Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30 InfoMaster Aprel 29, 2024 348 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 0% 19 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Quyidagi qaysi qatorda tobe so’zi imloviy jihatdan xato yozilgan otli birikma mavjud? A) tez yugirish B) hosiyatli ish C) eshitib tushinmoq D) tugal fikir 2 / 10 2. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Kitob bilim manbayi B) Hammayoq top-toza, yovvoyi o‘tlar yo‘q. C) O‘g‘limdan umidim ko‘p. D) Qo‘shnilarim ham halol odamlar. 3 / 10 3. Qaysi gapda holat ravishi ishtirok etmagan? A) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiq-chasiga va mardlarcha fikr bildiring. B) Kishi o‘z fazilatlari haqida astoyidil gapiradi. C) Xalq ahvolidan doimo boxabar bo‘l. D) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda tezroq yugurar ekan. 4 / 10 4. Quyidagi gap qanday gap bo‘laklaridan tuzilgan? Kuchli qarsak sadolari anchagacha tinmadi. (R.F.) A) ega, kesim, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim B) aniqlovchi, aniqlovchi, ega, hol, kesim C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim D) to‘ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim 5 / 10 5. Do‘stim, biror narsaga muhtoj bo‘lsang, yashirma. Ushbu gapdagi vergulning qo’llanilishi haqidagi tug’ri hukmni toping. A) kirish so’z qo’llanganiligi uchun B) ajratilgan bo’lak qo’llanganligi uchun C) uyushiq bo’laklar ishlatilganligi uchun D) undalma qo’llanganligi uchun 6 / 10 6. Qaysi javobda ko’chma ma’noli so’z uchramaydi? A) Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmay qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi. B) Qavm-qarindosh bir dasturxon boshida gurungni quyuq qildik. C) Eski buloqning ko‘zi ochildi. D) Soqchi ota-onam borligiga ishonmadi, shekilli, gapni aylantiraverdi. 7 / 10 7. Bilim mehnat bilan, tilak g‘ayrat bilan go‘zal. Ushbu ajratib ko’rsatilgan birlik haqidagi qaysi ma’lumot to’g’ri? A) ayiruv-chegaralov yuklamasi B) biriktiruv bog’lovchisi C) ayiruv bog’lovchisi D) sof ko’makchi 8 / 10 8. Tunov kun biznikida Bo‘ldi kattakon shashar. Ko‘chib keldi deyman-ov Hasharga butun shahar Hashar rosa qizidi. Ushbu parchada ostiga chizilgan so’zda qanday ma’no ko’chishi kuzatilgan? A) metafora B) sinekdoxa C) metonimiya D) vazifadoshlik 9 / 10 9. Quyidagi qaysi arxiak so’z tarixda tarjimon ma’nosida qo’llangan? A) mutarjim B) handasa C) muarrix D) shuaro 10 / 10 10. Qaysi javobda egalik qo’shimchasi qo’shilishi natijasida fonetik hodisa kuzatiladigan yasama so’z berilgan? A) terak B) o’roq C) bilak D) qishloq 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 25 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28