechirishibdi. D) Men, oyimning aytishicha, o‘sha yilning 15-martida tug’ilgan ekanman 7 / 10 7. Aniqlovchi ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) Yasanib olgan Naziraxon chiqib keldi. B) U o‘z ishini juda pishiq bajargan, xatosini topolmaysiz. C) O‘ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish. D) Ey Vatan, sening tog‘laring buyuk, bog‘laring beqiyos! A) A B) C C) D D) B 8 / 10 8. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) mizg‘imoq - ko‘zi ilinmoq B) olamdan o‘tmoq - ko‘z yummoq C) cho‘chib ketmoq - qo‘rqib ketmoq D) yerga urmoq - oyoqosti qilmoq 9 / 10 9. Qaysi javobda berilgan atamalarning barchasi bitta fanga oid? A) kurtak. hujayra, tenglama B) tenglama, kesma, milod C) milod, mikroskop, tub son D) ildizpoya, ra’noguldoshlar, mikroskop 10 / 10 10. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud? A) Shimoldan esgan kuchli shamol uzoq davom etgan edi. B) Bu gap osmonlarda uchib yurgan yigitni birpasda yerga tushirdi. C) Oshni hammaga bir xil qilib suzdirdi. D) Og‘ir mehnat uni nihoyatda toliqdirib qo‘ygan edi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 26 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29