Pedagogik mahorat №10 Aprel 30, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Pedagogik mahorat №10 ga fikr bildirilmagan. 30-aprelgacha tushgan savollar Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 187 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster Pedagogik mahorat №10 Attsetatsiya 2024 30-aprelgacha tushgan savollar Pedagogik mahoratni aniqlash bo'yicha test savollari 1 / 50 1. 4K modelini nimalar tashkil qiladi? 1.Kollaboratsiya 2.Komminikatsiya 3.Kombinaterika 4.Kreativlik 5.Kooperatsiya 6.Kritik A) 1,3,5,6 B) 1,2,5,6 C) 1,2,4,6 D) 1,2,3,4 2 / 50 2. Qadimda ushbu kasb egalari qonuniyatlarga amal qilgan holda o’quvchilarga, ya'ni "tinglovchilarga halovat bag’ishlash" orqali ularni ezgulikka, adolatparvarlik, vatan oldidagi burchga sadoqatli bo'lishga, yaxshi amallarni bajarishga, axloq va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Qaysi kasb egalari haqida fikr yuritilyapti? A) Tabiblar B) Notiqlar C) Musiqachilar 3 / 50 3. Kechqurun ustozga maktab rahbariyati qo'ng'iroq qilib, boshlag ich sinf o'qituvchisi betob bo'lib qolgani va ertaga uning o'miga ishga chiqish lozimligi haqida xabar berdi. Shu kungacha bu ustoz faqat 5-7 sinflarga dars berib kelgan edi. Darsga tayyorgarlik ko'rish uchun bu o'qituvchi to'g'ri tanlagan faoliyat turini aniqlang. A) O'z faoliyatini fantararo kompetensiyalar predmetining korrelatsiya va integratsiya tamoyillarini hisobga olgan holda rejalashtirish; B) Tegishli o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni hamda zamonaviy axborot texnologiyalar integratsiyasini rejalashtirish. C) Darsning maqsadlari, o'quvchilarning yosh xususiyatlari va o'zlashtirishiga mos keladigan dars shakllari va usullarini rejalashtirish. D) O'quvchilar bilimini baholash natijasida olingan ma'lumotlarni inobatga olgan holda, darsning aniq va o‘lchamli maqsad va natijalarini aniqlab, dars rejasini ishlab chiqish. 4 / 50 4. Pedagogik faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish usullarini aniqlang. 1) pedagogik tahlil; 2) o’rganish 3) mashq qilish; 4) tarbiyalovchi vaziyatlar 5) musobaqa; 6) rag’batlash. A) 3,4,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,4,5,6 D) 2,4,5,6 5 / 50 5. O’qituvchining pedagogik jarayonda sog'lom muhitni yarata olishi, o’quvchilar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etishi, turli ziddiyatlarni o’z vaqtida anglay olishi va bartaraf etishi qaysi kasbiy kompetensiyada namoyon bo’ladi? A) Maxsus B) Psixologik C) Metodik D) Ijtimoiy 6 / 50 6. Bir ona maktabga e'tiroz bilan keldi. U bolasi doimiy ravishda past baholar bilan uyga qaytishi, sinfdoshlari uning ustidan kulishlarini aytib, o’qituvchilar xonasida janjal ko'tardi. O’quvchining sinf rahbari yosh bo'lishiga qaramay, bu ona bilan xushmuomala bo'ldi va uni tinchlantira oldi. Bu o’qituvchi ayni vaziyatda qo'llagan og’zaki ta'sir qilishning xushmuomalalik mezonlari to'g'ri ko'rsatilgan qatorlarni aniqlang: 1. Shirinsuxanlik va insoniylik tuyg'ularini namoyish etish. 2. Suhbatining barcha bosqichlarida hissiy osoyishtalikning namoyon bo'lishi. 3. O’zaro fikr almashishga doir sifatlar, ko'nikmalar va malakalarning mavjudligi. 4. Ta'lim va bilim olishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirish. 5. Mustaqil fikr yuritish, o’z fikrini erkin bayon eta olish, insoniy qadr-qimmat tuyg'usini shakllantirish. A) 1,2,3,5 B) 2,4,5 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4 7 / 50 7. O’qituvchi darsdan tashqari vaqtda bolalar bilan maslahatlashib faoliyat yuritadi. Biror tadbir o’tkazishdan avval kim qaysi vazifani bajarishi haqida kelishib oladi. Bu sinf o’quvchilari doimo faollik bilan ajralib turadi. Bu uslubda o’qituvchi jamoa fikriga tayanadi, har bir òquvchining qiziqish va qobiliyatlari hisobga olinadi, har bir o’quvchi taqdirlanadi, tashabbusga keng yo’l ochiladi. Bunday usul qanday nomlanadi? A) Liberal-demokratik B) Demokratik C) Liberal D) Avtoritar 8 / 50 8. Kasbiy faoliyat turlari va mehnat vazifalarini moslashtiring. 1. O’z-o’zini rivojlantirish va kasbiy o’sish. 2. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish. 3. Hamkasblar va ta'lim oluvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik. 4. Ta'lim samaradorligini ta'minlash. A. Òzaro darslarda qatnashish, ularni tahlil qilish, undan o’zining kasbiy faoliyatida foydalanish. B. Ziddiyatlarni hal qilish, sinfda va undan tashqarida muloqot qilishi uchun ijobiy muhit yaratishda muloqot o’tkazish. C. Tarbiyaviy muammolarni hal qilishda va o’quvchilarni hayotga tayyorlashda boshqa pedagogik xodimlar va mutaxassislarni maktab hayotiga jalb qilish. D. O’quvchilarning jamoaviy va hamkorlikdagi loyihaviy ishlarini tashkil etish. E. Darsdan tashqari turli madaniy tadbirlarda ishtirok etish. A) 1-A, 2-B, 3-C, 4-D B) 1-C, 2-B, 3-E, 4-A C) 1-E, 2-D, 3-A, 4-B D) 1-D, 2-A, 3-E, 4-C 9 / 50 9. Ta'lim samaradorligini oshirish uchun o’qituvchi darsda ko'rgazmali qurollardan foydalanishni rejalashtirdi. Qo’l ostida ko'rgazmali va tarqatma materiallar juda ko'p edi. O’qituvchi tomonidan to'g'ri tanlangan tarqatma materiallar qatorini belgilang. A) Turli yo'nalishlardagi grafik va animatsion taqdimotlar B) O’quvchilarning faqat qiziqishlariga mos keladigan tarqatma materiallar C) Dars mavzusiga mos keladigan namoyish va tarqatma materiallar D) Turli mavzularni qamrab oluvchi tarqatma materiallar 10 / 50 10. Quyida ko’rsatilgan tadbirlarning qay biri mustaqil kasbiy rivojlanishga omil bo’la oladi? 1. Onlayn kurslarda o’qish; 2. Hamkasblarning darslarini kuzatish; 3. Fanga oid maqolalar bilan tanishish; 4. Seminar, trening, konferensiyalarda ishtirok etish; 5. Hamkasblar bilan hordiq chiqarish; 6. Xayriya tadbirlarida ishtirok etish; A) 1,2,3,4 B) 1.2 C) 1,2,3,4,6 D) 1,3,4 11 / 50 11. Yosh o'qituvchi dars davomida turli vaziyatlarga duch keladi. Masalan, dars jarayonida yangi mavzuni tushuntirish, o'quvchiga ba'zi holatlarda tanbeh berish va hokazolar. Bunday holatlarda o'qituvchi pedagogik ta'sir o'tkazish bo'yicha e'tibor berishi kerak bo'lgan jihatlarning to'g'ri ketma-ketligini aniqlang. 1. Pedagogik ta'sir ko'rsatish. 2. Optimal metodlarni tanlash. 3. Murakkab vaziyatdan chiqishning mumkin bo'lgan variantlarini saralash 4. Vaziyatni tahlil qilish. A) 2,4,1,2 B) 3,1,2,4 C) 1,3,2,4 D) 4,3,2,1 12 / 50 12. Ta'lim tòg’risidagi Qonunning nechanchi moddasida òqituvchilarning malaka toifasini oshirish haqida aytilgan? A) 43-modda B) 50-modda C) 13-modda D) 23-modda 13 / 50 13. Ota-onalarni ta'lim jarayonida ishtirok etishga jalb qilish uchun O’qituvchi qanday zarur bilimlarga ega bo'lishi lozim? 1. Samarali ijtimoiy muloqot asoslari. 2. Insoniyatni o’qitish va tarbiyalashning zamonaviy nazariyalari. 3. Yosh pedagogikasi, psixologiya asoslari. 4. Inklyuzivlik tamoyilini amalga oshirish usullari. A) 1.3 B) 1.4 C) 2.4 D) 3.4 14 / 50 14. O’qituvchi maktab faoliyatida o’quvchining ota-onasi bilan tortishib qoldi. Mana shu vaziyatda pedagog qanday hodisaga duch keldi. A) Pedagogik empatiya B) Pedagogik refleksiya C) Pedagogik muammo D) Pedagogik nizo 15 / 50 15. O'qituvchi o'quvchilar bilan maslahatlashib tadbir rejalashtirdi, har bir bola o'zi uchun rol tanlab oldi. Bu qanday ta'lim turi? A) Liberal B) Liberal-demokratik C) Demokratik D) Avtoritar 16 / 50 16. Pedagogik amaliyotda yosh o’qituvchilarning pedagogik texnikasida uchraydigan juziy kamchiliklarni aniqlang. 1. O‘quvchi yoki uning ota-onasi bilan sidqidildan so'zlasha olmaslik. 2. G’azabni to’xtata olmaslik yoki uni o’z o’rnida ishlata olmaslik. 3. O’zini erkin tutish va xushmuomala bo'lish. 4. Nutqni ravon bayon eta olmaslik. 5. Ortiqcha qattiqqo'llik. 6. Monotonbir ohangda so’zlash, nutqining zerikarli, jonli emasligi. 7. Juda tez gapirish (ayniqsa darsda) 8. Ortiqcha harakat yoki bir joyda qotib qolish, qo’llarni qayerga qo'yishni bilmaslik. A) 1,2,4,5,6,7,8 B) 1,2,4,6,7,8 C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 1,2,4,6,8 17 / 50 17. O'qituvchi darsda mavzuga oid holatni barcha tafsilotlari bilan tasvirlab berdi. Bu vaziyatda o'qituvchi nutqning qaysi shaklidan foydalandi? A) Monolog B) Polilog C) Dialog D) Monolog va polilog 18 / 50 18. Ota-onalarni ta’lim jarayonida ishtirok etishga jalb etish uchun o’qituvchi qanday zarur bilimlarga ega bo’lishi lozim? 1. Samarali ijtimoiy muloqot asoslari. 2. Insoniyatni o’qitish va tarbiyalashning zamonaviy nazariyalari. 3. Yosh pedagogikasi, psixologiya asoslari 4. Inkluzivlik A) 1,3,4 B) 1,2,3,4 C) 1.3 D) 1,2,3 19 / 50 19. Òqituvchi oʻquvchiga xatti-harakati uchun tanbeh berdi. Òquvchi ustozga eʼtiroz bildirib gap qaytardi, Òqituvchi òquvchining ota-onasini chaqirtirib, ularning oldida oʻquvchi bn gaplashdi. Oʻqituvchi ta'lim amaliyotida qanday jazo chorasini qolladi? A) Hayfsan berish B) Ogohlantirish C) Uyaltirish D) Tanbeh berish 20 / 50 20. - kasbiy faoliyat uchun òqish va shaxsiy tajriba vositasida ma'lumotni o’zlashtirish natijasi. A) Kònikma B) Bilim C) Malaka D) Mahorat 21 / 50 21. Ziddiyatlarni hal qilish sinfda muloqot qilish uchun ijobiy muhit yaratishda qo’llaniladigan faoliyatlarni belgilang. 1. Odob-axloq haqida davra suhbatlari uyushtirish 2. Do’stona muhitni qo’llab quvvatlash 3. Bolalarni maktabdan tashqari to’garaklarga yo’naltirish 4. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda o’quvchilarning jinsi, Yoshi, madaniy xususiyatlarini inobatga olish 5. O’quvchilarda bag’rikenglik, odob-axloq va hayotga tayyorgarlik bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,5 D) 1,2,4 22 / 50 22. Moslashtiring. 1. Dars vaqtidan oqilona foydalanish. 2. O’qitishning faol usullaridan foydalanish. 3. Sinfda samarali muloqotni ta'minlash. a. Dars bosqichlarini, sinfdagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi turli ekanligini hisobga olgan holda rejalashtirish. b. Dars jarayonlarida ta'limiy maqsadlarga erishish uchun turli pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish. c. Darsning turli bosqichlarida savol-javob, fikr almashish, qayta muloqot usullaridan foydalanish. d. Darsning turli bosqichlarida o’quvchilarning motivatsiyasini oshirishga qaratilgan suhbat o’tkazish. A) 1-b, 2-d, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-a, 2-d, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-c 23 / 50 23. O’qituvchi o’quvchilarga yangi mavzuni ma'ruza tarzida tushuntirib berdi. Dars davomida o’qituvchi faol bo'lib, o’quvchilarga qaratilgan nutq so’zladi. Bunda o’qituvchi faoliyatida kuzatiladigan nutqning qanday shakli namoyon bo'ldi? A) Dialog B) Polilog C) Monolog D) Triolog 24 / 50 24. Pessimist insonga mos javoblarni toping. 1. Tushkunklikka moyil. 2. Qiyinchilikga oson yengiladi. 3. Orzusiga qanday erishishni biladi. 4. Xushchaqchaq bo’ladi. 5. Hamma narsaga qodirligini aytoladi. 6. O’ziga ishonmaydi. A) 1,2,3,6 B) 3,4,5 C) 1,4,5 D) 1,2,6 25 / 50 25. Ta’lim vositalariga kiruvchi javob variantlarini tanlang. 1. O’quv qo’llanmalari 2. Namoyishli qurilmalar 3. Texnik vositalar 4. O’qituvchining ish rejasi 5. Ko’rgazmali qurollar 6. O’quv ustaxonasi jixozlari 7. Darslik A) 1 2,3,4,6,7 B) 1,2,3,5,6,7 C) 2,4,5,6,7 D) 2,3,4,6,7 26 / 50 26. [ Опрос : [50/62 Tanaffus vaqtida ikkita o’quvchi tadbirga boshlovchi bo'lish uchun o’zaro tortishib qolishdi. Bu holatning ustiga kelib qolgan o’qituvchi vaziyatni yumshatish uchun qanday yo’l tutgani ma'qul? A) O’quvchilar bilan she'riy musobaqa o’tkazish; B) Xulqi yomon bo'lganligi sababli har ikkalasini tadbirda ishtirok etishdan chetlatish; C) Har bir o‘quvchiga alohida "muhim" rol berish; D) Birinchi o’quvchining qobiliyati boshlovchilikka mos ekanligini asoslab berish; 27 / 50 27. Sinf rahbari bir o'quvchisining ba'zi fanlardan orqada qolayotganini aniqladi. Bolaga darslarni o'zlashtirishga yordam tariqasida uni darsdan keyingi faoliyatga jalb etdi. Nima deb o'ylaysiz, sinf rahbari o'quvchini ta'limni tashkil etishning qaysi yordamchi shakli bilan shug'ullanishga yo'naltirgan? To'g'ri bo'lishi mumkin bo'lgan variantlarni belgilang. 1. Fan to'garaklari; 2. Fakultativ mashg'ulotlar 3. O'qituvchi maslahati; 4. O'quv ekskursiyalari 5. O'quv konferensiyalari A) 1, 2, 3, 4, 5; B) 1, 3, 4, 5; C) 1, 2, 3, 5; D) 1, 3, 4; 28 / 50 28. Pedagogik muloqotbu... A) Shaxsning individual-psixologik xususiyati bo'lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish obyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir B) O'qituvchilarning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo'lib, o'qituvchilarning ta'lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi faoliyatdir. C) Shaxsning Individual-psixologik xususiyati boʻlib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir. D) O'qituvchining o'quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir 29 / 50 29. O'qituvchi dars davomida o'quvchilarni turli yo'nalishlarda fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun 4K usulidan samarali foydalandi. Bunda u ta'lim samaradorligini ta'minlashda qanday mehnat harakatlarini amalga oshirdi? A) O'quvchilarning jamoaviy va loyihaviy ishlarini tashkil etdi. B) Darsda turli namoyish va tarqatma materiallardan foydalandi. C) O'qitishning faol usullaridan foydalandi. D) Dars maqsadlari asosida o'quvchilar uchun erishimli vazifalarni belgiladi. 30 / 50 30. Ota-onalar yig’ilishida o’qituvchi bir onaga bolasi ustidan shikoyat qildi, natijada ota-ona va o’qituvchi o’rtasida janjal kelib chiqdi. Jahli chiqqan ota-ona farzandini boshqa maktabga olib ketdi. O’qituvchi xato qilgan tushundi. Mazkur holatda o’qituvchida qanday refleksiya turi shakllanmagan? A) Kooperativ refleksiya B) Shaxsiy refleksiya C) Kommunikativ refleksiya D) Intellektual refleksiya 31 / 50 31. Darsda boshlang'ich sinf o'quvchisi havoning ifloslanishi rasmlarini ko'rsatdi va uning sabalarini tushuntirdi. So'ngra o'qituvchi o'quvchilar bilan kelajakda ifloslanishning oldini oldini olish va kamaytirish yo'llarini muhokama qildi. Eng yaxshi yechimlarni doskaga yozishdi. Ushbu darsda qanday o'qitish strategiyasi qo'llanildi? A) Innovatsion ta'lim metodi B) O’qitishda amaliy mashg’ulot C) Loyiha ishi D) O'qitishda muammoli ta'lim 32 / 50 32. Boshlangi’ich sinfning bir o’quvchisi darslarda o’zini yomon tutishi va o’qituvchisiga sinfdoshlari oldida gap qaytarishi kuzatildi. Sinf rahbarining alohida suhbatlari natija bermadi. O’qituvchi bolani tarbiyalashda uning or-nomusi, izzat-nafsi, his-tuyg’ularini ehtiyotkorlik bilan o’stirish kerakligini inobatga olgan holda uni koyidi. Bola qilgan ishidan hijolat bo’ldi. Shunda sinf rahbari motivatsion metodlarning qaysi biridan unumli foydalangan? A) Tanbeh berish B) Hayfsan berish C) Ogohlantirish D) Uyaltirish 33 / 50 33. Pedagogning o’z ustida ishlash bosqichlarining to’g’ri ketma-ketligini aniqlang: 1. Ushbu qaror bo'yicha va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq izlash. 2. Yutuqlarini boyitish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq qarorga kelish. 3. O’z faoliyatini tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash. A) 1,2,3 B) 1,3,2 C) 3,2,1 D) 2,1,3 34 / 50 34. O'qituvchi darsda bir o'quvchining topshiriqni tezda bajarib unga sezdirmasdan rasm chizib o'tirganini ko'rdi. Fan o'qituvchisi darsdan so'ng uni tasviriy san'at o'qituvchisining oldiga olib borib shu o'quvchining qiziqishlari haqida gaplashdi. Yakunda o'quvchi tasviriy san'at to'garagiga yozildi. Mazkur holatda o’qituvchining qanday qobiliyati namoyon bo’lgan? A) Shaxsning ichki qobiliyati B) Mantiqiy qobiliyat C) Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati D) Voqealami oldindan ko'ra olish qobiliyati 35 / 50 35. Refleksiyabu.... A) Mутахассис томонидан касбий фаолиятни амалга ошириш учун зарур бўлган билим, кўникма ва малакаларнинг эгалланиши ва уларни амалда юқори даражада қўллай олиниши. B) Insonning uzluksiz hayot jarayonini go'yo bir daqiqaga to'xtatib uzib qo'yadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi, shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqidagi falsafiy fikr-mulohazalari muayyan bir xarakter kasb etadi. 36 / 50 36. O’qituvchi o’quvchilarga bir qoida aytdi va unga mos misollar keltirishlarini so'radi. O’qituvchi qaysi usuldan foydalandi? A) Induksiya B) Deduksiya C) Abstarksiya D) Analogiya 37 / 50 37. O‘qituvchi o’quvchilarga biror vazifa, topshiriq beradi, ularga tushintiradi va o’quvchilarning fikriga ham quloq soldi, so‘ng o‘zlari mustaqil ishlashga qo‘yib berdi. Bu qanday muloqot turi? A) Demokratik B) Liberal C) Avtoritar 38 / 50 38. Taʼlim vositalari bu – ....... A) O’qitish samaradorligini taʼminlovchi darslik,qo’llanma,xarita, o’quv qurollari kabi obyektiv omillar B) O’qitish samaradorligini taʼminlovchi diagramma, plakat, chizma, proyektor, magnitafon, videomagnitafon, televizor, radio,kompyuter kabi obyektiv omillar. C) Subyektiv (o’qituvchi nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti, faoliyatiga oid misollar, x.k.) omillar D) Barcha javoblar to’gri 39 / 50 39. Moslikni toping. 1. Kreativlik.2. Kommunikativlik. A. O’qituvchining o’quvchilar bilan to’g’ri muomala qila olishi va muloqot o’rnatish qobiliyati; B. Kelib tushayotgan axborotni mulohaza qilib, baholab, kuzatuv va tajribalarga asoslanib qabul qilish qobiliyati. C. Yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga moyillik, nostandart fikrlash va boy tasavvurga ega bo'lish qobiliyati. A) 1-C, 2-B B) 1-A, 2-B C) 1-B, 2-C D) 1-C, 2-A 40 / 50 40. Boshlang’ich sinf o’quvchisi so’nggi paytlarda ish jarayonida o’zining emotsional holati barqaror emasligini kuzatdi. Shu masala yuzasidan maktab psixologiga murojaat qildi. Psixolog o’zini-o’zi tarbiyalashni maslahat berdi. O’zini-o’zi tarbiyalash tushunchasi to’g’ri izohlangan qatorni toping. A) O’qituvchi kasbiga mos bo’lgan madaniyatning shakllanishi, ruhiy va axloqiy sifatlarni tinmay rivojlantirish. B) Insonning uzluksiz hayot jarayonini go'yo bir daqiqaga to'xtatib uzib qo'yadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi, shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqidagi falsafiy fikr-mulohazalari muayyan bir xarakter kasb etadi. 41 / 50 41. Yosh o’qituvchi dars davomida bir hil ohangda so’zladi, natijada uning nutqi zerikarli va jonli bo'lmadi. O’qituvchi pedagogik texnikasida yo’l qo'ygan kamchilik nima deb ataladi? A) Noto’g’ri diksiya B) Polilog C) Diapazon D) Monoton 42 / 50 42. Yosh mutaxassis maktabda ish faoliyatini boshladi. Lekin o'quvchilarini boshqara olmadi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha o'rinbosari yosh mutaxassisning darsini kuzatdi va kommunikativ madaniyat pedagogik faoliyatida juda muhim o'rin egallashini uqtirdi. Pedagogning kommunikativ madaniyatı qanday bo'lishi kerak? Berilgan qatorni toping. A) Pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish; B) Pedagogning o'quvchilar va atrofdagilar bilan qisqa muddatda muloqot o'rnatishga bo'lgan doimiy intilishi C) O'quvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta'minlash uchun bo'lgan malaka va ko'nikmalar. D) Pedagogning dúnyoga, pedagogik voqelikka va pedagogik jarayon intellektual va hissiy munosabati. 43 / 50 43. O’quvchilar o’zlarini juda yomon tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, urishmoqdalar, bir-birlariga turli qog'oz qushchalarni otmoqdalar va xokozo. O’qituvchiga nisbatan betoblik (ehtiyotkorona, tòg’ridan-to’g’ri emas) qilmoqdalar. Bunday vaziyatda o’qituvchi nima qilishi kerak? 1. O’quvchilar diqqatini qiziqarli ma'lumotlar bilan jalb etish kerak. 2. Darsni shu holatda davom ettirish kerak. 3. Ko’proq qiziqarli o’yinlar o’tkazish orqali o’quvchilarning diqqatini darsga qaratish zarur. 4. O’quvchilarga tartib intizom va o’quvchining majburiyatlari haqida talab qo'yishi mumkin. A) 1.3 B) 1,3,4 C) 3.4 D) 1,2,3 44 / 50 44. Pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli sifatida ishontirish nimalarni talab etadi? A) Og'zaki ifodalashni, his-tuyg'ularni bildirishni; B) Og'zaki tazyiq o'tkazishni, tanqidly solishtirishni, tanqid qilishni; C) Dalillar keltirishni, isbotlashni va mantiqni; D) Dalillarni, tanqidiy solishtirishni va taqlid qilishni; 45 / 50 45. Bir guruh o’quvchilar loyiha ishi ustida juda ko'p mehnat qildilar. Uni bajarib bo'lgach, darsda sinfdoshlari oldida taqdimot o’tkazdilar. O’qituvchi loyiha ishida ba'zi kamchiliklar bo'lsada, vazifa yaxshi bajarilganligi va dolzarbligi haqida gapirib, guruh a'zolarini maqtab qo'ydi. U nima uchun bunday qildi? A) O’quvchilarning yutuqlarini baholash orqali, ularni o’qishni davom ettirishga qiziqtirish uchun B) O’quvchilarning yutuqlarini baholash va bahoni asoslab berish uchun C) O’quvchilar ta'lim jarayonida to'qnashgan qiyinchiliklarini qayd etish uchun D) O’quvchilarning erishgan yutuqlari natijalarini tahlil qilish uchun 46 / 50 46. Yosh mutaxassis hamkasbining tajribasini o’rganish va ta'lim jarayonini tahlil qilish maqsadida uning darsini kuzatdi. Dars davomida hamkasbi mavzuni oddiydan murakkabga tomon tushuntirgani, barcha berilayotgan mavzular ilmiyligi, yangi axborotlarning hayotiyligini qayd qilib o’tdi. Yosh mutaxassis qanday dars tahlili usulidan foydalandi? A) Didaktik tahlil B) Uslubiy tahlil C) Pedagogik tahlil D) Metodologik tahlil 47 / 50 47. Ta'lim tòg’risidagi Qonunning nechanchi moddasida òqituvchilarning kasbiy darajasini tizimli oshirib borishi aytilgan. A) 36-modda B) 46-modda C) 13-modda D) 50-modda 48 / 50 48. O'qituvchi dars davomida o'quvchilarga o'tilgan mavzular yuzasidan savollar berdi. So'ng o'quvchilar olgan bilimlarini qo'llash maqsadida kichik guruhlarda amaliy topshiriq bajardilar. Dars yakunida oʻrganilgan mavzu yuzasidan o'z xulosalarini taqdimot qildilar. Shunda o'qituvchi qaysi dars turidan foydalandi? A) o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish B) laboratoriya darslari C) o'rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash D) yangi bilimlarni bayon qilish 49 / 50 49. “Dars vaqtini oqilona tashkillashtirish, darsning maqsad, shakl va usullarini aniqlash” o‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasining qaysi mehnat vazifasidagi ko‘nikmalariga kiradi? A) O‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish B) Ta’lim samaradorligini ta’minlash C) O‘quv jarayonini rejalashtirish D) O‘quv va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish 50 / 50 50. Pedagogik nizolarning kelib chiqishiga qanday muayyan omillar ta'sir etadi? 1. Tarbiya omili. 2. Munosabat omili. 3. Axborot omili. 4. Xulq omili. A) 3.4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Pedagogik mahoratni aniqlash