Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №5 Biologiya olimpiadaViloyat 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 489 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 6-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Yog‘larni parchalovchi fermentni aniqlang? A) Proteaza B) Karbogidraza C) Amilaza D) Lipaza 2 / 30 2. Asosan o‘simlik mahsulotlarida uchraydigan vitaminni belgilang. A) C B) A C) B D) D 3 / 30 3. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi. A) 1, 4, 6, 8, 9 B) 2, 4, 5, 8, 9 C) 2, 3, 5, 9, 10 D) 1,4, 6, 7, 8 4 / 30 4. Palma (a), perlovitsa (b) va amyoba (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) avtotrof organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) eukariot organizm; 5) geterotrof organizm; 6) umurtqasiz hayvon A) a - 4; b - 5; с – 2 B) a - 3; b - 4; с - 1 C) a - 2; b - 1; с - 5 D) a - 4; b - 6; с – 5 5 / 30 5. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang. A) 20 B) 18 C) 21 D) 19 6 / 30 6. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on A) 2, 3, 5 B) 1, 5, 6 C) 3, 4, 6 D) 1, 2, 4 7 / 30 7. Bevosita rivojlanadigan germafrodit organizmlarni (a) va bilvosita rivojlanadigan ayrim jinsli organizmlarni (b) ko‘rsating. 1) korall aspidi; 2) gelikonius; 3) chuchuk suv shillig‘i; 4) qizil chuvalchang; 5) aureliya; 6) perlovitsa; 7) povituxa; 8) nematoda A) a-3, 4; b-7, 8 B) a-4, 7; b-1, 8 C) a-1, 4; b-2, 6 D) a-2, 6; b-3, 5 8 / 30 8. Tajriba maydonida seleksioner olim g‘o‘za o‘simligining tolalari oq va malla rangli xillarini chatishtirdi. F2 duragaylari 2192 tani tashkil qildi. Ular orasidan 548 tasi malla, 1104 tasi novvot rang, 540 tasi oq rangda bo‘ldi. Ushbu tajribada olingan novvot rangli duragaylarning nazariy jihatdan olinishi kerak bo‘lgan novvot rangli duragaylardan farqini toping. A) 4 ta ko‘p B) 4 ta kam C) 8 ta ko‘p D) 8 ta kam 9 / 30 9. Glukoza sintezlanishi (a) va oksidlanishi (b) bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang. 1) CO2 sarflanadi; 2) CO2 hosil bo‘ladi; 3) ATF energiyasi sarflanadi; 4) O2 sarflanadi; 5) ATF sintezlanadi; 6) O2 hosil bo‘ladi; 7) fotoliz jarayoni sodir bo‘ladi A) a – 2, 3, 7; b – 1, 6, 7 B) a – 1, 5, 6; b – 2, 3, 4 C) a – 2, 4, 5; b – 1, 3, 6, 7 D) a – 1, 3, 6; b – 2, 4, 5 10 / 30 10. Qanday jarayonda quyidagi reaksiya amalga oshadi? ATF + H2O → ADF + H3PO4 + energiya (40 kJ) A) kislorodli sharoitda sut kislotasining to‘liq parchalanishi B) fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichi C) membrana orqali moddalarning aktiv transporti D) bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi hosil bo‘lishi 11 / 30 11. Tallomga ega eukariot (a) va prokariot (b) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang? 1) nitella; 2) batsidiya; 3) nostok; 4) ulva; 5) xrokokk; 6) xantoriya; 7) ossilatoriya; 8) parmeliya A) a-8, 1, 6, 4, 2; b-7, 3 B) a-2, 6, 8; b-1, 3, 5, 7 C) a-1, 4, 8; b-3, 5, 7 D) a-6, 4, 7, 2; b-3, 1, 5 12 / 30 12. Gastrulyatsiya blastula hujayralarining o‘sib kirishi orqali kechadigan turkumlarni ko‘rsating. A) tangachalilar, tovuqsimonlar B) timsohlar, kurakoyoqlilar C) dumsizlar, dumlilar D) dumlilar, tangachalilar 13 / 30 13. Quyidagi rasmda meyoz bo‘linish jarayonidagi hujayraning replikatsiyalangan xromosomalari tasvirlangan. Xromosomalardagi uchta genning allellari - A, B va C ko‘rsatilgan (qora doiralar – sentromerani ifodalaydi). Qaysi javobda meyoz bo‘linishdan keyin eng kam ehtimolda hosil bo‘ladigan gameta genotipi berilgan. A) A1B2C1 B) A1B1C1 C) A1B2C2 D) A2B1C1 14 / 30 14. Quyida Huntington kasalligining irsiylanishi keltirilgan. Ushbu kasallikning irsiylanish turini aniqlang. A) jinsiy X xromosomada retsessiv B) autosomada retsessiv C) jinsiy X xromosomada dominant D) autosomada dominant 15 / 30 15. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarni belgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza II; 3) metafaza II; a) diploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; b) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; c) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi; d) diploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi A) 1-d; 2-с; 3-d B) 1-а; 2-с; 3-d C) 1-d; 2-b; 3-а D) 1-с; 2-d; 3-b 16 / 30 16. Qaysi jarayonlar moddalar almashinuvining dastlabki bosqichida sodir bo‘ladi? 1) oksidlanish; 2) translyatsiya; 3) proteazalar tomonidan oqsil parchalanishi; 4) lipazaning lipidlarga ta’siri; 5) reduplikatsiya; 6) amilazaning ta’siri; 7) oziqning mexanik o‘zgarishi; 8) transkripsiya; 9) o‘pkalar tomonidan karbonat angidridning ajratilishi; 10) fotosintez A) 2, 5, 8 B) 1, 7, 9, 10 C) 3, 4, 8, 9 D) 3, 4, 6 17 / 30 17. Biologik faol moddalarning odam organizmidagi funksiyalari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) glukogon gormoni − qondagi ortiqcha glukozani glikogenga aylantiradi B) timozin gormoni − jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi C) tiroksin gormoni − ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi D) antidiuretik gormon – reabsorbsiya jarayonini kuchaytirib, siydik ajralishini kamaytiradi 18 / 30 18. Korall poliplarining embrional rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating. 1)blastula; 2) blastulaning ichiga botib kirishi; 3) zigota; 4) gastrulyatsiya; 5) maydalanish; 6) blastula hujayralarining migratsiyasi; 7) lichinka; 8) organogenez; 9) yosh polip; 10) hujayralarning ixtisoslashuvi A) 3, 1, 4, 8, 7 B) 3, 5, 1, 6, 10 C) 3, 1, 2, 4, 8 D) 3, 5, 1, 4, 9 19 / 30 19. Quyidagi hujayra tuzilmalariga (a-e) xos xususiyatlarni (1-16) to‘g‘ri juftlang. a) lizosoma; b) mitoxondriya; c) ribosoma; d) endoplazmatik to‘r; e) xloroplast 1) RNKni nukleotidlargacha parchalaydi; 2) DNKga ega; 3) glikogenni sintezlaydi; 4) bakteriya hujayrasida uchraydi; 5) uglevodni sintezlaydi; 6) zarpechak hujayrasida uchraydi; 7) Golji majmuasidan hosil bo‘ladi; 8)anabolizm jarayonida ishtirok etadi; 9) oqsil sintezlaydi; 10) sut kislotani oksidlaydi; 11) polimerazani sintezlaydi; 12) katabolizm reaksiyalarida ishtirok etadi; 13) ikki qavat membranaga ega; 14) kollenxima hujayrasida uchraydi; 15) fag tarkibida uchraydi; 16) oqsillarni aminokislotagacha parchalaydi A) a-1, 14, 16; b-6, 10, 13; c-6, 8, 11, 14; d-13, 4, 8, 9; e-2, 5, 6, 14, 13 B) a-1, 7, 12, 16; b-2, 6, 10; c-4, 6, 8, 9, 11, 14; d-5, 6, 8; e-2, 5, 8, 14 C) a-7, 10, 16; b-2, 6, 12; c-6, 8, 11, 14, 15; d-3, 8, 9; e-2, 5, 8, 14 D) a-1, 14, 16; b-2, 6, 13; c-6, 8, 11, 14, 15; d-3, 7, 9; e-2, 5, 13, 14 20 / 30 20. Tovuq va xo‘rozlarda toj shakli allel bo‘lmagan gen ta’sirida komplementar irsiylanadi. Tajribada oddiy va digomozigota yong‘oqsimon tojli tovuq va xo‘rozlar chatishtirildi. F1 da olingan tovuq va xo‘rozlar o‘zaro qayta chatishtirilganda hosil bo‘ladigan F2 avlodning fenotipi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan? A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 21 / 30 21. Magnoliyasimon (a) va lolasimon (b) sinfiga mansub bo‘lgan, ko‘sak meva hosil qiluvchi o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) g‘o‘za; 6) yasmiq A) a-2; b-6 B) a-5; b-3 C) a-1; b-4 D) С) a-5; b-1 22 / 30 22. Qaysi organizmlarning lichinkasi odamda (a), umurtqali hayvonlarda (b), umurtqasiz hayvonlarda (c) parazitlik qiladi? 1) ninachi; 2) baqachanoq; 3) exinokokk; 4) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 5) jigar qurti; 6) bo‘ka; 7) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 8) nozema A) a — 7; b — 5; c — 8 B) a — 4; b — 3, 7; c — 2 C) a — 4; b — 5, 7; c — 1, 8 D) a — 3; b — 2; c — 5 23 / 30 23. Qarag‘ay va saksovul o‘simliklariga xos umumiy xususiyatlarni aniqlang. A) urug‘kurtakka ega; urug‘kurtagi tuguncha ichida joylashgan; urug‘langan markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi B) urug‘larida shamol yordamida tarqalish uchun qanotchalar mavjud; urug‘chi gullari boshoq to‘pgulda joylashgan C) urug‘kurtakka ega; changdonlari mavjud; urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi D) urug‘idan ko‘payadi; urug‘kurtagi tuguncha ichida joylashgan; changdonlari mavjud; urug‘larida shamol yordamida tarqalish uchun qanotchalar mavjud 24 / 30 24. Hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lmagan (I), hujayra markazi yo‘q, lekin mitotik ipga ega bo‘lgan (II), hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lgan (III) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 2) pixta; 3) zog‘ora baliq; 4) kakku; 5) nostok; 6) spirogira; 7) beda; 8) sigirquyruq; 9) suqsun; 10) vabo qo‘zg‘atuvchisi A) I - 1, 5, 10; II - 2, 6, 7; III - 3, 4, 9 B) I - 1, 5, 8; II - 3, 6, 9; III - 2, 4, 7 C) I - 1, 10; II - 5, 6, 7; III - 4, 8, 9 D) I - 2, 6, 7; II - 3, 4, 9; III - 1, 5, 10 25 / 30 25. Quyidagi organizmlarni (a-d) ularga tegishli qon aylanish sistemalari haqidagi ma’lumotlar (1-10) bilan to‘g‘ri juftlang. a)lansetnik; b) nutriya; c) yomg‘ir chuvalchangi; d) churrak 1)o‘pkadan keladigan arterial qon chap bo‘lmachaga quyiladi; 2) qoni qorin qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 3) chap qorinchadan chiqqan aorta yurakni chapdan aylanib, to‘sh suyagining orqasida ravoqni hosil qiladi; 4) to‘qimalardagi venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiladi; 5) chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi; 6) kislorod bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali oldinga oqadi; 7) karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali jabralarga keladi; 8) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 9) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing oldingi tomoniga oqadi; 10) to‘qimalarda karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi. A) a − 7, 10; b − 1, 4; c − 6, 8; d − 1, 3 B) a − 7, 9; b − 3, 4; c − 2, 8; d − 4, 5 C) a − 6, 10; b − 1, 5; c − 2, 9; d − 1, 3 D) a − 7, 10; b − 1, 3; c − 2, 9; d − 1, 5 26 / 30 26. Organizmlardagi qaysi jarayonlar postembrional davrda yuz beradi? 1) tut ipak qurtining g‘umbakka aylanishi; 2) yomg‘ir chuvalchangi mezodermasidan muskul to‘qimasining hosil bo‘lishi; 3) itbaliqda tashqi jabraning ichki jabra bilan almashinishi; 4) lansetnikda xordaning hosil bo‘lishi; 5) assidiyada fagositlarning hosil bo‘lishi; 6) itbaliqda ikki kamerali yurakning paydo bo‘lishi; 7)kapalak qurtlarida soxta oyoqlarning hosil bo‘lishi. A) 1, 7 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 7 D) 3, 5, 6 27 / 30 27. Quyida berilgan o‘simliklarni (I-III) kelib chiqish markazi (a-e) va oilasining gul formulasi (1-6) bilan to‘g‘ri moslashtiring. I) yovvoyi no‘xat; II) tamaki; III) qalampir a) Janubiy Amerika markazi; b) O‘rta yer dengizi markazi; c) Efiopiya markazi; d) Markaziy Amerika markazi; e) Sharqiy Osiyo markazi. 1) Gk(3)+(5) Gt5 Ch(∞) U(∞); 2) Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2); 3) Gk4−5 Gt5,(5) Ch5 U(2); 4) Gk(5) Gt1+2+(2) Ch(9)+1 U1; 5) Og(2)+2 Ch3,6 U1; 6) Gk(5) Gt(5) Ch5 U1 A) I − b, 4; II − e, 1; III − d, 6 B) I − d, 3; II − a, 6; III − d, 1 C) I − c, 2; II − d, 6; III − b, 5 D) I − c, 4; II − a, 6; III − d, 6 28 / 30 28. Sog‘lom ota-onadan tug‘ilgan farzandlarda uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarni aniqlang? (Kasallikning hayotda orttirilishi inobatga olinmasin) 1) qandli diabet; 2) tug‘ma karlik; 3) polidaktiliya; 4) qo‘y ko‘zlik; 5) gemofiliya; 6) Daun sindromi; 7) Shershevsiy – Terner sindromi; 8) sil kasalligiga moyillik; 9) daltonizm; 10) albinizm; 11) ko‘z shox pardasini ko‘rlikka olib keluvchi irsiy degeneratsiya A) 8, 11, 2, 5 B) 2, 5, 1, 8, 10 C) 7, 1, 5, 9, 6 D) 1, 3, 2, 10 29 / 30 29. Exinokokkning embrional (a) va postembrional (b) davrida ro‘y beradigan jarayonlarni aniqlang. 1) iste’mol qilgan ozuqaning ichakda hazm bo‘lishi; 2) urug‘lanmagan tuxum hujayralarning rivojlanishi; 3) organ va to‘qimalar hosil bo‘lishi; 4) finna hosil bo‘lishi; 5) hujayralarning ixtisoslashuvi; 6) yangi bo‘g‘in hosil bo‘lishi; 7) so‘rg‘ichlari bilan hazm bo‘lgan ovqatni so‘rishi A) a-2, 6; b-7, 1, 4 B) a-1, 2, 3; b-4, 5, 6 C) a-3, 5; b-6, 4 D) a-3, 5, 2; b-4, 6, 7 30 / 30 30. Bir tup o‘simlikdagi gullari bitta gul formulasi bilan ifodalanadigan o‘simliklarni aniqlang. 1) terak; 2) qovoq; 3) gazanda; 4) qozonyuvg‘ich; 5) qayin; 6) yong‘oq; 7) Turkiston ismalog‘i; 8) itqovun; 9) makkajo‘xori; 10) kungaboqar A) 1, 3, 7 B) 5, 6, 9 C) 2, 4, 8 D) 2, 4, 10 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6