Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №6 Tarix olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №6 InfoMaster Oktabr 22, 2024 762 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi -6 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №6 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1879-yilda mahalliy aholi Farg‘ona viloyatining qaysi uyezdida soliq yig‘ish noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib, soliqlarni kamaytirishni talab qilgan? A) O‘zgan B) O‘ratepa C) Namangan 1 2 / 30 Qoraqalpoq adabiyotining atoqli namoyandasi Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li hayoti va ijodi haqida asar yozgan mualliflarni aniqlang. 1) K. Sultonov 2) A. Oripov 3) I. Yusupov 4) Y. G‘ulomov A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 4 4 3 / 30 Prussiyaning Fransiyaga qarshi olib borgan urushi qaysi voqealardan keyin bosqinchilik urushiga aylanadi? A) Fransiyaning Germaniya bilan tinchlik shartnomasini imzolanishi B) German imperiyasining e’lon qilinishi C) Imperatorning taxtdan ag‘darilishi va Fransiyaning respublika deb e’lon qilinishi 2 4 / 30 Rus hukumati tomonidan qachon “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom” e’lon qilindi? A) 1893-yil B) 1872-yil C) 1881-yil 2 5 / 30 “Turkiston qayg‘usi” asari muallifini toping. A) Alixonto‘ra Sog‘uniy B) Mahmudxo‘ja Behbudiy C) Cho‘lpon 4 6 / 30 Ilk o‘rta asrlarda qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda kimlar ishboshi sifatida faol qatnashganlar? A) Kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar B) Qishloq jamoalarining azolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari C) Mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari 2 7 / 30 Nuqtalar o‘rniga mos keladigan javobni toping. O‘rta asrlarda Xitoy: 1)Li Yuan – Tan sulolasi; 2) Chjun Yuan Chjan – Min sulolasi; 3) Xubilay - ... A) Yuan sulolasi B) Xan sulolasi C) Sun sulolasi 3 8 / 30 Qaysi davlatda XIX asrning 90-yillariga kelib sanoat toʻntarishi yakunlandi va mamlakat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha dunyoning beshta eng yirik industrial davlatlari qatoriga qoʻshildi? A) Angliya B) Rossiya C) Germaniya 4 9 / 30 Dastlabki paytlarda Turkistonda yangi usul maktablarining ko‘pchiligida qayerlardan nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi? A) Krasnavodsk va Orenburg B) Qozon va Astraxan C) Moskva va Saratov 1 10 / 30 XIX asr o‘rtalarida Xivada rivojlangan hunarmandchilikning sohalarini ko‘rsating. A) do‘ppichilik, pichoqchilik B) atlas to‘qish, do‘ppichilik C) zargarlik, kashtachilik 1 11 / 30 1886-yil imperator Aleksandr III tomonidan tasdiqlangan “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom”ga ko‘ra Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirilib, uning tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirgan? 1) O‘ratepa; 2) Samarqand; 3) Karmana; 4) Kattaqo‘rg‘on A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 4 4 12 / 30 XV asr o‘rtalarida yuz bergan qaysi omil Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi? A) Shimoldan manjurlar hujumining boshlanishi B) Hokimiyat uchun sulolaviy nizolarning avj olib ketganligi C) Qishloq xo‘jaligi inqirozga yuz tutishi 1 13 / 30 Angliya tarixida qaysi hukmdor davri ajoyib davr deb atalgan? A) Viktoriya B) Yelizaveta I C) Vilgelm I 1 14 / 30 Turkiston harbiy okrugi qachon tuzilgan? A) 1865-yil B) 1861-yil C) 1885-yil 1 15 / 30 XVIII asrning 60-yillarida Misrning iqtisodiy ahvoliga qanday omil yomon ta’sir qildi? A) mamluk zodagonlarining o‘zaro urushlari B) mahalliy shayxlarning o‘zaro nizolashishi C) turklarning harbiy yurishlari 2 16 / 30 Qo‘qon hukmdori Norbo‘tabiy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni aniqlang. 1)Chustni bo‘ysundirdi; 2)Qo‘qon shahrini obod qilib, uni xonlik poytaxtiga aylantirdi; 3) Namangan hokimi Irisqulibiy bilan sulh shartnomasini imzoladi; 4)o‘g‘li Olimbekni To‘raqo‘rg‘onga hokim etib tayinladi; 5)“Navkariya” deb atalgan muntazam qo‘shin tuzdi; A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 5 1 17 / 30 Sibir istehkom chizig‘ini ko‘rsating? A) Semipalatinsdan-Verniy shahrigacha B) Semipalatinskdan-Perovskiy fortigacha C) Raim qal’asidan-Verniy shahrigacha 2 18 / 30 Qaysi Eron hukmdori davrida harbiy qo‘shin qaytadan tuzilgan? A) Kambiz II B) Kserks C) Doro III 1 19 / 30 AQSH qaysi davlatning Panama kanalini qurayotgan va kasodga uchragan aksiyadorlik jamiyatining barcha aksiyalarini arzon-garovga sotib olgan? A) Fransiya B) Kolumbiya C) Germaniya 2 20 / 30 Zardushtiylikda ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda, oxir-oqibat, ezgulik g‘alaba qozonadi. Biroq buning uchun kishilar nima qilishlari lozim edi? A) Insonlarga faqat yaxshilik qilishlari B) Yer haydab dehqonchilik qilishlari C) G‘alla yetishtirishlari 3 21 / 30 Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Yettisuv viloyatiga tegishli bo‘lgan hududni toping? A) Chimkent B) Prjevalsk C) Tajan 3 22 / 30 Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan Sin sulolasi taxtdan voz kechishga majbur bo‘lgan yilda ... A) Ko‘p yillik muhojirlikdan so‘ng Sun Yat Sen Xitoyga qaytib keldi B) Fransiya G‘arbiy Sudanni bosib oldi C) Turkiyada “Hurriyat va birdamlik” hukumati ag‘darildi 1 23 / 30 Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab barpo etilgan haykalga nima deb nom berilgan? A) “Matonat madhiyasi” B) “Motamsaro ona” C) “Sadoqat ramzi” 2 24 / 30 Quyidagi ma’lumotlar qaysi tarixiy davrga oid ekanligini aniqlang. “Insoniyat o‘z rivojida yana bir pog‘onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlar – urug‘ jamoalariga birlashdilar”. A) Bronza B) Neolit C) Mezolit 1 25 / 30 Biror davlatda tub-joy aholining omon qolgan qismini zo‘rlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud qanday nomlanadi? A) dislokatsiya B) provinsiya C) rezervatsiya 2 26 / 30 Quyidagilardan miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda qudratini cho‘qqisiga erishgan (a) va miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda zaiflasha boshlagan (b) davlatlarni belgilang. A) a-Urartu, b-Chjou B) a-Qadimgi Rim, b-Midiya C) a-Qadimgi Bobil, b-Xett podsholigi 2 27 / 30 1871-yildan 1875-yilgacha qaysi mamlakatda juda koʻplab sanoat kompaniyalari va banklar paydo boʻldi? A) Germaniya B) Fransiya C) Italiya 3 28 / 30 Tarixda Arzxona vazifasini bajargan inshootni aniqlang. A) Ko‘hna Ark B) Ulug‘bek madrasasi C) Sitorayi Mohi Xosa 2 29 / 30 Lotin alifbosi yaratilgan davrni aniqlang. A) mil. avv. IV-III asrlar B) mil. avv. II-I asrlar C) milodiy I asr 2 30 / 30 Qo‘qon xonligi tomonidan Ohangaron va Chirchiq vohasida bunyod etilgan istehkomlarni aniqlang. 1) Kerovchi; 2) O‘ratepa; 3) To‘ytepa; 4) Bo‘ka; 5) Ohangaron A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 4 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6