Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 InfoMaster May 2, 2024 167 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 4 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Quyidagi gaplarning qaysi birida orttirma nisbatdagi fe`l qatnashgan? A) Odamzod hasad qilmasligini kerak. B) Polvon bilan men olishaman. C) Men bilmasligimning bilimdoniman. D) Ermatga qo`lini musht qilib ko`rsatdi. 2 / 10 2. Muhammadali ko`chadan tomdan tarasha tushganday kirib keldi. Berilgan gapda ibora qaysi gap bo`lagi vazifasini bajargan? A) ega B) hol C) kesim D) aniqlovchi 3 / 10 3. Bog`langan qo`shma gap berilgan javobni toping? A) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. B) Aqlli ishiga ishonadi, aqlsiz tushiga ishonadi. C) Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. D) Bilmasdan qilingan har qanday aybni kechirish mumkindir, ammo xiyonatni kechirib bo`lmaydi. 4 / 10 4. Antonim so`zlar qatnashgan gapni toping. A) Birinchi xodim bilan yondosh yo`lga chiqqan ikkinchi xodim masalaga o`zgacha yondashdi. B) Yosh qizaloq Ra`noxonning keksa buvisi bor. C) Iste`dodli o`quvchilar ichida do`stlarim borligidan faxrlanaman. D) O`ng qo`li bilan peshonasidagi terni artdi. 5 / 10 5. ot+ot shaklidagi so’z berilgan qatorni toping? A) oqqush B) achchiqtosh C) karnaygul D) otboqar 6 / 10 6. Sodda yasama soʻz(lar)ning asosidagi undoshlar faqat til undoshlari boʻlgan qatorni toping. A) Aksincha, u doʻstlikni kuchaytirdi, abadiylashtirdi. (M. Ismoiliy) B) Mustaqillikning quyoshi hilpirar ilalabad. C) Odamlarning bezgak pashshaday gʻingʻillashini eshitib, chehrang buzilmasin deyman. (A. Qahhor) D) Otini ayagan ot minar, toʻnini ayagan toʻn kiyar. (Maqol) 7 / 10 7. Berilganlarning qaysi biri qo`shib yoziladi? A) tim / qora B) dardi / bedavo C) tosh / baqa D) huzur / halovat 8 / 10 8. Qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llangan so`z mavjud emas? A) Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko`z oldimda charx urayotir… B) Bu ishni ko`ngildagidek bajarish uchun temir intizom kerak. C) Quyosh baxmal vodiy uzra erinibgina nur sochar edi. D) Qizning atlas ko`ylagi o`ziga juda yarashgan edi. 9 / 10 9. O`zaro zid ma`noli so`zlar juftligini aniqlang. A) uquvsiz – noshud B) mushkul – dushvor C) boy – kambag`al D) moziy – o`tmish 10 / 10 10. Zag`chaning turqi ham, ovozi ham qarg`alarga yot edi. Ushbu gapdagi ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi turkumdagi so`z bilan shakldoshlik hosil qiladi? A) sifat B) ot C) fe`l D) ravish 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 31 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29