Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №23 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №23 InfoMaster May 1, 2024 92 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №23 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi qo‘llangan? A) U ilmga oshiq-u beqaror edi. B) Kitobni yopdi-yu, miyasida aylanayotgan savollarga javob izlay boshladi. C) Salim aytgan edi-yu bu ishga aloqasi yo‘qligini. D) Ovchi nihoyatda kechikkanini bildi-yu, umid uni o‘lja sari burdi. 2 / 10 2. Dasturxonga shira bog‘lagan oltin rang uzum qo‘yildi. Ushbu gapda bog‘lamoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? A) tugmoq B) yig‘moq C) ulamoq D) o‘ramoq 3 / 10 3. Ravishning ma’nosiga ko‘ra ikki turi qatnashgan gapni aniqlang. A) Kultegin yayov otilib hujum qildi. B) Ey aziz Toshkentim, nega sen bugun bola kabi to‘polon qilding ertalab. C) So‘ng kampirning arang uyquga ketganini va uyqu aralash yig‘i tovushini eshitganini aytadi. D) Qovunlarni xonaga terib qo‘yganimizdan keyin u yerga bir kosa suv ham olib kirib qo‘yamiz. 4 / 10 4. Gunohi ne edi bu tilla boshning, Gunohi ne edi porloq quyoshning (I. Sulton). Ushbu gapdagi ma’no ko‘chish turini aniqlang. A) metafora B) vazifadoshlik C) kinoya D) metonimiya 5 / 10 5. Qaysi javobda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan? A) Miryoqub uning aqlini o‘g‘irlamoq maqsadida qichiq masaladan gap ochdi: – To‘yni nima qildik, xo‘jayin? – dedi u qo‘lini chayqab turib. B) Qayerdaman, qayga borarman, qora zindon naqadar chuqur... C) – Atayin o‘zlarini yo‘qlab keldim. Suratingizni ishlashim kerak. D) Yurasan, yurasan, hech masofa kamaymaydi. 6 / 10 6. Ko‘makchi mavjud bo‘lgan gapni toping. A) U akasiga qaraganda nimadir demoqchi bo‘ldi. B) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. C) Kiyik ovchini ko‘ra qochdi. D) Kvadratning tomonlari teng. 7 / 10 7. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad – milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida nechta so‘zda tovush almashishi yuz bergan? A) 4 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 2 ta 8 / 10 8. Qaysi so‘zdagi undoshlarning barchasi jarangli? A) mag‘lubiyat B) gapdonlar C) jig‘ibiyron D) jo‘xorizor 9 / 10 9. Qaysi gapda olmoshning 4 ta turi qatnashgan? A) Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi hech qachon bo‘g‘ilmaydi. B) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. C) Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o‘z maqsadlariga oson erishadi. D) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi. 10 / 10 10. Sinonimlar qatorida “begona” so‘z qo‘llangan qatorni aniqlang. A) sabr, toqat, chidam B) nihoya, yakun, oxir C) ruxsat, javob, izm D) mangu, abadiy, umrbod 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 28 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29