Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №2 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №2 InfoMaster Aprel 20, 2023 372 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf O'zbekiston tarix №2 5-7-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Xorazmshoh unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilganlar? A) afrig'iylar B) siyovushlar C) ma'muniylar D) anushteginiylar 2 / 40 2. Turk xoqonligining mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan omillarni ko`rsating 1)Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka intilganlar 2)Turk xoqonligi hududlaridagi hokimlar mustaqil bo`lishga intilganlar 3)Viznatiya, Eron, va Xitoy bilan doimiy raqobatning mavjudligi 4)Bo`ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4 3 / 40 3. G`arbiy Turk xoqonligi zaiflashib borganligiga nima sabab bo`lgan ? A) ichki kurash B) bo`ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi C) Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat D) katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka intilganligi 4 / 40 4. Quyidagi qaysi ilk o‘rta asr dini vakillari o‘z xudolarida qora qashqa ot so‘yib qurbonlik qilishgan? A) shomon B) moniy C) otashparastlik D) nasroniylik 5 / 40 5. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostirilgach,... A) Turk xoqoni o‘lkada nazoratni kuchaytirish uchun o‘z noiblari – tudunlarni yuboradi B) soliq va majburiyatlar keskin kamaytiriladi C) Turk xoqoni nazoratni kuchaytirish uchun o‘g‘li Sheri Kishvarni O‘rta Osiyoga noib qilib yuboradi D) qo‘zg‘olonchi kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlariga qaytariladi 6 / 40 6. Rasmda keltirilgan tanga qaysi davrga oid ekanligini aniqlang. A) IX asr B) VI asr C) VIII asr D) VII asr 7 / 40 7. G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrda uning janubiy chegarasi qayergacha cho‘zilgan edi? A) Amudaryo etaklarigacha B) Tan imperiyasi hududigacha C) Sind daryosi bo‘ylarigacha D) Qirg‘iz xoqonligi hududigacha 8 / 40 8. Ilk o‘rta asrlarda shaharning hokim qasri joylashgan qismi nima deb nomlangan? A) Rabot B) Yabg‘ukat C) Kuhandiz D) Shahriston 9 / 40 9. Ilk o‘rta asrlardagi qudratli Eftaliylar davlati nechanchi yillarda va qaysi davlatlarning zarbalari natijasida barbod bo‘ldi. A) 567-583-yillarda janubda Eron sosoniylari va shimolda Turk xoqonligi zarbalari natijasida B) 569-583-yillarda janubdan Vizantiya va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida C) 563-567-yillarda janubdan Eron sosoniylari va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida D) 563-564-yillarda shimolda Turk xoqonligining zabasi natijasida 10 / 40 10. Farg`ona vodiysida qaysi tog`lar yonbag`irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug`ullanishgan ? A) Xerirud va Pomir B) Qurama va Qoramozor C) Hisor va Hindikush D) Tyanshan va Oloy 11 / 40 11. Ko‘kturk xati necha harflardan iborat? A) 25 ta B) 32-34 ta C) 38-40 ta D) 28 ta 12 / 40 12. O‘rta Osiyoda ko‘k turk xati ham qo‘llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan ... harfdan iborat bo‘lgan. A) 20-25 ta B) 27-30 ta C) 48-50 ta D) 38-40 ta 13 / 40 13. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha va dori-darmonlar chiqargan ilk o‘rta asr davlatini toping. A) Choch va Eloq B) So‘g‘d C) Toxariston D) Farg‘ona 14 / 40 14. V-VII asrlarda O‘rta Osiyo bir qancha mayda, mustaqil hokimliklarga bo‘linib ketdi. Ularning soni qancha edi? A) 10 ga yaqin B) 25 ga yaqin C) 15 dan ortiq D) 20 dan ortiq 15 / 40 15. Qaysi ilk o‘rta asr davlatida ayrim tangalarida hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan? A) Xorazm B) So‘g‘d C) Choch D) Toxariston 16 / 40 16. Ilk o‘rta asr davlatlarining poytaxtlarini aniqlang. 1) Eloq; 2) Toxariston; 3) Xorazm; G‘arbiy turk xoqonligi. Kat; b) Tunkat; c) Yettisuv; d) Balx A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 17 / 40 17. Budun – tarixiy atamasining ma’nosini aniqlang. A) chorvador aholi B) qo‘shin qo‘mondoni C) buyuk hukmdor D) el-yurt hokimi 18 / 40 18. Arkon — bu … A) qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq B) islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘i C) dindagi eng muhim vazifa D) mavjud tartibni o‘zgartirish 19 / 40 19. Quyidagi qaysi hududlardan buddaning bahaybat haykallari topilgan? A) Urgut tumani va Balxdan B) Ayritom va Zangtepadan C) Qabodiyon va Sirdaryoning quyi oqimidan D) Qo‘rg‘ontepa yaqini va Quvadan 20 / 40 20. Farg‘ona yerlari juda hosildor, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, nimalarni ekkan? A) g‘alla va sholi B) sholi va tariq C) paxta va sholi D) g‘alla va paxta 21 / 40 21. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysi o‘zining qanday hususiyati bilan mashhur edi? A) bog‘dorchilik markazi bo‘lganligi bilan B) sifatli chinnilari bilan C) ziravorlari bilan D) zotli otlari bilan 22 / 40 22. Ilk o‘rta asrlardagi mustaqil davlat – Toxaristonning poytaxti qaysi shahar edi? A) Marv B) Chag‘oniyon C) Balx D) Termiz 23 / 40 23. Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilarida “ixshidlar” hukmronlik qilgan? A) So‘g‘d va Farg‘ona B) Choch va So‘g‘d C) Fargona va Toxariston D) Toxariston va Eloq 24 / 40 24. Kimning hukmronligi davrida G‘arbiy turk xoqonligida boshqaruv tartiblari isloh qilinadi? A) Qoracho‘rin B) To‘n Yabg‘u C) Bumin D) Sheri Kishvar 25 / 40 25. VI-VII asrlarga oid qaysi arxeologik yodgorliklar Zarafshon daryosida joylashgan? A) Panjikent, Varaxsha, Afrosiyob B) Varaxsha, Afrosiyob, Quva C) Bolaliktepa, Ajinatepa, Panjikent D) Bolaliktepa, Varaxha 26 / 40 26. VII asr boshlarida G‘arbiy Turk xoqonlari O‘rta Osiyodari mahalliy hokimliklar ustidan nazorat o‘rnatish uchun o‘z noiblarini jo‘natgan. Ular nima deb atalgan? A) budun B) tudun C) yabg‘u D) shod 27 / 40 27. O`n ming suvoriydan iborat harbiy bo`linmaning tumanboshisi nima deb yuritilgan ? A) Shod B) O‘n o‘q budun C) Budun D) Yabg‘u 28 / 40 28. Quyidagilardan Baqtriya yozuvi asosida shakllangan alifbo(lar)ni toping. 1) sug‘d; 2) xorazm; 3) eftal; 4) toxar. A) 3 B) 4 C) 1, 2 D) 3, 4 29 / 40 29. Xitoy hukumatiga sovg‘a tariqasida O‘rta Osiyoning qaysi shaharidan dubulg‘a yuborilgan edi? A) Poykand B) Balx C) Ishtixon D) Samarqand 30 / 40 30. Qo`riq va bo`z yerlarga suv chiqarib, katta-katta ekin maydonlarini barpo etishdek obodonchilik ishlarida sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashgan tabaqa vakillarini aniqlang. 1)mulkdor tabaqa vakillari 2)ziroatchilar 3)harbiy yo`lboshchilar 4)qishloq oqsoqollari 5)jamoa ruhoniylari 6)qabila boshliqlari A) 3,4,5 B) 2,4,6 C) 1,4,6 D) 1,3,5 31 / 40 31. Ilk o‘rta asrlarning qaysi davlati old tomonida mulkdorning surati, orqasiga gajak dumli bars, ba’zan sulolaviy ayri tamg‘a tushirilgan chaqa-tangalar zarb etganlar? A) Choch B) Xorazm C) So‘g‘d D) Farg‘ona 32 / 40 32. Kultegin va Bilga xoqon bitiklari qayerlardan topib o‘rganilgan? 1) Oltoy; 2) Shimoliy Kavkaz; 3) Sharqiy Turkiston; 4) Toxariston; 5) Yettisuv; 6) Farg‘ona vodiysi; 7) Zarafshon vodiysi; 8) Ural tog‘lari atrofi A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 6, 7, 8 C) 1, 3, 5, 6, 7 D) 2, 3, 5, 6, 8 33 / 40 33. Bolaliktepa manzilgohi qaysi viloyat hududida joylashgan? A) Surxondaryo B) Qashqadaryo C) Buxoro D) Xorazm 34 / 40 34. Qaysi mahalliy hokimlikda saroyda malika xoqondan keyingi o‘rinni egallagan? A) So‘g‘d B) Xorazm C) Toxariston D) Choch 35 / 40 35. Toxariston aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligining qaysi tarmog‘i bilan shug‘ullangan? A) o‘troq dehqonchilik B) yilqichilik, tuyachilik va qisman dehqonchilik C) Ko‘chmanchi chorvachilik va hunarmandchilik D) chorvachilik va qisman dehqonchilik 36 / 40 36. Ilk o‘rta asrlarda xat, hujjat va ayrim maktubotlar asosan nimalarga yozilgan? A) charm, yog‘och va sopolga B) yog‘och, tosh va devorlarga C) tosh, devor va qog‘ozga D) qog‘oz, ohak va teriga 37 / 40 37. Moniy dinining arkoni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash B) zaminni sevish, uy-joyni avaylash C) ibodat, ro‘za, sadaqa berish D) ezgu amal, ezgu fikr, esgu so‘z 38 / 40 38. Turk xoqonligi Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan o‘lkalarni egallagan yilni aniqlang. A) 576-yil B) 567-yil C) 558-yil D) 555-yil 39 / 40 39. Quyidagilardan bir-biriga muvofiq keluvchi javobni aniqlang. 1) Farg‘ona vodiysi 2) Zarafshon vodiysi Surxon a)Afrosiyob b) Bolaliktepa c) Quva A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-c, 2-b, 3-a 40 / 40 40. Nima sababdan turklarning eftallar bilan to‘qnashishi arafasida Eron davlati va Turk xoqonligi yaqinlasha bordi? A) turklar va sosoniylar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra sosoniylar eftaliylar tasarrufidagi Toxariston va Chag‘oniyonni olish kerak edi B) uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi C) sosoniylar eftaliylardan o‘zlarining Marv va Badaxshon hududlarini qaytarib olish kerak edi D) sosoniylar shohi Xusrav I turklarning yabg‘u xoqoni Istamiga kuyov bo‘lgan edi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz