Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili olimpiada №5 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 9-sinf Ona tili olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 90 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Ona tili olimpiada №5 2023-yil 21-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Usta duradgorlik mashg‘ulotida o‘z shogirdlariga yog‘ochdan turli uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasashni o‘rgatish uchun ularni bir joyga to‘pladi. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) faoliyat-jarayon oti B) shaxs oti C) o‘rin-joy oti D) narsa oti 2 / 30 2. Agar Qorako‘zni yana supur… bilan ursang, unga kosov otsang, bilib qo‘y, ukalaringnikiga ketib qolaman. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha qaysi so‘z tarkibida mavjud? A) yozgi B) turtki C) sezgi D) uydagi 3 / 30 3. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) zo‘rma-zo‘rakilik, qop-qora, rang-barang B) dardi-bedavo, o‘ydim-chuqur, bab-barobar C) mehr-oqibatli, do‘st-u yor, birdan-bir D) o‘zidan-o‘zi, dum-dumaloq, hay-haylamoq 4 / 30 4. Qaysi gapda o‘zlik nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Ustozi shogirdlarining bu yutuqlaridan faxrlandi. B) Milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda. C) Uylarning chor atrofi baland devor bilan o‘ralgan. D) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. 5 / 30 5. Diyonat va nomus har oilaning saodati va intizomi uchun emas, balki bir mamlakatning saodati va barqarorligi uchun ham zarur va lozimdir. Berilgan gap haqidagi XATO hukmni toping. A) Ushbu gap bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi; B) Qaratqich aniqlovchining holga tobelanishi kuzatilgan; C) Uyushiq egalar ot kesimga tobelangan; D) Ushbu gapda hollar uyushib kelgan. 6 / 30 6. Qaysi qatorda ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) To‘g‘ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan eshitilgan to‘g‘ri so‘z ham yoqimsizdir. B) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi. C) Har kuni bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar, goh paxta ortgan traktorlar o‘tardi. D) Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangrardi, dam hind qo‘shiqlari ijro qilinardi. 7 / 30 7. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar A) irsoli masal B) ishtiqoq C) tajnis D) husni ta’lil 8 / 30 8. Qaysi gapda gul so‘zi o‘z ma’nosida EMAS. A) Bayram bo‘lganligi uchun bozorda gullar qimmat. B) Xona sovuqligi uchun gullar qurib qoldi. C) Ismat bog‘dagi gullarga suv quydi. D) Bu qiz har ishni eplaydi, qo‘li gul. 9 / 30 9. Qaysi qatorda shaxsi(egasi) ma’lum gap berilgan? A) Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? B) Yig‘ilishda ta’lim samaradorligini oshirish haqida gapirildi. C) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. D) Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. 10 / 30 10. Agar baxt-saodat istasang, g‘urur, manmanlikni o‘zingdan yiroq tut, hikmatli so‘zlarni sokinlik va itoat bilan tingla, takabburlik, adovat va qanoatsizlik sening dushmanlaringdir. Gap haqidagi XATO hukmni toping. A) Vositasiz to‘ldiruvchi kesimga bevosita tobelangan. B) Vositali to‘ldiruvchi uyushib kelgan. C) Kesimlar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. D) Uyushiq egalar ot kesimga tobelangan. 11 / 30 11. “Alpomish”dostoni haqidagi to‘g‘ri mulohazani toping. A) Boybo‘ri qizini Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘ishni va chorvachilik ilmini o‘rgatish maqsadida maktabdan chiqarib oldi. B) Boybo‘ri va Boysarini chupron to‘yida bor yo‘g‘i sakson tanga hadya qilganligi uchun izza qilishadi. C) Boybo‘ri o‘g‘li Alpomishni Qalmoq yurtiga yuborgisi kelmaganligi uchun unga ot bеrmaslikni yilqichi Qultoyga tayinlab qo‘yadi. D) Alpomishning Oyna ko‘li,Chilbir cho‘lida bo‘lib o‘tgan dastlabki uch shartda qatnashmasligiga sabab Ko‘kaldoshdan qo‘rqishi edi. 12 / 30 12. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Alisher Navoiy asarlari nafaqat turkiy xalqlar orasida, … butun dunyoda ham ma’lum va mashhurdir. A) chunki B) hamda C) ya’ni D) balki 13 / 30 13. Ahbob, yigitlikni g‘animat tutunguz. O‘zni qariliq mehnatidin qo‘rqutunguz. Oyini adovat-u hasaddin o‘tunguz, Har nav' ila o‘zni necha kun ovutunguz. Ushbu ruboiy haqidagi to‘g‘ri mulohazani toping. A) Ushbu ruboiyda yoshlik vaqtida kattalarga shogird bo‘lib, hayotiy saboqlarni egallash kerakligi haqida aytilgan. B) Yigitlik va qarilik davrini g‘animat bilish hamda har ikki davrda ham mehnat qilish foydali ekanligi aytilgan. C) Qarilik davri kelguncha inson yoshligida rohat-farog‘atda yashashi, odamlarga yaxshilik ulashishi kerakligi aytilgan. D) Adovat va hasad kabi illatlardan forig‘ bo‘lib, yoshlik davridan unumli foydalanish kerakligi aytilgan. 14 / 30 14. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gap ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan? A) Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. B) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog‘ingiz darkor. C) Musavvirlikka menda havas uyg‘onganligi sababli uning sirlarini o‘rganishga astoydil bel bog‘ladim. D) Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo‘l. 15 / 30 15. Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar o‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiy haqidagi XATO ma’lumotni toping. A) a, a, b, a tarzda qofiyalangan B) Unli tovush raviy bo‘lib kelgan C) Mutlaq qofiya qo‘llangan D) Yig‘iq radif qo‘llangan 16 / 30 16. “Temir xotin” asaridagi Qo‘chqor obraziga mos ta’rifni toping. A) Turmush o‘rtog‘ining kamchiliklarini bilsa-da, uni uyaltirmaslik uchun hech vaqt bu narsalarni fosh etmaydigan inson. B) Xalqning turmush darajasini yaxshilash uchun, ularga qo‘shimcha yengilliklar berish uchun o‘z ixtirosi ustida yetti yil ishlagan obraz. C) Har qanday holatga ko‘nadigan, jamiyatdagi o‘zgarishlardan orqada qoladigan, sodda, chapani odam. D) Insonlarga yordam berishga harakat qilgan, qiyinchiliklarga dosh bera olmay asar so‘ngida halok bo‘lgan qahramon. 17 / 30 17. Har uchala gapda ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. 1)buyruq maylidagi fe’l 2)qo‘shma fe’l 3)yasama fe’l 4)sof fe’l 5)kelasi zamon 6)orttirma nisbat A) 1 va 2 B) 1 va 4 C) 3 va 6 D) 4 va 5 18 / 30 18. Zidlik munosabati aks etgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Oy tunda kerak, aql esa kunda. B) O‘zi katta – ichi bo‘sh. C) Suv keldi – cho‘llarda hayot boshlandi. D) Qish keldi, ammo qor yog‘madi. 19 / 30 19. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) tobora, dubulg‘a, mashuqa B) kordinata, islohot, ijtimoiy C) talofat, kristall, kamomat D) nadomat, mineral, vodorod 20 / 30 20. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining tto‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Muallif shunday deydi Insonning oldida doim ikkita tanlov bo‘ladi biri to‘g‘rilik ikkinchisi egrilik A) : “ , − , − “ . B) : “ : − , − “ . C) − “ : − , − “ . D) : “ , , “ . 21 / 30 21. Bilan ko‘makchisi qaysi qatorda birgalik ma’nosida qo‘llangan? A) Saida bilan Dilfuza darsdan so‘ng bog‘ga borishdi. B) Anvar kecha maktabga do‘sti bilan keldi. C) Diyor berilgan vazifalarni qalam bilan yozardi. D) Siddiqjon ustozining gaplarini diqqat bilan tinglardi. 22 / 30 22. “Farhod va Shirin”dostoni haqidagi XATO fikrni toping. A) Bu dunyoda hech narsa javobsiz qolmasligi Xusravning Sheruya tomonidan o‘ldirilishi bilan izohlanadi. B) Xusravning topshirig‘i bilan Arman yurtida odamlar uch yildan beri tosh kesib, suv ochishga mahkum qilingan edilar. C) Mehinbonu Xusravdan kelgan sovchilarga Shirinning fe’li o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshashini bahona qilib sovchilarni qaytarib yuboradi. D) Farhod Shirinning o‘lganligi haqidagi yolg‘on xabarni eshitgandan so‘ng tushgan holiga hatto tog‘ va vodiy ham majnunvor yig‘laydi. 23 / 30 23. Tovush o‘zgarishining uchala turi ham ishtirok etgan gapni toping. A) Inson organizmida har bir a’zoning alohida o‘rni bor. Aytaylik, miya fikrlash, borliqni anglashda asosiy sanalsa, ko‘z bajarayotgan vazifani hayot ramziga muqoyasa qilish mumkin. B) Vujudimiz ichra shunday bir a’zo borki, uning holati, umuman, inson tirikligini ifoda etadi. Bu – yashashni ta’minlaydigan a’zo, ya’ni yurakdir. C) Yurakni asrash uchun ko‘plab dori vositalari yaratilyapti. Ammo shunday dori kashf qilish kerakki, u yurakka shifo bo‘lib, insonlar ortiq qiynalmasin. D) O‘zbekiston kimyogarlari va kardiologlarining hamkorlikda o‘tkazgan tajribalari, tinimsiz izlanishlari natijasida ana shunday preparat insoniyatga tuhfa etildi. 24 / 30 24. Qaysi gapda sodda yasama sifat aniqlovchi vazifasida qo‘llangan? A) Yomg‘ir tomchilari quyoshning zarrin nurlarida tovlanardi. B) Vatan taraqqiyoti uchun kurash iqtisodiy o‘sishdir. C) Dori achchiq edi,bemor xohlamaygina uni qo‘liga oldi. D) Xushbo‘y gullar insonga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. 25 / 30 25. Dono debdi: “Yurtga bir boq, oqsoqol, Unda hali o‘zi bilmas zo‘r ganj bor!” Omon Matjonning ushbu she’rida ostiga chizilgan so‘z orqali nimaga ishora qilingan? A) tinchlik B) g‘urur C) xotira D) e’tiqod 26 / 30 26. Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Gapda sifatlarning ikki ma’no turi qatnashgan; B) Gapda sifatlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turi qatnashgan; C) Sifatlarning barchasi bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. D) Sifatlar faqat bir xil so‘z turkumiga tobelangan; 27 / 30 27. Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘- e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap... ? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap. A) 3.4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4 28 / 30 28. “Padarkush... toj-u taxt... olti oydan oshmaydur...” “Ulug‘bek xazinasi”da ushbu so‘zlar kim tomonidan aytilgan edi? A) Mirzo Ulug‘bek B) Ali Qushchi C) Temur Samarqandiy D) N.Ganjaviy 29 / 30 29. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang. A) dushman , g‘anim, rafiq B) kuch, g‘ayrat, baquvvat C) chiroy, ko‘rk, go‘zal D) fath, zabt, ishg‘ol 30 / 30 30. “Dilbаr kеlinchаkning ko‘ksidа g‘ulu zаrdоli shохigа tаshlаr ko‘z qirin”. Ushbu misra muallifi kim? A) Omon Matjon B) Odil Yoqubov C) Abdulla Oripov D) Shavkat Rahmon 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz