Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 InfoMaster May 2, 2024 94 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0% 1 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Hayotning boshqalar ko‘rmagan tomonini ko‘rish ham − talant. B) Shunday harakat qilingki − birovga yuk bo‘lmang balki hamroh bo‘ling. C) Kishini g‘azab yoki shunga o‘xshash his egallasa; uning qabul qilgan qarori albatta noto‘g‘ri bo‘ladi. D) Haqiqiy olimning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. 2 / 10 2. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) taklif//noma, xush//xabar B) sap//sariq, och//sariq C) hamma//vaqt, to‘q//qizil D) adirma//adir, Bo‘z//suv 3 / 10 3. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) xursand bo‘lmoq − do‘ppisini osmonga otmoq B) lapashang − landavur C) aytib bermoq − bayon qilmoq D) ko‘zini shira bosgan − dimog‘i ko‘tarilgan 4 / 10 4. Kesim ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) C B) D C) B D) A 5 / 10 5. Qaysi gapda rost so‘zi “adil, tik” ma’nolarida .qo‘llangan? A) Rostini aytsam, bugun ham siz aytgan joyga bora olmayman. B) Rost, ba’zi vaqtlarda atrofdagilardan ham to‘yib ketasan kishi. C) Yolg‘onchining rost so‘zi ham atrofdagilar uchun yolg‘ondek tuyulaveradi. D) Musibat ba’zan eng zabardast yigitlarning ham rost qomatini egib qo‘yadi. 6 / 10 6. Qaysi javobdagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) hamon, okeyan B) avtomat, exson C) maqsad, baho D) xarorat, davomad 7 / 10 7. Qaysi so‘zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) 8-Mart − xalqaro xotin-qizlar kuni, Hamza hakimzoda Niyoziy B) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi C) “O‘zbekiston qahramoni” unvoni, ToshDU D) Janubiy koreya, To‘rtko‘l tumani 8 / 10 8. Qaysi javobda so‘zlashuv uslubiga oid gap berilgan? A) Hazrat Mir Alisher Navoiy Hirot osmonining ma’naviy quyoshi edi. B) Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga taqdim etish uchun berildi. C) − Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchabsan. D) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. 9 / 10 9. Qaysi javobda o‘rin bildiruvchi ravishlar qatori berilgan? A) ichkarida, tashqarida, shu payt B) uzoqda, nari, shu kuni C) shu yoqda, o‘rtada, yuqoriga D) hamma yoqda, oldinda, kechasi 10 / 10 10. Qaysi gapda tushum kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A) Narsalarining ichidan o‘zining nomiga yozilgan xatni topib oldi. B) Otam yo‘qolgan qo‘yimizni qidirib tuni bilan mijja qoqmadi, tongga yaqin topib keldi. C) Ertasi kuni maktabga borganida kutubxonadan qushlar haqida yozilgan kitobni oldi. D) U kitobni o‘qishga berilib ketganidan qorong‘I tushganiga ham e’tibor bermasdi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 27 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29