9-sinf Biologiya olimpiada №5 Oktabr 16, 2023Avgust 19, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Biologiya olimpiada №5 ga 1 fikr bildirilgan 0 123456789101112131415 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 4-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 15 Odam yuragining chap bo‘lmachasi diastola holatida bo‘lgan vaqtda … 1) ikki tavaqali klapan yopiq bo‘ladi; 2) qorincha sistola holatida bo‘ladi; 3) yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi; 4) sistolik bosim kuzatiladi; 5) qorincha diastola holatida bo‘ladi 1,4 2,3 3,5 1, 5 2 / 15 Daryo qisqichbaqasi butli o‘rgimchak kabi … pillaga tuxum qo‘yadi, ochiq qon aylanish sistemasiga ega boshko‘krak va jag‘larga ega murakkab ko‘zlarga ega va pilla ichiga tuxum qo‘yadi zahar bezi va traxeyaga ega 3 / 15 Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?. 1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi; 8) o‘pka venalari. 3, 4, 6 3,4, 8 1, 2, 8 5, 6, 7 4 / 15 Osiyo chigirtkasi (a) tunlam(b) kolorado(c) zarar keltiradigan oilalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan juftlab ko`rsating? 1.ostgulkosachasining bo`lishi; 2.gajak to`pgulli; 3.ostki va ustki gul qipig`iga ega; 4.barg navi; 5.barg qini; 6.changchi iplari urug`chini o`rab turishi; 7.o`troq changchili bo`lishi; 8.urug`chi tumshuqchasi patsimon shoxlanganligi. a-1,6; b-3,4,8; c-2,7 a-3,4,8; b-1,6; c-2,7 a-3,5,8; b.1,7; c-2,6 a-3,5,8; b-1,6; c-2,7 5 / 15 Qaysi javobda magnoliyasimonlar (1) va ko‘p tuklilar (2) sinflariga mansub organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1 − na’matak; 2 − tibbiyot zulugi 1 − andiz; 2 − nereida 1 − xolmon; 2 − qizil chuvalchang 1 − Sharq sauri; 2 – nereida 6 / 15 Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri keluvchi javobni aniqlang. Odamlarda . . . yurakdan chiqadi. kichik qon aylanish doirasi arteriyasida arterial qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida venoz qon katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon, kichik qon aylanish doirasi arteriyasida venoz qon kichik qon aylanish doirasi venalarida venoz qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida arterial qon kichik qon aylanish doirasi venalarida arterial qon, katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon 7 / 15 Funksiyasi vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan odam organizmi a’zolarini ko‘rsating. 1) bo‘yinning teriosti muskuli; 2) bir juft buyraklar; 3) sonning ikki boshli muskuli; 4) oshqozon osti bezi; 5) ayrisimon bez; 6) kekirdak devoridagi paylar 2, 4 3, 5 1, 4 1, 6 8 / 15 Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang. bakra baliqlar, dumlilar juft tuyoqlilar, karpsimonlar kaptarsimonlar, losossimonlar toq tuyoqlilar, yapaloqqushlar 9 / 15 B D C A 10 / 15 D A C B 11 / 15 Jayron (a) va miqqiy (b) uchun tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) miyacha po‘stlog‘ida burmalari mavjud; 2) jag‘lari muguz tumshuqqa aylangan; 3) urg‘ochisi geterogametali; 4) bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro birikib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi; 5) oshqozoni to‘rt bo‘lmadan iborat; 6) oshqozoni ikki bo‘lmadan iborat; 7) gomoyoterm organizm; 8) yuragi ikkita bo‘lmacha va ikkita qorinchadan tashkil topgan; 9) embrional rivojlanish davri tashqi muhitda amalga oshadi; 10) ichki urug‘lanish kuzatiladi; 11) yo‘g‘on ichagi qisqa, to‘g‘ri ichagi bo‘lmaydi; 12) buyraklari nefronlardan tashkil topgan a − 1, 3, 4, 6, 8, 12; b − 1, 5, 7, 9, 10, 11 a − 1, 5, 7, 8, 9; b − 1, 2, 6, 8, 11, 12 a − 5, 7, 8, 10, 12; b − 2, 4, 6, 8, 9, 11 a − 1, 4, 6, 10, 12; b − 3, 5, 7, 8, 9, 10 12 / 15 Selluloza qobig‘iga ega bo‘lmagan organizmlarga zarar keltiruvchi eukariot (a) va hayotning hujayraviy shakli bo‘lmagan (b) organizmlarni aniqlang. 1) kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi; 2) ensefalit qo‘zg`atuvchisi; 3) vertisill; 4) nozema; 5) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 6) qutirish qo‘zg`atuvchisi; 7) leshmaniya; 8) vabo qo‘zg‘atuvchisi a-4, 7; b-2, 6 a-1, 5; b-4, 3 a-5, 8; b-2, 6 a-5, 6; b-2, 3 13 / 15 Oq shuvoq (a), oddiy g‘o‘za (b) va no‘xat (c) o‘simliklariga xos bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a − tuxum hujayrasi arxegoniy ichida yetiladi; b − changchilari ko‘p, iplari bir-biri bilan qo‘shilib, urug‘chini o‘rab turadi; c − gullari qiyshiq, ildizi o‘q ildiz tizimli a − to‘pguli ikki jinsli tilsimon gullardan tashkil topgan; b − urug‘kurtagi tuguncha devori bilan o‘ralgan; c − changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari bir-biri bilan qo‘shilib ketgana a− to‘pguli naysimon gullardan tashkil topgan; b − gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘t; c − barglari yonbargchali, toq bargchalari o‘rnida gajak hosil bo‘ladi a − tuxum hujayrasi murtak xaltasida yetiladi; b − changchilari gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan; c − burchoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘t 14 / 15 Lipazalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. 1) polisaxarid tarkibidagi monomerlarni bir-biridan ajratadi; 2) glikogendan glyukoza hosil bo‘lishida qatnashadi; 3) polimer tarkibidagi aminokislotalarni bir-biridan ajratadi; 4) dissimilyatsiya reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 5) sintez reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 6) lipidlardan glitserin va yog‘ kislotalari hosil qiladi; 7) me’da va ingichka ichakda faoliyat ko‘rsatadi; 8) peptid bo‘g‘larni uzishda qatnashadi. 1, 3, 6 2, 5, 8 4, 6, 7 2, 4, 7 15 / 15 Dala qirqbo‘g‘imi va zuhrasoch qirqqulog‘ining hayot sikli uchun umumiy bosqichlar ketma- ketligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan. sporofit - spora beruvchi boshoq - sporofill - sorus - spora - ikki jinsli gametofit - gametalar - zigota - murtak - sporofit sporofit - sorus - sporangiy - spora - ikki jinsli gametofit - gametalar - zigota - murtak - sporofit spora - sporofit - arxegoniy va anteridiy - gametalar - zigota - murtak - gametofit - sporangiy - spora spora - gametofit - arxegoniy va anteridiy - gametalar - zigota - murtak - sporofit - sporangiy - spora 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Biologiya olimpiada, Viloyat 2022-2023 o'quv yili