9-sinf Tarix olimpiada №5 Oktabr 24, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Tarix olimpiada №5 ga fikr bildirilmagan. 24 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Tarix olimpiada №5 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Qaysi tarixchi o‘z qaydnomalarida Amir Temur qo‘shinlarida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lganligini yozib qoldirgan? A) Ibn Battuta B) Ibn Xaldun C) Abu Bakr Kalaviy D) Ibn Arabshoh 2 / 30 2. Amerigo Vespuchchi vatani tarixiga oid to`g`ri javobni toping. A) 1872-yilda Fransiya ta`sirida bo`lgan Rim shahri Italiya qirolligiga qo`shib olindi B) Italiyani birlashtirish Sitsiliya qirolligi zimmasiga tushdi C) J.Garibaldi Avstriya zulmiga qarshi kurashda Fransiya bilan shartnoma tuzishga erishgan D) J.Garibaldi Palermoni egallaganidan so`ng Neapolga yurish qildi 3 / 30 3. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. B) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. C) Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, qalb, o‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi. D) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. 4 / 30 4. Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping. 1) “Uzoq muddatli parlament”; 2) protektor; 3) “Sharafli inqilob”; 4) Respublika; 5) “chartistlar harakati”; 6) “Buyuk ozodlik xartiyasi”; 7) imperiya A) 1, 3, 7 B) 2, 3, 4 C) 4, 5, 6 D) 5, 6, 7 5 / 30 5. Kudzula Kadfiz davrida qaysi hududlar kushonlar davlatiga qo’shib olingan? A) Parfiya va Xitoy B) Baqtriya va Xorazm C) Afg’oniston va Kashmir D) Hindiston va Eron 6 / 30 6. Quyidagi me’moriy obidalarni qayerda qurilganiga ko’ra to’g’ri yozilgan javobni toping 1.Olloqulixon madrasasi 2.Sulton Murodxon madrasasi 3.Baroqxon madrasasi A) 1-Qo’qon, 2-Toshkent, 3-Xiva B) 1-Xiva, 2-Qo’qon, 3-Toshkent C) 1-Toshkent, 2-Xiva, 3-Buxoro D) 1-Samarqand, 2-Buxoro, 3-Qo’qon 7 / 30 7. Qaysi Xuroson noibi VIII asr boshlarida arablarning Movarounnahrga harbiy yurishlariga boshchilik qilgan? A) Nasr ibn Sayyor B) Qutayba ibn Muslim C) Ashros D) Ubaydulloh ibn Ziyod 8 / 30 8. Abu Rayhon Beruniy nechta yulduzning koordinatalari va kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini tuzgan? A) 1001 B) 1014 C) 1029 D) 1018 9 / 30 9. Germaniyada 1524-yilda boshlangan dehqonlar qo’zg’oloniga kim boshchilik qilgan? A) Jan Kalvin B) Tomas Myunser C) Ignatiy Lyola D) Martin Lyuter 10 / 30 10. Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil topgan? A) 1886-yil B) 1865-yil C) 1847-yil D) 1867-yil 11 / 30 11. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining 4-bosqichida kimlar bo’ysundirildi? A) xivaliklar B) turkmanlar C) qo’qonliklar D) qirg’izlar 12 / 30 12. Qo’l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish degan ma’noni anglatuvchi atamani toping A) aksiya B) burjuaziya C) birja D) manufaktura 13 / 30 13. 1870-yilda qaysi davlatlar o’rtasida urush boshlangan? A) Fransiya-Buyuk Britaniya B) Germaniya-Rossiya C) Rossiya-Yaponiya D) Fransiya-Prussiya 14 / 30 14. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi qaysi yillarda amalga oshirilgan? A) 1868-1880-yillarda B) 1847-1885-yillarda C) 1845-1890-yillarda D) 1870-1887-yillarda 15 / 30 15. “Uchlar ittifoqi”ni tashkil etilganligi qaysi davlatlarni yaqinlashishga majbur etdi? A) Italiya va Germaniyani B) Avstriya-Vengriya va Rossiyani C) Fransiya va Rossiyani D) Buyuk Britaniya va Germaniyani 16 / 30 16. Fransiya Prussiya bilan bo’lgan jangda qancha zarar ko’rgan? A) 13 mlrd frank B) 15 mlrd. frank C) 5 mlrd. frank D) 10 mlrd. frank 17 / 30 17. Rossiya imperyasidan kimlar boshchiligidagi Xiva xonligiga yuborilgan ekspeditsiyalar muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan? A) I. Volf, V. Perovskiy B) M. Murkford, A. Byorns C) Bekovich-Cherkasskiy, V. Perovskiy D) Lessar, M. Murkford 18 / 30 18. XIX asr oxiri-XXasr boshlarida qaysi davlatlar juda katta mustamlakalarga ega bo’lib oldilar? A) Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya B) Italiya, Ispaniya, Rossiya C) Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya D) Germaniya, Italiya, Yaponiya 19 / 30 19. Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan 1857- yilda Rossiya bo’ylab sayohat qilgan ma’rifatparvarni toping A) Ogahiy B) Munis C) Mirxond D) Ahmad Donish 20 / 30 20. Buxoro amirligi va Xiva xonligida qo’shinlarning bosh qo’mondoni nomlanishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping A) sadr va mehtar B) ko’kaldosh va devonbegi, C) to’pchiboshi va yasovulboshi D) mirshab va muxtasib 21 / 30 21. Rimda qaysi lavozim qashshoq rimliklar manfaatlarini ifoda etib, “veto” so’zini ham aytishi mumkin bo’lgan? A) liktor B) xalq tribuni C) diktator D) konsul 22 / 30 22. Arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonga kimlar boshchilik qilishgan? A) Abruy va Divashtich B) Tohir ibn Husayn va Abruy C) Amir ibn Lays va Xudoydod D) Muqanna va Rofe ibn Lays 23 / 30 23. Ismoil Somoniy Movarounnahr va Xurosonni o’z qo’l ostida birlashtirgandan so’ng qaysi Shahar bu ikki davlatning poytaxtiga aylangan? A) Samarqand B) Buxoro C) Taroz D) Naxshab 24 / 30 24. Franklar davlatiga kim asos slogan? A) Alfred B) Xlodvig C) Buyuk Karl D) Genrix 25 / 30 25. Ilk o’rta asrlarda qayerlarning hokimlari “ixshid” deb atalgan? A) Tohariston va Kesh B) Sug’d va Farg’ona C) Buxoro va Xorazm D) Ustrushona va Choch 26 / 30 26. Vizantiya imperiyasi o’z qudrati cho’qqisiga kimning hukmdorligi davrida erishgan? A) Yustinian I B) Velisariy C) Boleslav I D) Feodora 27 / 30 27. XIX asr 60-yillari Fransiya iqtisodiy taraqqiyotda qaysi qo’shni davlatlaridan orqada qolayotgan edi? A) Ispaniya va Belgiya B) Belgiya va Germaniya C) Italiya va Ispaniya D) Buyuk Britaniya va Germaniya 28 / 30 28. Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan qaysi viloyatlardan iborat bo’lgan? A) Zarafshon va Farg’ona B) Kaspiyorti va Yettisuv C) Sirdaryo va Yettisuv D) Buxoro va Zarafshon 29 / 30 29. Xonliklarda sug’orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan kimlar shug’ullanganlar? A) mehtarlar B) mutavalli C) muxtasiblar D) miroblar 30 / 30 30. O’rta Osiyo xonliklarida “amlok” deb qanday yer egaligiga nisbatan ishlatilgan? A) xususiy yerlarga B) jamoa yerlariga C) madrasa yerlariga D) davlat yerlariga 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix olimpiada