Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 InfoMaster May 2, 2024 93 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda qaratqich kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A) Bu Navoiyning g‘azaliga nazira tarzida yozilgan she’r edi. B) Ikkalasining ham yuzida ajablanish aks etganini ko‘rdim. C) Bu loyiha mutaxassislarning fikriga asoslangan holda ishlab chiqildi. D) Kitobning varag‘ini yirtmang, uni avaylab ishlating. 2 / 10 2. Qaysi javobdagi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llangan narsa bildiruvchi so‘z qatnashgan? A) iliq munosabat B) aybini yuvmoq C) uzukning ko‘zi D) choynakni tozalamoq 3 / 10 3. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo‘llangan? A) Yomg‘irda cho‘milgan ulkan bog‘, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go‘zal ko‘rinardi. B) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipssimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. C) Elchi o‘rnidan turib, ko‘zlari katta-katta, bo‘yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. D) Sadafbibi qoramag‘izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko‘zlari qop-qora qiz edi. 4 / 10 4. Quyidagi qaysi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qo‘shib yoziladi? A) hurmat//talab, bug‘doy//rang B) hech//vaqt, Qum//qo‘rg‘on C) dev//qomat, har//xil D) Boltiq//bo‘yi, ta’sir//et 5 / 10 5. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z aniqlovchi vazifasini bajargan? A) C B) B C) A D) D 6 / 10 6. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud? A) Men sirtqi bo‘limda o‘qishka qaror qildim. B) Har kim o‘z ekkanini o‘radi. C) Hukmdor shu zahotiyoq bu qo‘zg‘olonni kuch bilan bostirdi. D) Biz ertaga tog‘ga chiqishga qaror qildik. 7 / 10 7. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) ostona, rahmdil B) hatar, marifat C) xalol, bepayon D) taxsimot, mayus 8 / 10 8. Qaysi gapda bir so‘zi “o‘xshash”, “umumiy” ma’nolarini anglatgan? A) Bahor havosi g‘alati: bir yomg‘ir yog‘adi, bir quyosh charaqlaydi. B) Unutma, bolam, kemaga tushganning taqdiri birdir. C) Xonaga baland bo‘yli, keng yag‘rinli bir yigit kirib keldi. D) Uning xirgoyisi bir chiroyli, bir yoqimli, eshitganingiz sayin rohatlanasiz. 9 / 10 9. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) ko‘zi ilinmoq − pinakka ketmoq B) uxlab qolmoq − mizg‘imoq C) gapirmaslik − og‘ziga olmaslik D) hafsalasi pir bo‘lmoq − tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq 10 / 10 10. Qaysi gapda tinish belgisini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. B) Suv keldi − nur keldi. C) Takrorlash − bilimning onasi. D) O‘g‘lim, Nosirjon sizga muhim topshiriq bor. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 27 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29