9-sinf Biologiya olimpiada №5 Oktabr 16, 2023Avgust 19, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Biologiya olimpiada №5 ga 1 fikr bildirilgan 0 123456789101112131415 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 4-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 15 Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4)katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi. 4, 5, 2, 3, 1 1, 4, 5, 2, 3 2, 3, 1, 4, 5 3, 1, 4, 5, 2 2 / 15 Rezus omil qonning qaysi qismida aniqlangan? eritrotsit leykotsit plazma trombotsit 3 / 15 Baliqlarning jabralari... (1) qismlardan iborat bo‘lib, gaz almashinuvi... (2) qismida sodir bo‘ladi. a) jabra ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar. 1-a, d, e; 2-e, f 1-a, b, c, d; 2-a, f 1-a, b, d; 2-c, f 1-a, b, c, d; 2-е 4 / 15 Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga. a-1, 3,4,7,8, 11; b-2, 5, 6,9, 10 a-1, 3, 7, 8; b-2,4, 5, 6, 9, 10, 11 a-1, 3, 4,7,8; b-2, 5, 6, 9,10, 11 a-1,4, 7, 8,11; b-2, 3, 5, 6, 9, 11 5 / 15 O‘simlikxo‘r umurtqali (a), yirtqich umurtqasiz (hayvonlarni aniqlang. 1) arxar; 2) tillako‘z; 3) kolorado qong‘izi; 4) jayron; 5) miqqiy; 6) falanga; 7) zubr; 8) chirildoq; 9) biy; 10) qaldirg‘och a – 1, 7; b – 9, 10 a – 1, 4; b – 2, 6 a – 2, 3; b – 4, 5 a – 4, 8; b – 5, 10 6 / 15 Odam organizmidagi nefronlarning qaysi qismi buyrakning po‘stloq qismida joylashmagan? Genle halqasi ikkilamchi ilonizi naychalar birlamchi ilonizi naychalar Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi 7 / 15 Zuhrasochning sporofiti uchun xos bo‘lgan (va xos bo‘lmagan (javobni belgilang. 1) spora hosil qiluvchi bo‘rtmachaga ega emas; 2) zigota hosil qiladi; 3) soruslarga ega; 4) yashil, yuraksimon o‘simtaga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) ildizpoyali o‘simlik; 7) ko‘p hujayrali arxegoniyga ega. a-1, 6; b-2, 4 a-3, 6; b-1, 2 a-2, 7; b-3, 4 a-5, 7; b-3, 4 8 / 15 Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang. juft tuyoqlilar, karpsimonlar bakra baliqlar, dumlilar toq tuyoqlilar, yapaloqqushlar kaptarsimonlar, losossimonlar 9 / 15 D B C A 10 / 15 B D C A 11 / 15 Lipazalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. 1) polisaxarid tarkibidagi monomerlarni bir-biridan ajratadi; 2) glikogendan glyukoza hosil bo‘lishida qatnashadi; 3) polimer tarkibidagi aminokislotalarni bir-biridan ajratadi; 4) dissimilyatsiya reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 5) sintez reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 6) lipidlardan glitserin va yog‘ kislotalari hosil qiladi; 7) me’da va ingichka ichakda faoliyat ko‘rsatadi; 8) peptid bo‘g‘larni uzishda qatnashadi. 2, 4, 7 2, 5, 8 4, 6, 7 1, 3, 6 12 / 15 Oq shuvoq (a), oddiy g‘o‘za (b) va no‘xat (c) o‘simliklariga xos bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a− to‘pguli naysimon gullardan tashkil topgan; b − gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘t; c − barglari yonbargchali, toq bargchalari o‘rnida gajak hosil bo‘ladi a − to‘pguli ikki jinsli tilsimon gullardan tashkil topgan; b − urug‘kurtagi tuguncha devori bilan o‘ralgan; c − changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari bir-biri bilan qo‘shilib ketgana a − tuxum hujayrasi arxegoniy ichida yetiladi; b − changchilari ko‘p, iplari bir-biri bilan qo‘shilib, urug‘chini o‘rab turadi; c − gullari qiyshiq, ildizi o‘q ildiz tizimli a − tuxum hujayrasi murtak xaltasida yetiladi; b − changchilari gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan; c − burchoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘t 13 / 15 Dala qirqbo‘g‘imi va zuhrasoch qirqqulog‘ining hayot sikli uchun umumiy bosqichlar ketma- ketligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan. spora - gametofit - arxegoniy va anteridiy - gametalar - zigota - murtak - sporofit - sporangiy - spora sporofit - sorus - sporangiy - spora - ikki jinsli gametofit - gametalar - zigota - murtak - sporofit spora - sporofit - arxegoniy va anteridiy - gametalar - zigota - murtak - gametofit - sporangiy - spora sporofit - spora beruvchi boshoq - sporofill - sorus - spora - ikki jinsli gametofit - gametalar - zigota - murtak - sporofit 14 / 15 Selluloza qobig‘iga ega bo‘lmagan organizmlarga zarar keltiruvchi eukariot (a) va hayotning hujayraviy shakli bo‘lmagan (b) organizmlarni aniqlang. 1) kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi; 2) ensefalit qo‘zg`atuvchisi; 3) vertisill; 4) nozema; 5) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 6) qutirish qo‘zg`atuvchisi; 7) leshmaniya; 8) vabo qo‘zg‘atuvchisi a-1, 5; b-4, 3 a-4, 7; b-2, 6 a-5, 8; b-2, 6 a-5, 6; b-2, 3 15 / 15 Jayron (a) va miqqiy (b) uchun tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) miyacha po‘stlog‘ida burmalari mavjud; 2) jag‘lari muguz tumshuqqa aylangan; 3) urg‘ochisi geterogametali; 4) bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro birikib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi; 5) oshqozoni to‘rt bo‘lmadan iborat; 6) oshqozoni ikki bo‘lmadan iborat; 7) gomoyoterm organizm; 8) yuragi ikkita bo‘lmacha va ikkita qorinchadan tashkil topgan; 9) embrional rivojlanish davri tashqi muhitda amalga oshadi; 10) ichki urug‘lanish kuzatiladi; 11) yo‘g‘on ichagi qisqa, to‘g‘ri ichagi bo‘lmaydi; 12) buyraklari nefronlardan tashkil topgan a − 1, 3, 4, 6, 8, 12; b − 1, 5, 7, 9, 10, 11 a − 1, 4, 6, 10, 12; b − 3, 5, 7, 8, 9, 10 a − 1, 5, 7, 8, 9; b − 1, 2, 6, 8, 11, 12 a − 5, 7, 8, 10, 12; b − 2, 4, 6, 8, 9, 11 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Biologiya olimpiada, Viloyat 2022-2023 o'quv yili