11-sinf Biologiya olimpiada №5 Oktabr 16, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Biologiya olimpiada №5 ga fikr bildirilmagan. 4 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 7-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Kartoshkaning kechpishar navini aniqlang. A) Obidov B) Samarqand C) Nimrang D) Sanzor 2 / 24 2. Pomidor o‘simligi hujayrasida qalampir hujayrasiga nisbatan ikki barobar kam xromosomalar bo‘ladi. Pomidor o‘simligi ildizining hujayrasida interfazaning G2 davridagi hujayra yadrosida DNK molekulalari soni nechtaga yetadi? A) 76 B) 12 C) 24 D) 48 3 / 24 3. Odam organizmidagi gistologik(a) va anatomik(b) belgilarni ajrating. 1.yetilgan eritrositlar yadrosiz bo`lib, o`rtasi botiq, yumoloq shaklda bo`ladi. 2.yelkaning orqa qismida 3 boshli muskul joylashgan 3.trapedsiyasimon muskul gavdani orqa sohasida joylashagn 4.silliq tolali muskullar duksimon shaklda bo`lib hujayrasida bitta yadro bo`ladi. 5.nerv hujayrasi kalta dendrit va uzun akson iborat 6.neyrogliya bosh va orqa miya atrofida joylashgan A) a-1,4 b-2,6 B) a-4,5 b-2,3 C) a-3,4 b-1,6 D) a-1,3 b-4,6 4 / 24 4. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang. A) 19 B) 21 C) 20 D) 18 5 / 24 5. Ko‘lbuqada ovogenez jarayonida kuzatiladigan hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo’ladi A) 2, 4 B) 3.6 C) 1, 5 D) 4, 5 6 / 24 6. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi A) I – 3, 6; II – 4, 5 B) I – 4, 6; II – 2, 3 C) I – 3, 5; II – 2, 4 D) I – 1, 4; II – 5, 6 7 / 24 7. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. A) 1 − tabiiy holda Habashiston biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; 3 − yuragi to‘rt kamerali B) 1 − tabiiy holda Neotropik biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – tuyoqli sutemizuvchilar turkumi vakili; 3 − jish bola ochadi C) 1 − zubr bilan bir turkumga mansub; 2 − diafragma rivojlangan; 3 − bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud D) 1 − diafragmaga ega; 2 − oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 3 − yuragi uch kamerali 8 / 24 8. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi A) a-4; b-2 B) a-2; b-5 C) a-1; b-4 D) a-3; b-1 9 / 24 9. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni B) o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni C) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni D) aorta qon tomiri - vena qoni, o‘pka arteriyasi - arteriya qoni 10 / 24 10. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan? A) sudralib yuruvchilar sinf B) tovuqlarning Pervomaysk zoti C) tovus kaptar D) qirg‘ovulning Murg‘ob kenja turi 11 / 24 11. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi A) 1 - a; 2 - c, d B) 1 - b; 2 - a, c C) 1 - c, d, e; 2 - a, b, f D) 1 - a, d, f; 2 - c, b, e 12 / 24 12. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol A) I – b, c, f; II – a, d, e B) I – a, d, e; II – b, c, f C) I – c, d, e; II – a, b, f D) I – a, d, f; II – b, c, e 13 / 24 13. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi A) 1, 4 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 2, 3 14 / 24 14. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin A) 3, 5, 7, 8, 9 B) 2, 3, 4, 6, 10 C) 1, 2, 6, 10 D) 4, 5, 7, 9 15 / 24 15. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 3, 4 B) 1, 2 C) 3, 5 D) 2, 5 16 / 24 16. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A) jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi B) zamburug‘larning paydo bo‘lishi; ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi C) xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi D) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi 17 / 24 17. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka; A) a-1, 2; b-4, 8 B) a-1, 3; b-5, 8 C) a-1, 7; b-2, 8 D) a-3, 6; b-5, 7 18 / 24 18. Oddiy lipidni aniqlang. A) glikoprotein B) glikolipid C) fosfolipid D) mum 19 / 24 19. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. A) 1, 2 B) 2, 5 C) 3, 5 D) 1, 4 20 / 24 20. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. B) Ushbu oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 25%. C) Ushbu oilada daltonik qizlarning tug‘ilish ehtimolligi 0%. D) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. 21 / 24 21. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi A) I-3; II-2 B) I-1; II-2 C) I-2; II-1 D) I-2; II-3 22 / 24 22. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 10 yoki 8 B) 14 yoki 22 C) 16 yoki 20 D) 11 yoki 7 23 / 24 23. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi A) a-2, 3; b-4, 6 B) a-1, 5; b-2, 6 C) a-6, 7; b-1, 5 D) a-2, 7; b-3, 5 24 / 24 24. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) oddiy jag‘-jag‘, g‘o‘za, karam B) bangidevona, turp, arpa C) beda, burchoq, loviya D) lola, boychechak, bug‘doy 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Biologiya olimpiada