Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf Jahon tarix » 7-sinf Jahon tarix №1 7-sinf Jahon tarix 7-sinf Jahon tarix №1 InfoMaster Aprel 10, 2023 561 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Jahon tarix №1 1-7-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Yustinian I davrida amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang. 1.xalqaro savdoni rivojlantirdi 2.davlat maktablarini joriy etdi 3.davlat xazinasi to`ldirdi 4.cherkovni davlatga bo`ysundirdi 5.xalq farovonligini ta`minladi 6.harbiylar va amaldorlardan iborat o`ziga xos maslahat kengashi tashkil etdi; A) 1, 3, 5 B) 3, 5, 6 C) 1, 2, 6 D) 1, 4, 6 2 / 40 2. Qaysi javobda slavyanlarga xos bo’lgan xususiyat noto’g’ri ko’rsatilgan? A) ijtimoiy tuzumi germanlarnikiga o‘xshash bo’lgan; B) yunon tarixchilarining yozishicha,slavyanlar erksevar, jasur,jangovar bo‘lishgan; C) ular qabila va urug‘larga bo‘linib yashaganlar; D) qo‘shnilariga nisbatan do‘stona munosabatga shay qabilalar bo‘lgan; 3 / 40 3. Quydagi yillarda sodir bo’lgan voqealarni to’g’ri tartibda muvofiqlashtiring. 1.407-yil 2.842-yil 3.486-yil 4.962-yil 5.843-yil a)Otton I o‘z qo‘shini bilan Rimga kelib imperatorlik tojini kiyadi; b)normannlar Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar; c)Rim legionlari Britaniyani tashlab,Italiyaga qaytadi; d)Xlodvig franklar davlatiga asos soladi; e)Verden shahridagi shartnoma; A) 1-c, 2-e, 3-d, 4-a, 5-b B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-e, 5-a C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c, 5-e 4 / 40 4. Yustinian I ni qaysi ishi jamoatchilikning salbiy fikriga sabab bo’lgan? A) Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklay olmaganligi; B) xalq farovonligini ta’minlay olmaganligi; C) ikkiyuzlamachilik siyosati; D) Feodoraga uylanganligi; 5 / 40 5. VII asrda Arab xalifaligi hujumlari natijasida vizantiyaliklar qaysi hududlarni boy beradi? A) Misr va Falastin B) Suriya va Misr C) Eron va Suriya D) Suriya va Falastin 6 / 40 6. Qaysi hukmdor Germaniyadagi yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq va imtiyozlar beradi? A) Genrix I B) Buyuk Karl C) Otton I D) Otton III 7 / 40 7. Yerga to`la egalik qilish qaysi atama bilan ifodalanadi? A) vassallik B) allod C) benefitsiy D) senor 8 / 40 8. German xalqlari hayotida boshlangan qaysi jarayon ularning ijtimoiy taraqqiyotini yanada tezlashtirgan edi? A) qabila ittifoqlarining vujudga kelishi; B) ijtimoi va mulkiy tengsizlikning boshlanishi; C) xristianlikning tarqalishi D) ikki dalali almashlab ekishga o`tilishi; 9 / 40 9. Franklar imperiyasida kimlar imperatorning joylardagi vakili sifatida uning buyruqlarini bajargan ? A) gersoglar va graflar B) markgraflar va yepiskoplar C) graflar va yirik monastirlar abbatlari D) yepiskoplar va yirik monastirlar abbatlari 10 / 40 10. O`rta asrlar kishilik jamiyati Yevropada qanday jamiyat deb ataladi? A) Kapitalistik jamiyat B) Feodal jamiyat C) Quldorlik jamiyat D) Yer egaligi jamiyat 11 / 40 11. Farnklar hayotida muhim rol o`ynagan graflar amalda qanday huquqlarga ega bo`lishgan edi? 1. jazo tayinlash 2.sud qilish 3.yer taqsimlash 4.harbiy qo`mondon 5.yig`ilgan soliqlarga to`la egalik qilish 6. soliq yig`ish 7.mulkni tasarruf etish A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 2, 4, 7 D) 1, 2, 4 12 / 40 12. Buyuk Каrl vаfоt etgаndаn nеchа yil o’tib, uning impеriyasi bo’linib kеtgаn? A) 39 yil B) 25 yil C) 29 yil D) А) 19 yil 13 / 40 13. Vizantiyada hukmdorga bo`ysungan asosiy organlarni aniqlang. A) sud, soliq, sinklit, harbiy, amaldor B) ruhoniy, soliq, harbiy, sinklit C) moliya, sud, soliq, tashqi ishlar D) amaldor, soliq, moliya, cherkov 14 / 40 14. Ма’lumki, britt qаbilаlаri dushmаnlаrdаn himоyalаnish uchun german qabilalarini yordаmgа chаqirаdi. Ulаr ya’ni, yordаmchilаr dаstlаb Britаniya оrоligа nеchtа kеmаdа kеlgаnlаr? A) 5 tа B) 4 tа C) А) 2 tа D) 3 tа 15 / 40 15. Quydagi voqealarni ketma-ket joylashtiring. 1.Chek yerlar allodga aylandi; 2.Buyuk Karl vafot etdi; 3.Franklar davlatiga asos solindi; A) 3, 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 2, 1, 3 D) 3, 2, 1 16 / 40 16. Angliya qirolligi Daniya qonunlari viloyatini qo‘shib olagan paytda sodir bo’lgan voqeani toping. A) Sharqiy Frank qirolligida knyazlardan eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrix qirollikka saylanadi; B) Daniya qiroli ingliz sohiliga o‘z qo‘shinini tushiradi; C) Britaniya nomi yangi Angliya atamasi tomonidan uzilkesil surib chiqarilgan; D) Angliyada ichki nizolar boshlanib, davlat zaiflashadi; 17 / 40 17. Franklar tuzgan davlat dastlab (a) nomi bilan atalgan, (b) asrdan Parij atrofidagi viloyat il de Frans davlat nomiga asos bo’ladi va u " Fransiya" deb atala boshlandi. A) davlat(a), X asr( B) sulola(a), X asr(b) C) shahar(a), XI asr(b) D) viloyat(a), X asr(b) 18 / 40 18. Quydagi atamalar va ularning ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1.sinklit 2.numisma 3.vasilevs 4.mim a) Vizantiya oltin puli b) aktyorlar c) senat d) podsho A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 19 / 40 19. Kimning talabi bilan senat Rimning g’arbiy qismiga imperator kerak emasligini e’lon qilib, hokimiyat ramzlarini Konstantinopolga – Sharqiy Rim imperatoriga jo’natadi? A) Avgust B) Pontiy Pilat C) Romul D) Odoakr 20 / 40 20. Vizantiyaliklar poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblikni qayerda tuzishadi. A) Ispaniya B) Shimoliy Afrika C) Italiya D) Britaniya 21 / 40 21. Osiyoda birinchi bor kitob bosish dastgohidan qachon va qaysi xalqlar foydalanishgan? A) X asr, xitoy B) XI asr, xitoy C) X asr, arab D) XI asr, yapon 22 / 40 22. Bolgariya podsholigiga kim asos solgan? A) Vatslav B) Buyuk Simeon C) Bratislav I D) Asparux 23 / 40 23. Quydagi hukmdorlar qaysi yillarda hukmronlik qilgan. 1.Vatslav 2.Simeon 3.Yustinian I 4.Otton I 5.Asparux a) 681-701-yy b) 936-973-yy c) 920-935-yy d) 527-565-yy e) 893-927-yy A) 1-c, 2-e, 3-d, 4-b, 5-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d, 5-e D) 1-c, 2-e, 3-d, 4-a, 5-b 24 / 40 24. Germanlarning yut, angl va saks qabilalari qaysi hududda yashashgan? A) Germaniya yerlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlarida; B) Germaniyaning shimoli va Yutlandiya yarimorolida; C) hozirgi Irlandiya va Shotlandiyada; D) Pireney yarim oroli va Galliyaning bir qismida; 25 / 40 25. Qayerlik ma’rifatparvar olimlar insoniyat tarixini «qadimgi tarix», «o‘rta tarix» va «yangi tarix»larga bo‘lib o‘rganishni taklif etishgan? A) Fransiya B) Italiya C) Ispaniya D) Angliya 26 / 40 26. Franklarda qabila yo`lboshchilari kimlardan saylab qo`yilgan? A) zodagonlarning xristian dinini qabul qilgan qismidan; B) Rim-gallar bilan yaqin qo`shnichilik munosabatida bo`lgan zodagonlardan; C) harbiy ishda alohida jasorat ko`rsatgan kishilardan; D) quldorlardan; 27 / 40 27. Qaysi omil Frank davlatida qirolni kuchaytirib, uni qabiladoshlari orasida yangi cho`qqilarga ko`taradi? A) qabul qilingan yangi qonunlarning xususiy mulkchilikni tengsizlashtirib borganligi; B) xristianlikning qabul qilinishi; C) jangchilar va yaqin hamkorlariga yirik yer-mulklar taqdim etganligi; D) Rim-gallar bilan yaxshi aloqalarni yo`lga qo`yganligi; 28 / 40 28. Amroviy Avrelian vafotidan so`ng angl-sakslar tomonidan bosqinga uchramagan kelt qabilalari qaysi hududlarda saqlanib qoladi. 1.Irlandiya 2.Islandiya 3.Shotlandiya 4.Britaniya shimoli 5.Britaniya g`arbi 6.Pireney yarim oroli 7.Skandinaviya 8.Daniya A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 7 29 / 40 29. Franklar hayotida uzun soch qo`yib yurish kimlar uchun mumkin bo`lgan? A) ruhoniylar B) qirol oilasi C) harbiylar D) barcha uchun 30 / 40 30. Xlodvig davrida davlat hokimyatini mustahkamlash uchun taqdim etilgan yerlar Sharqda qaysi yer egaligi turiga to`g`ri keladi? A) vaqf B) tanho C) iqto D) suyurg`ol 31 / 40 31. Slavyanlar uch guruhga bo’lingan bo’lib shundan sloven(a), va slovaklar(b) qaysi guruhga mansub? A) g’arbiy(a), sharqiy(b) B) g’arbiy(a), janubiy(b) C) janubiy(a), g’arbiy(b) D) sharqiy(a), janubiy(b) 32 / 40 32. Buyuk Karl zamonida yirik zodagonlar va yer egalari ishtirok etuvchi yig`in yilda necha marta chaqirilar edi? A) 1 marta B) 2 marta C) 4 marta D) 3 marta 33 / 40 33. Оttоn I vа uning vоrislаri mаmlаkаtni bоshqаrishdа kimlаrdаn fоydаlаngаnlаr? A) chеrkоv tаshkilоtlаri B) shаhаr bоshqаruvi C) А) ritsаrlаr D) fеоdаllаr 34 / 40 34. Qaysi davrda Vizantiyada feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashishi yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil o‘rnatilishiga olib keldi? A) IX-XII asrlar B) X-XI asrlar C) IX-XI asrlar D) IX-X asrlar 35 / 40 35. Sharqiy Rim imperiyasida davrlar o‘tib, yunon tili lotin tilini surib chiqarib, davlat tiliga aylanishiga nima sabab bo’lgan. A) yunonlar son jihatidan ko‘p bo‘lgani; B) fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgani; C) yunon madaniyatining boyligi; D) yunon tilini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgani; 36 / 40 36. Vizantiyada chavandozlar, kurashchilar, gimnastlar musobaqalari, aktyorlar chiqishlari qayerda o’tkazilgan? A) amfiteatrlarda B) ippodromlarda C) saroylarda D) triumfal arklarda 37 / 40 37. Alfred 879-yilda daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi.Unga binoan, butun orol ikki qismga bo‘linib: 1)…hududlar Alfredga, 2)…hududlar daniyaliklarga beriladi. Chegara 3)… yo‘l bo‘ylab o‘tadi. Skandinavlarga qoldirilgan yerlar 4)… nomini oladi. A) 1) sharqiy, 2) g’arbiy, 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo B) 1) shimoliy, 2) janubiy, 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo C) 1) janubiy, 2) shimoliy 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo D) 1) g’arbiy, 2) sharqiy, 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo 38 / 40 38. Karolinglar davrida qirol tomonidan grafliklarga berilgan qaysi mansab ularning hokimyatini kuchaytirgan edi? A) sud qilish B) soliq yig`ish C) harbiy qo`mondon D) diniy rahbarlik 39 / 40 39. Frank qirollarining ishonchli xizmatchisi hisoblangan aholi vakillari kimlar bo’lgan? A) yepiskoplar B) graflar C) gersoglar D) feodallar 40 / 40 40. German qabilalari qo'shnilari bo'lgan rimliklarga qanday mahsulotlar yetkazib berardi? 1.qullar 2.chorva mollari 3.choqqi qalpoq 4.teri 5.mum 6.qahrabo 7.oltin 8.vino 9.zeb-ziynat buyumlari A) 1, 2, 4, 9 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 4, 5, 8 D) 3, 5, 7, 9 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz