Uy » Abituriyent » Tarix abituriyent » Tarix abituriyent testi №3 Tarix abituriyent Tarix abituriyent testi №3 InfoMaster May 1, 2024 166 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 8 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №3 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Quyidagilar orasidan o’rta asrlarda mavjud bo’lgan inklar davlatiga oid xato javobni toping? A) And tog’laridan Tinch okeaniga qadar bo’lgan B) Poytaxt Kuskoda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar tashkil qilingan C) Aholi yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar D) Qishloq xo’jaligidagi asosiy ekinlari kartoshka va makkajo’xori bo’lgan 2 / 30 XVII asrda yuz bergan O’ttiz yillik urushda mag’lubiyatga uchragan davlat tarixida sodir bo’lgan voqea qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) Mamlakat aholisi 988-yilda xristian dinini qabul qildi. B) XII-XIII asrlardan boshlab dehqonlar kurashi kuchaydi. C) XV asr oxiriga kelib mamlakat yaxlit markaziy hokimiyatga bo’ysundirildi. D) Mamlakat shaharlari XIV asr o’rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashdi. 3 / 30 Mag‘lub davlatning g‘olib davlat foydasiga pul to‘lovi … deb ataladi. A) protektorat B) ultimatum C) kontributsiya D) apellatsiya 4 / 30 Yaponiyaning o`rta asr shaharlarining qaysilari chorrahada va karvon yo`li bo`ylab qurilgan? A) Xyogo va Sapai B) Nagoya C) Nara va Xeyyan D) Otsu 5 / 30 Quyidagilar orasidan o’rta asr allomalariga tegishli ma’lumotlarni to’g’ri moslashtiring. 1)Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o’rta asrlarda birinchi bo’lib ilgari surdi; 2)Yevropada dastlabki kitob bosish dastgohini kashf qildi; 3)"Qo`shiqlar kitobi"; 4)Islomiy odob qoidalar, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo’ljallangan qator asarlar yaratdi. a-Franchesko Petrarka; b-Al-Moturidiy; c-Abu Rayhon Beruniy; d-Iogann Gutenberg A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b 6 / 30 Xudoyorxon saroyi qurilgan yillarni aniqlang? A) 1872-yillar B) 1869-1870-yillar C) 1862-yillar D) 1863-1870-yillar 7 / 30 1868-yilda bosib olingan ikki hudud: Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat Zarafshon okrugi tashkil etilgan bo‘lib, unga kim boshliq va ma’muriyat rahbari etib tayinlandi? A) A. Abramov B) Veryovkin C) Skobelov D) P. Lessar 8 / 30 Qachon Davlat test markazi tashkil qilindi ? A) 1998-yil B) 1996-yil C) 1994-yil D) 1995-yil 9 / 30 O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetiga Shukurulla Mirsaidovqaysi yillarda raislik qildi. A) 1 992-yil may-sentabr oylarida B) 1 991 -yil mart – oktyabr oylarida C) 1 990-yil mart – oktyabr oylarida D) 1 989-yil may-sentabr oylarida 10 / 30 G’arbiy Afrikaga ispan va portugallarning kirib kelishi nechanchi asrdan boshlanadi? A) XVI asrdan B) XIV asrdan C) XVII asrdan D) XV asrdan 11 / 30 Quyidagilar orasidan qadimgi Misr tarixiga oid ma’lumotlardan qaysi biri to’g’ri berilmagan? A) Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan B) Bastet go`zalik xudosi C) Vafot etgan odamni mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlariga nasib etgan D) Misrda nazariy bilimlarning dunyoga kelishi va rivoj topishi dinga bog`liq bo`lgan 12 / 30 Qo‘qon xonligi sharqda qaysi hudud bilan chegaradosh bo‘lgan? A) Rossiya B) Afg‘oniston C) Sharqiy Turkiston D) Eron 13 / 30 1905-yilda qaysi shaharlar o‘rtasida temir yo‘l ishga tushirildi? A) Toshkent-Andijon B) Orenburg-Toshkent C) Toshkent-O‘sh D) Toshkent-Farg‘ona 14 / 30 Turkiston general – gubernatorligiga qarashli qaysi viloyat maydoni 2000 kv verst edi? A) Sirdaryo viloyati B) Samarqand viloyati C) Kaspiyorti viloyati D) Farg‘ona viloyati 15 / 30 XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Qo‘qon xonligida mehtar… A) savdo-sotiqning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilgan B) vaqf mulklarini boshqargan. C) xonlikdagi tartib intizom ishlari bilan shug‘ullangan D) xazina ishlari va xarajatlarni nazorat qilgan 16 / 30 Rossiyada ro’y bergan 1921 yilgi ocharchilik qaysi o’lkalarni qamrab oldi? A) Ukraina, Kuban, Volgabo’yi B) Ukraina, Belorussiya, O’rta Osiyo C) Volgabo’yi, Kavkazorti, Kuban D) Kavkazorti, Volgabo’yi, O’rta O’siyo 17 / 30 “Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarni hisobga olgan holda alohida e’tibor talab qiladi”. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang? A) maxfiy agent S. Gers B) S.M. Duxovskoy C) M. Skobelev D) Senator K. Palen 18 / 30 Britaniya hukumati qachon Misrdan Suvaysh kanalining 45 % aksiyasini sotib oldi? A) 1877-yilda B) 1886-yilda C) 1875-yilda D) 1896-yilda; 19 / 30 Qaysi davlatda XVI asrda qishloq xo’jaligida inqilob bo`lgan? A) Fransiya B) Rossiya C) Turkiya D) Angliya 20 / 30 Quyidagi voqealar to'g'ri xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1)Efiopiyada Kasa o'zini imperator deb e'lon qildi; 2)AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi; 3)Fransiya Jazoirni bosib oldi; 4)Buyuk Britaniya aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag'darildi; 5)Liberiya ozod davlati tuzilganligi e'lon qilindi; A) 3, 2, 4, 5, 1 B) 3, 2, 5, 1, 4 C) 2, 3, 4, 5, 1 D) 2, 3, 5, 1, 4 21 / 30 Mo`g`ullar davrida qaysi omillar xarob bo`lgan shaharlarning qayta tiklanishiga sabab bo`ladi? A) Kepaki pullarning zarb qilinishi B) Ulug` xoqon Munkening islohatlari C) hunarmandchilik va dehqonchilikning rivojlanishi D) hunarmandchilik va ichki-tashqi savdoning jonlanishi 22 / 30 Yer-suv islohotlarining ikkinchi bosqichida tadbirlar o`tkazilgan hududlarni davri bilan to`g`ri berilgan qatorni aniqlang. 1)Farg‘ona, Toshkent,Samarqand viloyatlari 2)Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm okruglari 3)Zarafshon viloyati (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari) a-1925-1 926-yillar b-1927-yil c-1928–1929- yillar A) 1 -a, 2-c, 3-b B) 1 -b, 2-c, 3-a C) 1 -a, 2-b, 3-c D) 1 -c, 2-b, 3-a 23 / 30 “Sabanto’y” bayrami qaysi millat milliy bayrami hisoblanadi? A) Tatar-boshqirdlar B) Ruslar C) Qirg’izlar D) Uyg’urlar 24 / 30 Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududidagi quyidagi qaysi mahalliy hokimlik o’zining tanga pullari tizimiga ega bo’lgan? A) So’g’d B) Choch C) Toxariston D) Farg’ona 25 / 30 XX asr fizika fanining "eng yorqin kashfiyoti sanalgan kashfiyot nima? A) kompyuterning ixtiro qilinishi B) lazerning ixtiro qilinishi C) integral sxemalarning yaratilishi D) kosmosning zabt etilishi 26 / 30 Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidlagan shaxni aniqlang. A) S. Asfandiyorov B) Q. Odinayev C) N.Paskutskiy D) S.Xo‘janov 27 / 30 Qadimgi yunon olimlaridan Aristotel ( va Platon ( sharqda qanday nomlar bilan mashhur bo'lgan? 1)Arastu; 2) Buqrot; 3) Aflotun; 4) Suqrot; A) a-3, b-1 B) a-2, b-4 C) a-1, b-3 D) a-1, b-2 28 / 30 Shermuhammad Munis yashagan yillarni aniqlang? A) 1809-1874-yillar B) 1827-1897-yillar C) 1778-1829-yillar D) 1825-1842-yillar 29 / 30 XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatining davlat chegaralari to’g’ri berilgan javobni toping? A) Shimoli-sharqiy chegarasi G’aznadan o’tardi B) Janubi-g’arbiy chegarasi Iroqdan o’tardi C) Janubi-sharqda Dashti Qipchoqdan o’tardi D) Shimoli-g’arbiy chegarasi Orol dengizi va Yoyiq daryosidan o’tardi 30 / 30 Ukrainadia qurolli harakatlar nechanchi yildan yangi bosqichga kirdi? A) 2014-yil B) 2017-yil C) 2008-yil D) 2015-yil 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz