Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 InfoMaster May 2, 2024 171 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0% 2 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobda so‘zlashuv uslubiga oid gap berilgan? A) Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga taqdim etish uchun berildi. B) − Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchabsan. C) Hazrat Mir Alisher Navoiy Hirot osmonining ma’naviy quyoshi edi. D) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. 2 / 10 2. Qaysi javobda o‘rin bildiruvchi ravishlar qatori berilgan? A) ichkarida, tashqarida, shu payt B) shu yoqda, o‘rtada, yuqoriga C) hamma yoqda, oldinda, kechasi D) uzoqda, nari, shu kuni 3 / 10 3. Qaysi gapda tushum kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A) Otam yo‘qolgan qo‘yimizni qidirib tuni bilan mijja qoqmadi, tongga yaqin topib keldi. B) Narsalarining ichidan o‘zining nomiga yozilgan xatni topib oldi. C) Ertasi kuni maktabga borganida kutubxonadan qushlar haqida yozilgan kitobni oldi. D) U kitobni o‘qishga berilib ketganidan qorong‘I tushganiga ham e’tibor bermasdi. 4 / 10 4. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) aytib bermoq − bayon qilmoq B) xursand bo‘lmoq − do‘ppisini osmonga otmoq C) ko‘zini shira bosgan − dimog‘i ko‘tarilgan D) lapashang − landavur 5 / 10 5. Qaysi gapda rost so‘zi “adil, tik” ma’nolarida .qo‘llangan? A) Yolg‘onchining rost so‘zi ham atrofdagilar uchun yolg‘ondek tuyulaveradi. B) Rostini aytsam, bugun ham siz aytgan joyga bora olmayman. C) Rost, ba’zi vaqtlarda atrofdagilardan ham to‘yib ketasan kishi. D) Musibat ba’zan eng zabardast yigitlarning ham rost qomatini egib qo‘yadi. 6 / 10 6. Kesim ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) D B) A C) B D) C 7 / 10 7. Qaysi so‘zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) 8-Mart − xalqaro xotin-qizlar kuni, Hamza hakimzoda Niyoziy B) Janubiy koreya, To‘rtko‘l tumani C) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi D) “O‘zbekiston qahramoni” unvoni, ToshDU 8 / 10 8. Qaysi javobdagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) hamon, okeyan B) xarorat, davomad C) avtomat, exson D) maqsad, baho 9 / 10 9. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Hayotning boshqalar ko‘rmagan tomonini ko‘rish ham − talant. B) Shunday harakat qilingki − birovga yuk bo‘lmang balki hamroh bo‘ling. C) Haqiqiy olimning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. D) Kishini g‘azab yoki shunga o‘xshash his egallasa; uning qabul qilgan qarori albatta noto‘g‘ri bo‘ladi. 10 / 10 10. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) sap//sariq, och//sariq B) taklif//noma, xush//xabar C) hamma//vaqt, to‘q//qizil D) adirma//adir, Bo‘z//suv 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 31 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29