Uy » Choraklik online testlar » Tarbiya choraklik » 5-sinf Tarbiya 4-chorak Tarbiya choraklik 5-sinf Tarbiya 4-chorak InfoMaster May 18, 2024 801 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 4-chorak uchun test 2-YARIM YILLIK UCHUN NAZORAT ISHI 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920 OMAD YOR BO'LSIN! 5-sinf Tarbiya 4-chorak 4-chorak uchun test 2-YARIM YILLIK UCHUN NAZORAT ISHI 1 / 20 1. “Boshqalarga ko’mak ber” filmining bosh qahramoni kim? A) Janetta ismli qizaloq B) Stiv ismli bola C) Artur ismli yigit D) Trever ismli bola 2 / 20 2. Butun jahon mehribonlik kuni (World Kindness Day) qaysi sanada nishonlanadi? A) 22-aprelda B) 13-noyabrda C) 2-fevralda D) 10-dekabrda 3 / 20 3. Rotterdamdagi suvda harakatlanuvchi avtobus qanday nomlanadi? A) Riksha B) Metro C) Avtobus D) Amfibus 4 / 20 4. “Adabning mevasi katta aqldir, bilimning mevasi yaxshi amaldir”. Ushbu ibratli fikr kimga tegishli? A) Abu Bakr Muhammad al-Xorazmiy B) Mahmudxo’ja Behbudiy C) Ali ibn Abu Tolib D) Mahmud Zamaxshariy 5 / 20 5. “G’alaba bog’i” nechanchi yilda ochildi? A) 2019-yilda B) 2021-yilda C) 2018-yilda D) 2020-yilda 6 / 20 6. Yurtimizdagi qaysi tabiiy obyekt jahon merosi ro’yhatiga kiritilgan? A) Chotqol qo’riqxonasi B) Hisor tog’ tizmasi C) Qurama tog’ tizmasi D) Barcha javoblar to’g’ri 7 / 20 7. Nechanchi asrga kelib qo’g’ozni yog’ochdan tayyorlay boshladilar? A) XIX asrga kelib B) XVIII asrga kelib C) XVII asrga kelib D) XV asrga kelib 8 / 20 8. Munavvarqori Abdurashidxonovning grammatika va alifbo asoslari ifodalangan hamda o’qish va yozishga qaratilgan uslub ifodalangan kitoblarini toping? A) “Birinchi ustoz” darsligi B) “Xotira va saboq” darsligi C) “Ikkinchi ustoz” darsligi D) A va B javoblar to’g’ri 9 / 20 9. “Registon” so’zi qanday ma’noni anglatadi? A) O’tloq maydon B) Qumloq joy C) Qizil maydon D) Gulzor hiyobon 10 / 20 10. Julbars laqabli it qanday qahramonliklar ko’rsatgan? A) U o’rmon yong’ini vaqtida o’sha yerga yaqin joyda istiqomat qiluvchi aholiga bu xabarni yetkazgan B) Barcha javoblar to’g’ri C) U ikkinchi jahon urushida 7468 ta mina va 150 tadan ortiq snaryadni aniqlab topgan D) U suv toshqini sodir bo’lganda 12 nafar cho’kayotgan bolalarni qutqarib qolgan 11 / 20 11. Oqsaroy ansambli qayerda joylashgan? A) Shaxrisabzda B) Samarqandda C) Buxoroda D) Xivada 12 / 20 12. Moddiy meroslar berilgan qatorni aniqlang? A) Musiqa va she’riyat B) Tajriba, bilim, din C) An’analar, urf-odatlar, marosimlar D) Insonlar tomonidan yaratilgan obidalar, haykallar, san’at asarlari 13 / 20 13. Ibn Sino necha yoshida Buxoro amirini davolashga taklif qilingan? A) 12 yoshida B) 16 yoshida C) 20 yoshida D) 14 yoshida 14 / 20 14. Registon ansambli qayerda joylashgan? A) Toshkentda B) Xorazmda C) Buxoroda D) Samarqandda 15 / 20 15. “Tadbirkorlikda barcha katta ishlar hech qachon bir kishi tomonidan bajarilmaydi, u jamoa a’zolari tomonidan bajariladi”. Ushbu fikr qaysi mashhur shaxsga tegishli? A) Donald Tramp B) Stiv Jobs C) Ilon Mask D) Alisher Usmonov 16 / 20 16. O’zbekistonda jonivorlarga befarq bo’lmagan ko’ngilli fuqarolardan tashkil topgan, hayvonlarni himoya qilish bilan shug’ullanuvchi qanday jamiyat bor? A) Insonlar va jonivorlar B) Hayvonot dunyosi C) Mehr va oqibat D) Tabiat va biz 17 / 20 17. Qadimda qo’zichoqlar terisiga yozilgan kitoblar qanday nomlangan? A) Samarqand qog’ozi B) Shoyi qog’oz C) Papirus D) Pergament 18 / 20 18. Kutubxona Assotsatsiyasi va muassasalari Xalqaro Federatsiyasi ma’lumotiga ko’ra, jahonda qancha kutubxonalar faoliyat ko’rsatmoqda? A) 569 mingdan ziyod B) 659 mingdan ziyod C) 576 mingdan ziyod D) 690 mingdan ziyod 19 / 20 19. “Navro’z” so’zi qanday ma’noni anglatadi? A) Yangi kun B) To’lin oy C) Uyg’oq tabiat D) Yangi tong 20 / 20 20. Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir. Ushbu modda Konstitutsiyaning nechanchi moddasi? A) 49-modda B) 48-modda C) 47-modda D) 46-modda 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz