Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №5 Geografiya olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №5 InfoMaster Noyabr 22, 2024 458 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. /30 1 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №5 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Quyidagilar orasidan ham yirik shoxli qoramollar soniga, ham qo‘y va echkilar soniga ko‘ra respublikamizda bir xil o‘rinda turuvchi viloyatlarni ajrating.1. Andijon; 2. Buxoro; 3. Qoraqalpog‘iston; 4. Toshkent; 5. Namangan; 6. Navoiy; 7. Qashqadaryo. 8. Surxondaryo; 9. Jizzax; 10. Sirdaryo; 11. Xorazm; 12. Farg‘ona; 13. Samarqand. A) 8, 12 B) 2, 4 C) 7, 9 D) 5, 10 2 / 30 2. Quyidagi qaysi shahar shamol ko‘p esadigan hududda joylashganligi sababli uning atrofida ihotazorlar barpo qilingan? A) Zarafshon B) Bekobod C) Olmaliq D) Qarshi 3 / 30 3. Quyidagi qaysi rasm Katta Havza (yanvar oyida) uchun xos? A) B B) C C) A D) D 4 / 30 4. Rasmdagi alohida rang bilan ajratilgan hududlarda shakllangan tabiat zonasiga xos yog‘in miqdori va tuproq turini aniqlang. A) 1000-1500 mm, qora tuproq B) 500-700 mm, podzol tuproq C) 1000 mm, sariq-qo‘ng‘ir tuproq D) 3000 mm, qizil-sariq ferrolit tuproq 5 / 30 5. O‘rta Osiyo daryolari va ularga qurilgan suv omborlar mos ravishda ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) 1-c, 2-b, 3-f, 4-e, 5-a, 6-d B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c, 6-f C) 1-c, 2- b, 3-d, 4-e, 5-a, 6-f D) 1-c, 2-e, 3-f, 4-b, 5-a, 6-d 6 / 30 6. Berilgan ma’lumotlar asosida bir-biriga to‘g‘ri keladigan javobni belgilang. A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5 7 / 30 7. Paleozoy erasining kaledon tog‘ hosil bo‘lish bosqichida qaysi tog‘lar hosil bo‘lgan? A) And, Janubiy Appalachi, Chukotka, Kamchatka, Yangi Zelandiya B) Yuqori Yana, Markaziy Kordilyera, Qozog‘iston tog‘lari, Alp-Himolay mintaqasidagi tog‘lar C) Oltoy, Tyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari, Shimoliy Skandinaviya, Shimoliy Appalachi D) Baykalbo‘yi, Tyanshan, Ural, Markaziy Yevropa 8 / 30 8. Chuqurligi 4850 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi? A) -9°C B) +9°C C) +11°C D) -11°C 9 / 30 9. Quyidagi qaysi geografik obyekt Qorabovur qirlaridan janubda joylashgan? A) Dovutko‘l B) Borsakelmas C) Kassarma D) Qoplonqir 10 / 30 10. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos tushadigan to‘g‘ri javobni toping. A) A B) B C) D D) C 11 / 30 11. Qoratepa tog‘lari quyidagi qaysi tabiiy geografik okrugning shimolida joylashgan? A) O‘rta Zarafshon B) Mirzacho‘l C) Qizilqum D) Qashqadaryo 12 / 30 12. Rasmda qaysi raqam bilan Reyn daryosining mansabi ko‘rsatilgan? A) 6 B) 11 C) 5 D) 12 13 / 30 13. Qor-yomg‘ir va yerosti suvlaridan to‘yinuvchi daryolarni aniqlang. A) Isfayramsoy, So‘x, Chirchiq B) Qashqadaryo, G‘uzordaryo, Oqdaryo C) G‘uzordaryo, Sangzor, G‘ovasoy D) Zominsuv, Sheroboddaryo, To‘sunsoy 14 / 30 14. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan to‘g‘ri javobni toping. I. AQSH, II. Kanada, III. Braziliya a)Shahar aholisining ulushi 80% dan yuqori. b)Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. c)Yalpi sanoat mahsulotlarining hajmi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi. d)Jahondagi eng baland teleminora joylashgan. e)Chuchuk suv bilan yaxshi taminlangan davlatlar qatoriga kiradi. f)Yirik neft, temir, uran, nikel konlari mavjud. g)Go‘sht ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi davlatlardan biri. A) B B) D C) C D) A 15 / 30 15. Stromboli vulqoni qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Indoneziya B) Ispaniya C) Gretsiya D) Italiya 16 / 30 16. Italiyadagi Garda ko‘li Yevropadagi eng chuqur ko‘llardan biri bo‘lib, uning tubiga qarab exolotdan yuborilgan tovush to‘lqini 0,231 sekundda yetib borganligi ma’lum. Ko‘lning chuqurligi qancha? A) 436,5 m B) 346,5 m C) 564,4 m D) 356,5 m 17 / 30 17. Qaysi mamlakatning poytaxti uning janubi-g‘arbidagi Hisor vodiysida joylashgan? A) Tojikiston B) Afg‘oniston C) Mongoliya D) Qirg‘iziston 18 / 30 18. Rasmda ko‘rsatilgan xarita qaysi proyeksiya asosida tuzilgan? A) azimutal B) silindrik C) konussimon D) teng yonli 19 / 30 19. Quyidagi qaysi shahar Buxoro viloyatining Turkmanistonga chegara qismida joylashgan? A) Buxoro sh. B) Vobkent sh. C) Olot sh. D) Kogon sh. 20 / 30 20. Pekin shahri 39°55ʹ shimoliy kenglikda joylashgan. Bu shaharda 22-dekabrda Quyoshning ufqdan balandligi necha gradusni tashkil etadi? A) 57°25ʹ B) 26°38ʹ C) 62°83ʹ D) 41°36ʹ 21 / 30 21. Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlarining havosi qaysi gazlar va zararli birikmalar bilan ifloslangan? A) vodorod ftorid, ammiak, azot oksidi, qattiq brikmalar B) oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid C) oltingugurt qo‘sh oksidi, uglerod oksidi, uglevodorod D) uglerod, azod oksidlari, uglevodorod va qattiq birikmalar 22 / 30 22. Samolyot bosh meridiandan ekvator bo‘ylab g‘arbga qarab uchdi va 180 km masofani bosib o‘tdi. U quyidagi rasmda ko‘rsatilgan qaysi zonaga yetganligini aniqlang. A) C zonaga B) B zonaga C) A zonaga D) D zonaga 23 / 30 23. Quyidagilar orasidan Farg‘ona tizmasidan boshlanmaydigan daryolar to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. 1)Kosonsoy; 2) Ko‘gart; 3) Isfara; 4) Norin; 5) Yassi; 6) Aravansoy; 7) Moylisuv; 8) Qorao‘ngur; 9) Oqbura; 10) Chodaksoy. A) 1, 4, 6, 8 B) 3, 5, 6, 9 C) 2, 5, 7, 9 D) 1, 3, 6, 10 24 / 30 24. Quyidagi xarita-sxemada 3 raqami bilan ko‘rsatilgan daryo vodiysida aholi zichligi qancha? A) 245-350 kishi/kv.km B) 480-1000 kishi/kv.km C) 120-240 kishi/kv.km D) 1400-1500 kishi/kv.km 25 / 30 25. 19° sharqiy uzunlik meridianida bir-biridan Almadi va Ras-Xafun burunlari oralig`iga teng masofada uzoqda joylashgan ikki nuqtadan shimoldagisi 55° shimoliy kenglikda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi shaharning koordinatasini aniqlang. A) 21,5° sh.k., 91° shq.u. B) 12,5° sh.k., 19° shq.u. C) 15,2° j.k., 19° shq.u. D) 12,5° j.k., 19° shq.u. 26 / 30 26. Quyidagi rasmda alohida rang bilan belgilangan hududlar qaysi tabiat zonasida joylashgan? A) Savanna va siyrak o‘rmonlar B) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar C) Chalacho‘l va cho‘llar D) Balandlik mintaqalari 27 / 30 27. Mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 27,3%i quyidagi qaysi sohada faoliyat yuritadi? A) Sanoatda B) Qishloq xo‘jaligida C) Qurilishda D) Sog‘liqni saqlashda 28 / 30 28. Hindistonning Panjob shtatida quyidagi qaysi mahalliy dinga e’tiqod qiluvchilar ko‘p yashaydi? A) daosizm B) sintoizm C) sikxizm D) buddizm 29 / 30 29. Quyidagi xarita fragmentida strelkalar bilan ko‘rsatilgan sayohatni amalga oshirgan dengizchi va u o‘rgangan okean nomini aniqlang. A) V.Bering, Atlantika okeani B) G.Shelixov, Shimoliy Muz okeani C) A.Chirikov, Tinch okean D) J.Kuk, Tinch okean 30 / 30 30. Shimoliy Afrikadagi qaysi mamlakatlar neft-gaz zaxiralariga ko‘ra dunyoda yetakchi o‘rinda turadi? A) Marokash va Misr B) Jazoir va Liviya C) Misr va Tunis D) Chad va Jazoir 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6