Fizika abituriyent testi №3

0%
6

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika abituriyent testi №3

Abituriyent uchun fizika fanidan asosiy blok testlari.

1 / 30

Massasi 5 kg bo’lgan jism quyidagi kuchlar tasirida olgan tezlanishini aniqlang? m/s²

2 / 30

Yassi ko’zgular o’zaro to’g’ri burchak ostida joylashgan bo’lsa α ni toping.

3 / 30

Jismning harakat tenglamasi x = 20 + 32t - 2t² ko‘rinishga ega. U t=0 paytdan boshlab to‘xtaguncha qanday (m) yo‘l o‘tadi?

4 / 30

Agar yer sirtidagi birinchi kosmik tezlik 8 km/s bo’lsa, yer sirtidan 19200 km balandlikda birinchi kosmik tezlik qanday bo’ladi (km/s)? (R=6400 km)

5 / 30

Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x1 = 2t - 6 va x2 = 24 - 3t ko’rinishga ega. Ular qancha vaqtdan keyin uchrashadi?

6 / 30

Dastagi 60 sm bo’lgan chig’iriqda 15 kg massali yuk 20 N kuch tasirida ko’tarilmoqda. Dastagning 20 marta aylanishida yuk qanday m balandlikka ko’tariladi?

7 / 30

Aerostatda o‘lchangan atmosfera bosimi yer sirtida o‘lchangandagi qiymatidan 8 mm ga farq qilgan bo‘lsa, aerostatning qanday balandlikda ekanligini toping.

8 / 30

Jism 0,5 m amplatudali garmonik tebranishlar bajarmoqda. Uning chetki vaziyatidan boshlab hisoblaganda yarim davr ichidagi ko‘chishi qanday?

9 / 30

Zichligi 8000 kg/m³ bo’lgan 40 kg massali metall bo’lagini suvning ichida ko’tarish uchun qancha kuch kerak bo’ladi(N)? ( ρs =1000 kg / m³ )

10 / 30

Gorizontal aylanayotgan sharning ichidagi kubik ishqalanish bo’lmaganda qanday balandlikka ko’tarila oladi? D=10 m , ∂ =1/π  (diametr, chastota)

11 / 30

Ko’ndalang kesim yuzasi 20 mm² bo’lgan trubadan suv 4 m/s tezlik bilan otilib chiqmoqda. 10 min da qanday massali (kg) suv oqib chiqadi.

12 / 30

Yer sirtidan otilgan jismning nergiyasi E ga teng. Uning L nuqtadagi kinetik energiyasining dastlabki energiyasiga nisbatini toping.

13 / 30

Tosh gorizontal yo’nalishda otilgandan 0,5 s o’tgach, uning tezligi boshlang’ich tezligidan 1,6 marta katta bo’lgan.Toshning boshlang’ich tezligini toping(m/s).

14 / 30

Erkin siljiy oladigan porshenli slindrda havo joylashgan.Agar atmosfera bosimi 105 Pa, porshenning massasi 6 kg va yuzi 2 10-3 m² ga teng bo’lsa , porshen
ustiga qanday massali (kg ) yuk qo’yganimizda undagi havo hajmi izotermik ravishda 2 marta kamayadi?

15 / 30

Bir-biri bilan vaznsiz cho’zilmas ip vositasida bog’langan ikkita 3 va 5 kg massali jismlarni silliq gorizontal sirt bo’ylab 5 kg massali jismga qo’yilgan 4 N gorizontal kuch tortib bormoqda. Jismlarni bog’lovchi ipning taranglik kuchi qanday (N)?

16 / 30

Sxemaning AC, nuqtalari orasidagi umumiy qarshiliklarni toping? (Har bir nuqtalar orasidagi qarshilik R ga teng)

17 / 30

Ikkita matematik mayatnik bir xil davr bilan tebranmoqda. Ikkinchi mayatnikning tebranishi birinchisiga nisbatan 1/6 davr kech boshlandi. Tebranishlarning fazalari farqini toping.

18 / 30

Arqonga 80 N kuch bilan tasir qilib, qo’zg’aluvchan blok yordamida 13 kg yukni qurilayotgan binoning yettinchi qavatiga ko’tarildi. Qurilmaning FIK ni hisoblang?

19 / 30

Agar prujinani 10 mm ga cho’zish uchun 1J ish bajarilgan bo’lsa, uni muvozanat holatidan 30 mm ga cho’zish uchun qancha ish bajarish kerak bo’ladi (J)?

20 / 30

Buyum qavariq linzadan 4 m uzoqlikda turubdi. Linzning fokus masofasi 50 sm bo’lsa linzaning chiziqli kattalashtirishi qanday bo’ladi?

21 / 30

Massasi 200 kg, uzunligi 4 m bo‘lgan va yerda yotgan bir jinsli xodani bir uchidan ко`tarib, tik turg’izib qo‘yildi. Bunda qanday ish bajarilgan?

22 / 30

Jism 0,5 m amplatudali garmonik tebranishlar hosil qilmoqda. Uning chetki vaziyatidan boshlab hisoblaganda yarim davr ichidagi ko‘chishi qanday?

23 / 30

Rasmda ko’rsatilgan bir jinsli sterjenni tutib turgan kuchlarning nisbatini aniqlang?

24 / 30

Tik yuqoriga 4 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan jismning tezligi qancha vaqtdan so’ng boshlang’ich tezligidan modul jihatidan 2 marta kichik bo’ladi.(s)

25 / 30

45° qiyalikka ega bulgan tepalikdan gorizontal yunalishda tosh 20 m/s tezlik bilan otildi. Tosh tepalikning chuqqisidan vertikal bo`yicha qanday masofaga tushadi?

26 / 30

Rasmda ko’rsatilgan mashinaning massasi 1 t , tezligi 108 km/h bo’lsa uning C nuqtadagi og’irligini toping ( kN ). (R=25 m, α= 60° )

27 / 30

2 kg massali jismni qiyaligi 53º bo’lgan tekislik bo’ylab yuqoriga 2 m/s² tezlanish bilan harakatlantirish uchun uni qanday kuch bilan tortish kerak (N)?

( µ = 0, 4; sin53º = 0,8; cos53º = 0,6; )

28 / 30

0,5 kg massali miltiqdan 5 g massali o’q 600 m/s tezlik bilan otilib chiqdi. Miltiqni orqaga tepish tezligi toping (m/s).

29 / 30

F1 kuch ta’sirida jism 4 m/s² tezlanish bilan harakatlanadi. Teskari yo’nalishdagi F2 kuch ta’sir qilsa jism tezlanishi 3 m/s² ga teng. Agar ikkala kuchlar bir vaqtda ta’sir etsa, jismning tezlanishi qanday bo’ladi (m/s²)?

30 / 30

Berk idishda 500 kPa bosim ostida gaz bor. Agar jo’mrak ochilgandan keyin gazning 4/5 qism massasi chiqib ketsa, idishda qolgan gazning bosimi qanday bo’lib qoladi (kPa)?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

3 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0