11-sinf Biologiya olimpiada №5 Oktabr 16, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Biologiya olimpiada №5 ga fikr bildirilmagan. 5 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 7-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Kartoshkaning kechpishar navini aniqlang. A) Nimrang B) Samarqand C) Obidov D) Sanzor 2 / 24 2. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) parazitning finnaga aylanishi; 2) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning muskullariga o‘tishi; 7) parazitning odamga yuqishi A) 2, 4, 6, 1, 7, 3, 5 B) 5, 2, 4, 6, 1, 7, 3 C) 4, 6, 1, 7, 3, 5, 2 D) 1, 7, 3, 5, 2, 4, 6 3 / 24 3. Gen mutatsiyasiga xos bo`lmagan xususiyatni ko`rsating. 1.nukleotid izchilligini o`zgarishi 2.xromasomaning bir qismini ortishi 3.gen izchilligini o`zgarishi 4.gen tarkibidagi nukleotidlarning ortishi yoki kamayishi 5.autosoma gen miqdorini ortishi 6.xromasomaning ayrim qismini ortishi A) 4.6 B) 1.5 C) 2.6 D) 1.4 4 / 24 4. Digomozigota no`xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o`zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o`zaro chatishtirilganda olingan no`xatsimon tojli tovuqlarning necha foizi taxliliy chatishtirish natijasida ajralish ro`y beradi? A) 75% B) 25% C) 66.60% D) 33.30% 5 / 24 5. Pleyotrop (I) va letal (II) genga egaorganizmlarni to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turlimiqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariqsichqonlarning o‘limi; 3) to‘q qizil rangnita’minlovchi pigmentga ega o‘simliklarda poyava shoxlarning qizil bo‘lishi A) 1-2; II-l B) 1-2; II-3 C) 1-1; 11-2 D) 1-3; II-2 6 / 24 6. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan? A) tovuqlarning Pervomaysk zoti B) qirg‘ovulning Murg‘ob kenja turi C) sudralib yuruvchilar sinf D) tovus kaptar 7 / 24 7. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 2, 5 B) 1, 2 C) 3, 5 D) 3, 4 8 / 24 8. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A) zamburug‘larning paydo bo‘lishi; ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi B) xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi C) jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi D) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi 9 / 24 9. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi A) a-1, 5; b-2, 6 B) a-2, 7; b-3, 5 C) a-6, 7; b-1, 5 D) a-2, 3; b-4, 6 10 / 24 10. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi A) I-1; II-2 B) I-2; II-1 C) I-2; II-3 D) I-3; II-2 11 / 24 11. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka; A) a-1, 3; b-5, 8 B) a-1, 2; b-4, 8 C) a-1, 7; b-2, 8 D) a-3, 6; b-5, 7 12 / 24 12. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. A) 1 − tabiiy holda Habashiston biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; 3 − yuragi to‘rt kamerali B) 1 − zubr bilan bir turkumga mansub; 2 − diafragma rivojlangan; 3 − bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud C) 1 − tabiiy holda Neotropik biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – tuyoqli sutemizuvchilar turkumi vakili; 3 − jish bola ochadi D) 1 − diafragmaga ega; 2 − oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 3 − yuragi uch kamerali 13 / 24 13. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 10 yoki 8 B) 14 yoki 22 C) 16 yoki 20 D) 11 yoki 7 14 / 24 14. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) lola, boychechak, bug‘doy B) oddiy jag‘-jag‘, g‘o‘za, karam C) bangidevona, turp, arpa D) beda, burchoq, loviya 15 / 24 15. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol A) I – a, d, e; II – b, c, f B) I – c, d, e; II – a, b, f C) I – a, d, f; II – b, c, e D) I – b, c, f; II – a, d, e 16 / 24 16. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. B) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. C) Ushbu oilada daltonik qizlarning tug‘ilish ehtimolligi 0%. D) Ushbu oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 25%. 17 / 24 17. Oddiy lipidni aniqlang. A) glikoprotein B) fosfolipid C) glikolipid D) mum 18 / 24 18. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 2, 3 19 / 24 19. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi A) a-1; b-4 B) a-2; b-5 C) a-4; b-2 D) a-3; b-1 20 / 24 20. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni B) aorta qon tomiri - vena qoni, o‘pka arteriyasi - arteriya qoni C) o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni D) o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni 21 / 24 21. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi A) 1 - a; 2 - c, d B) 1 - a, d, f; 2 - c, b, e C) 1 - c, d, e; 2 - a, b, f D) 1 - b; 2 - a, c 22 / 24 22. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin A) 3, 5, 7, 8, 9 B) 1, 2, 6, 10 C) 4, 5, 7, 9 D) 2, 3, 4, 6, 10 23 / 24 23. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. A) 1, 4 B) 2, 5 C) 1, 2 D) 3, 5 24 / 24 24. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi A) I – 3, 6; II – 4, 5 B) I – 1, 4; II – 5, 6 C) I – 3, 5; II – 2, 4 D) I – 4, 6; II – 2, 3 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Biologiya olimpiada