Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 InfoMaster May 2, 2024 113 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Muhammadali ko`chadan tomdan tarasha tushganday kirib keldi. Berilgan gapda ibora qaysi gap bo`lagi vazifasini bajargan? A) ega B) hol C) aniqlovchi D) kesim 2 / 10 2. Quyidagi gaplarning qaysi birida orttirma nisbatdagi fe`l qatnashgan? A) Ermatga qo`lini musht qilib ko`rsatdi. B) Polvon bilan men olishaman. C) Men bilmasligimning bilimdoniman. D) Odamzod hasad qilmasligini kerak. 3 / 10 3. O`zaro zid ma`noli so`zlar juftligini aniqlang. A) uquvsiz – noshud B) moziy – o`tmish C) mushkul – dushvor D) boy – kambag`al 4 / 10 4. Sodda yasama soʻz(lar)ning asosidagi undoshlar faqat til undoshlari boʻlgan qatorni toping. A) Odamlarning bezgak pashshaday gʻingʻillashini eshitib, chehrang buzilmasin deyman. (A. Qahhor) B) Mustaqillikning quyoshi hilpirar ilalabad. C) Aksincha, u doʻstlikni kuchaytirdi, abadiylashtirdi. (M. Ismoiliy) D) Otini ayagan ot minar, toʻnini ayagan toʻn kiyar. (Maqol) 5 / 10 5. Berilganlarning qaysi biri qo`shib yoziladi? A) tim / qora B) tosh / baqa C) huzur / halovat D) dardi / bedavo 6 / 10 6. Antonim so`zlar qatnashgan gapni toping. A) Birinchi xodim bilan yondosh yo`lga chiqqan ikkinchi xodim masalaga o`zgacha yondashdi. B) O`ng qo`li bilan peshonasidagi terni artdi. C) Yosh qizaloq Ra`noxonning keksa buvisi bor. D) Iste`dodli o`quvchilar ichida do`stlarim borligidan faxrlanaman. 7 / 10 7. Zag`chaning turqi ham, ovozi ham qarg`alarga yot edi. Ushbu gapdagi ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi turkumdagi so`z bilan shakldoshlik hosil qiladi? A) ot B) sifat C) fe`l D) ravish 8 / 10 8. Bog`langan qo`shma gap berilgan javobni toping? A) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. B) Bilmasdan qilingan har qanday aybni kechirish mumkindir, ammo xiyonatni kechirib bo`lmaydi. C) Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. D) Aqlli ishiga ishonadi, aqlsiz tushiga ishonadi. 9 / 10 9. ot+ot shaklidagi so’z berilgan qatorni toping? A) achchiqtosh B) oqqush C) otboqar D) karnaygul 10 / 10 10. Qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llangan so`z mavjud emas? A) Quyosh baxmal vodiy uzra erinibgina nur sochar edi. B) Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko`z oldimda charx urayotir… C) Bu ishni ko`ngildagidek bajarish uchun temir intizom kerak. D) Qizning atlas ko`ylagi o`ziga juda yarashgan edi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 28 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29