Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №7 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №7 InfoMaster Aprel 20, 2023 491 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 4 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf O'zbekiston tarix №7 26-29-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Afrig’iylar sulolasi Xorazmda hukmronlik qillgan davrni toping. A) IV-X asrlar B) V-X asrlar C) III-IX asrlar D) V-IX asrlar 2 / 40 2. Qaysi mahalliy hokimlikda saroyda malika xoqondan keyingi o‘rinni egallagan? A) Xorazm B) Choch C) So‘g‘d D) Toxariston 3 / 40 3. Manbalarda qayd etilishicha, VII asrda qaysi hudud arablar tomonidan ikki marotaba talon-taroj etilgan? A) Xuroson B) Xorazm C) Buxoro D) Samarqand 4 / 40 4. 961-962-yillarda Samarqandda qaysi somoniy hukmdori tomonidan tanga zarb qildirilgan? A) Nuh II B) Nuh ibn Mansur C) Nasr ibn Ahmad D) Abdumalik ibn Nuh 5 / 40 5. Qoraxoniylar qachondan boshlab qoraxitoylar xujumiga uchradilar? A) XII asrning 30-yillaridan B) XI asr oxiridan C) X asr o’rtalaridan D) XI asr 50-yillaridan 6 / 40 6. Mo‘g‘ul hukmdorlari orasida kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chiradi? A) Munke B) Tug‘luq Temur C) Kebekxon D) Chig‘atoy 7 / 40 7. Muso Xorazmiyning “Al-jabr” asari XII asrda qayerda lotin tiliga tarjima qilingan. A) Vizantiyada B) Fransiyada C) Ispaniyada D) Italiyada 8 / 40 8. Al-Azxar diniy dorulfununi qaysi shaharda joylashgan? A) Qohirada B) Sherozda C) Damashqda D) Bag‘dodda 9 / 40 9. Sharqning buyuk hakimi va allomasi Abu Bakr ar-Roziy yashagan yillarni aniqlang. A) 873-950 yillar B) 800-870 yillar C) 865-925 yillar D) 870-950 yillar 10 / 40 10. Abu Rayhon Beruniy qaysi shaharda tug‘ilgan? A) Kat B) Xiva C) Urganch D) G‘azna 11 / 40 11. Burxonuddin al-Marg‘inoniy qayerda tavallud topgan? A) Qo‘qonda B) Quvada C) Axsida D) Rishtonda 12 / 40 12. “Dorul hikmat va maorif”ning asosini quyidagi qaysi olimlar tashkil etgan? 1)Al-Xorazmiy; 2)Ahmad al-Marvaziy; 3)Abu Rayhon Beruniy; 4)Abu Nasr ibn Iroq; 5)Yahyo ibn Abu Mansur; 6)Abu Sahl Masihiy; 7)Abulxayr ibn Hammor; 8)Ali Abbos Javhariy. A) 3, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5, 8 C) 2, 3, 4, 5, 8 D) 1, 2, 4, 7 13 / 40 13. Quyidagi allomalardan qay biri Xorazmning qadimgi Urganch shahrida ta’lim olgan edi? A) Abu Ali ibn Sino B) Abu Rayhon Beruniy C) Abu Sahl Masihiy D) Abu Nasr Farobiy 14 / 40 14. Yuqoridagi rasmda berilgan allomaga oid ma’lumotni aniqlang. A) algebra faniga asos soldi. B) ilm-fan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharhlaganligi va ularni yangi g‘oyalar bilan boyitganligir C) asarida inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi muhim masalalarga alohida e’tibor berilgan. D) asari Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. 15 / 40 15. Abu Nasr Forobiy quyida ko’rsatilgan qaysi sohada asar yozmagan? A) tilshunoslik B) riyoziyot C) falakiyot D) fiqh 16 / 40 16. Qur’oni Karimning sharhlari qanday nomlanadi? A) Hadis B) Tafsir C) Haftiyak D) Kalom 17 / 40 17. Sharqda "Shayx ur-Rais" nomi bilan mashhur bo'lgan allomani aniqlang. A) Abu Sahl Masihiy B) Abu Ali ibn Sino C) Abu Rayhon Beruniy D) Abu Nasr Farobiy 18 / 40 18. 1997-yil 11-noyabrda quyidagi qaysi voqea yuz berdi? A) Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida “Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui” barpo etildi B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni chiqdi C) Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi D) Ahmad al-Farg‘oniy haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 19 / 40 19. Imom al-Buxoriyning “Jome as-sahih” asari nechta jilddan iborat? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 20 / 40 20. Imom al-Buxoriyning zamondoshi bo‘lgan allomani toping. A) Moturidiy B) Iso Termiziy C) Marg‘inoniy D) Ibn Sino 21 / 40 21. Qachon Respublikamizda «Xorazm Ma‟mun akademiyasining» 1000 yilligi nishonlangan? A) 2003-yil yozida B) 2005-yil kuzida C) 2006-yil kuzida D) 2004-yil baxorida 22 / 40 22. Ibn Sino ustozi Abu Abdullohdan qaysi ilmlarni o‘rgangan? A) falsafa, metofizika, geodiziya, geografiya B) mantiq, falsafa, riyoziyot, fiqh C) matematika, handasa, astronomiya D) tarix, musiqa, agabiyot, she’riyat 23 / 40 23. Alloma Abu Nasr Farobiy Arastuning qaysi asariga sharhlar yozgan? A) "Metafizika" B) "Logika" C) "Davlat" D) "Tabiatdan tashqari narsalar" 24 / 40 24. Marg‘inoniyning “Hidoya” asari … jilddan iborat. A) 4 B) 5 C) 6 D) 3 25 / 40 25. Ma’mun Akademiyasi …yil shakillandi. A) 1006 B) 1004 C) 1008 D) 1017 26 / 40 26. XIV asrda Buxoroda vujudga kelgan tariqatni aniqlang. A) Kubroviya B) Qalandarlik C) Naqshbandiya D) Yassaviya 27 / 40 27. Imom al Buxoriyga bag’ishlangan yodgorlik majmuasi qayerda bunyod etilgan? A) Samarqand viloyatida B) Buxoro viloyatida C) Jizzax viloyatida D) Toshkent shahrida 28 / 40 28. Arxeologlar tadqiqodidan ma’lum bo‘lishicha, X-XI asrlarda shahar me’morchiligida qaysi xomashyolar asosiy o‘rinni egallagan? A) paxsa, xom g‘isht B) pishgan g‘isht, yog‘och C) sinchkori, pishgan g‘isht D) guvala, paxsa, yog‘och 29 / 40 29. Abu Iso Muhammad at-Termiziy yashagan yillarni aniqlang. A) 835-910 yillarda B) 810-870 yillarda C) 812-892 yillarda D) 824-894 yillarda 30 / 40 30. Yusufga “ Xos Hojib” martabasini bergan hukmdor qaysi suloladan edi? A) Qoraxitoylardan B) Qoraxoniylardan C) Somoniylardan D) G’aznaviylardan 31 / 40 31. Rasmda ko’rsatilgan shaxsga oid ma’lumot qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan. B) arab, forsiy til va undagi adabiyotlarni puxta o‘rgandi. C) Xorazmshoh Abul Abbos Ma’mun II saroyida to‘plangan olimlar bilan birgalikda Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. D) Gippokrat va Galen hamda Abu Bakr ar- Roziyning asarlarini puxta o‘rganadi. 32 / 40 32. “Ta’vilot ahl as-sunna” asarining muallifi kim? A) Burxonuddin Marg‘inoniy B) Termiziy C) al-Buxoriy D) Moturidiy 33 / 40 33. Muso al-Xorazmiyning bizgacha qancha asari etib kelgan? A) 30 ta B) 43 ta C) 10 ta D) 20 ta 34 / 40 34. Quyidagi asarlardan qay biri Beruniy qalamiga mansub emas? A) “Minerologiya” B) “Al Mufassal” C) “Hindiston” D) “Geodeziya” 35 / 40 35. Al-Farg'oniy ilm-fanning qaysi sohalari bilan shug'ullangan edi? 1.matematika 2.geometriya 3.tarix 4.astronomiya 5.geografiya 6.huquqshunoslik A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 4 36 / 40 36. Quyidagi asarlardan qaysi biri Forobiy qalamiga mansub emas? A) «Hindiston» B) «Baxt-soadatga erishuv haqida» C) «Musiqa kitobi» D) «Tirik mavjudot a'zolari haqida» 37 / 40 37. "Ma'mun akademiyasi"da faoliyat yuritgan Abu Nasr ibn Iroq yashagan yillarni aniqlang. A) 970-1011 yillarda B) 991-1048 yillarda C) 980-1037 yillarda D) X asr - 1034 yillarda 38 / 40 38. 870 yilda atoqli hadisshunos Imom al- Buxoriy vafot etdi.Ammo shu yili yana bir buyuk islomshunos olim dunyoga keldi.Mazkur allomani aniqlang. A) Abu Iso Muhammad at-Termiziy B) Abu Sahl Masihiy C) Abu Nasr Forobiy D) Abu Mansur al-Moturudiy 39 / 40 39. 7275 ta sahih xadislar kiritilgan asarni toping? A) «Jomе' as Sahih» B) «Hadislar» C) «Pandnoma» D) «Sahihi Tеrmiziy» 40 / 40 40. Buxoro nechanchi asrdan boshlab “Islom dinining gumbazi” nomi bilan shuhrat topadi? A) XI asr B) X asr C) IX asr D) XII asr Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz