10-sinf Biologiya olimpiada №5

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Biologiya olimpiada №5

2022-yil 6-noyabr:

2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

1 / 30

1. Bug‘doy donining rangi 2 ta noallel gen (A1 va A2) ta’sirida rivojlanadi. Qizil va oq rangli bug‘doylar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da hosil bo‘lgan och qizil (a) va och pushti bug‘doylar (b) necha xil genotipga ega bo‘ladi?

2 / 30

2. Asosan o‘simlik mahsulotlarida uchraydigan vitaminni belgilang.

3 / 30

3. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,2kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan o`simliklar orasida ajralish ro`y beradigan mevasi eng yengil o`simliklar sonini aniqlang.

4 / 30

4. Emuni embrional rivojlanishiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi

5 / 30

5. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga.

6 / 30

6. Ko‘sak mevaga ega bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g‘o‘za.

7 / 30

7. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi

8 / 30

8. Qanday jarayonda quyidagi reaksiya amalga oshadi? ATF + H2O → ADF + H3PO4 + energiya (40 kJ)

9 / 30

9. Qaysi javobda aminokislotalar berilgan?

10 / 30

10. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya

11 / 30

11. Tovuq va xo‘rozlarda toj shakli allel bo‘lmagan gen ta’sirida komplementar irsiylanadi. Tajribada oddiy va digomozigota yong‘oqsimon tojli tovuq va xo‘rozlar chatishtirildi. F1 da olingan tovuq va xo‘rozlar o‘zaro qayta chatishtirilganda hosil bo‘ladigan F2 avlodning fenotipi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan?

12 / 30

12. Quyidagi hujayra tuzilmalariga (a-e) xos xususiyatlarni (1-16) to‘g‘ri juftlang. a) lizosoma; b) mitoxondriya; c) ribosoma; d) endoplazmatik to‘r; e) xloroplast 1) RNKni nukleotidlargacha parchalaydi; 2) DNKga ega; 3) glikogenni sintezlaydi; 4) bakteriya hujayrasida uchraydi; 5) uglevodni sintezlaydi; 6) zarpechak hujayrasida uchraydi; 7) Golji majmuasidan hosil bo‘ladi; 8)anabolizm jarayonida ishtirok etadi; 9) oqsil sintezlaydi; 10) sut kislotani oksidlaydi; 11) polimerazani sintezlaydi; 12) katabolizm reaksiyalarida ishtirok etadi; 13) ikki qavat membranaga ega; 14) kollenxima hujayrasida uchraydi; 15) fag tarkibida uchraydi; 16) oqsillarni aminokislotagacha parchalaydi

13 / 30

13. Hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lmagan (I), hujayra markazi yo‘q, lekin mitotik ipga ega bo‘lgan (II), hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lgan (III) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 2) pixta; 3) zog‘ora baliq; 4) kakku; 5) nostok; 6) spirogira; 7) beda; 8) sigirquyruq; 9) suqsun; 10) vabo qo‘zg‘atuvchisi

14 / 30

14. Gastrulyatsiya blastula hujayralarining o‘sib kirishi orqali kechadigan turkumlarni ko‘rsating.

15 / 30

15. Quyida Huntington kasalligining irsiylanishi keltirilgan. Ushbu kasallikning irsiylanish turini aniqlang.

16 / 30

16. Sog‘lom ota-onadan tug‘ilgan farzandlarda uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarni aniqlang? (Kasallikning hayotda orttirilishi inobatga olinmasin) 1) qandli diabet; 2) tug‘ma karlik; 3) polidaktiliya; 4) qo‘y ko‘zlik; 5) gemofiliya; 6) Daun sindromi; 7) Shershevsiy – Terner sindromi; 8) sil kasalligiga moyillik; 9) daltonizm; 10) albinizm; 11) ko‘z shox pardasini ko‘rlikka olib keluvchi irsiy degeneratsiya

17 / 30

17. Quyida berilgan o‘simliklarni (I-III) kelib chiqish markazi (a-e) va oilasining gul formulasi (1-6) bilan to‘g‘ri moslashtiring. I) yovvoyi no‘xat; II) tamaki; III) qalampir a) Janubiy Amerika markazi; b) O‘rta yer dengizi markazi; c) Efiopiya markazi; d) Markaziy Amerika markazi; e) Sharqiy Osiyo markazi. 1) Gk(3)+(5) Gt5 Ch(∞) U(∞); 2) Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2); 3) Gk4−5 Gt5,(5) Ch5 U(2); 4) Gk(5) Gt1+2+(2) Ch(9)+1 U1; 5) Og(2)+2 Ch3,6 U1; 6) Gk(5) Gt(5) Ch5 U1

18 / 30

18. Qaysi organizmlarning lichinkasi odamda (a), umurtqali hayvonlarda (b), umurtqasiz hayvonlarda (c) parazitlik qiladi? 1) ninachi; 2) baqachanoq; 3) exinokokk; 4) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 5) jigar qurti; 6) bo‘ka; 7) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 8) nozema

19 / 30

19. Exinokokkning embrional (a) va postembrional (b) davrida ro‘y beradigan jarayonlarni aniqlang. 1) iste’mol qilgan ozuqaning ichakda hazm bo‘lishi; 2) urug‘lanmagan tuxum hujayralarning rivojlanishi; 3) organ va to‘qimalar hosil bo‘lishi; 4) finna hosil bo‘lishi; 5) hujayralarning ixtisoslashuvi; 6) yangi bo‘g‘in hosil bo‘lishi; 7) so‘rg‘ichlari bilan hazm bo‘lgan ovqatni so‘rishi

20 / 30

20. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarni belgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza II; 3) metafaza II; a) diploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; b) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; c) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi; d) diploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi

21 / 30

21. Tallomga ega eukariot (a) va prokariot (b) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang? 1) nitella; 2) batsidiya; 3) nostok; 4) ulva; 5) xrokokk; 6) xantoriya; 7) ossilatoriya; 8) parmeliya

22 / 30

22. Biologik faol moddalarning odam organizmidagi funksiyalari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

23 / 30

23. Bir tup o‘simlikdagi gullari bitta gul formulasi bilan ifodalanadigan o‘simliklarni aniqlang. 1) terak; 2) qovoq; 3) gazanda; 4) qozonyuvg‘ich; 5) qayin; 6) yong‘oq; 7) Turkiston ismalog‘i; 8) itqovun; 9) makkajo‘xori; 10) kungaboqar

24 / 30

24. Qaysi jarayonlar moddalar almashinuvining dastlabki bosqichida sodir bo‘ladi? 1) oksidlanish; 2) translyatsiya; 3) proteazalar tomonidan oqsil parchalanishi; 4) lipazaning lipidlarga ta’siri; 5) reduplikatsiya; 6) amilazaning ta’siri; 7) oziqning mexanik o‘zgarishi; 8) transkripsiya; 9) o‘pkalar tomonidan karbonat angidridning ajratilishi; 10) fotosintez

25 / 30

25. Organizmlardagi qaysi jarayonlar postembrional davrda yuz beradi? 1) tut ipak qurtining g‘umbakka aylanishi; 2) yomg‘ir chuvalchangi mezodermasidan muskul to‘qimasining hosil bo‘lishi; 3) itbaliqda tashqi jabraning ichki jabra bilan almashinishi; 4) lansetnikda xordaning hosil bo‘lishi; 5) assidiyada fagositlarning hosil bo‘lishi; 6) itbaliqda ikki kamerali yurakning paydo bo‘lishi; 7)kapalak qurtlarida soxta oyoqlarning hosil bo‘lishi.

26 / 30

26. Korall poliplarining embrional rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating. 1)blastula; 2) blastulaning ichiga botib kirishi; 3) zigota; 4) gastrulyatsiya; 5) maydalanish; 6) blastula hujayralarining migratsiyasi; 7) lichinka; 8) organogenez; 9) yosh polip; 10) hujayralarning ixtisoslashuvi

27 / 30

27. Magnoliyasimon (a) va lolasimon (b) sinfiga mansub bo‘lgan, ko‘sak meva hosil qiluvchi o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) g‘o‘za; 6) yasmiq

28 / 30

28. Qarag‘ay va saksovul o‘simliklariga xos umumiy xususiyatlarni aniqlang.

29 / 30

29. Quyidagi rasmda meyoz bo‘linish jarayonidagi hujayraning replikatsiyalangan xromosomalari tasvirlangan. Xromosomalardagi uchta genning allellari - A, B va C ko‘rsatilgan (qora doiralar – sentromerani ifodalaydi). Qaysi javobda meyoz bo‘linishdan keyin eng kam ehtimolda hosil bo‘ladigan gameta genotipi berilgan.

30 / 30

30. Quyidagi organizmlarni (a-d) ularga tegishli qon aylanish sistemalari haqidagi ma’lumotlar (1-10) bilan to‘g‘ri juftlang. a)lansetnik; b) nutriya; c) yomg‘ir chuvalchangi; d) churrak 1)o‘pkadan keladigan arterial qon chap bo‘lmachaga quyiladi; 2) qoni qorin qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 3) chap qorinchadan chiqqan aorta yurakni chapdan aylanib, to‘sh suyagining orqasida ravoqni hosil qiladi; 4) to‘qimalardagi venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiladi; 5) chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi; 6) kislorod bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali oldinga oqadi; 7) karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali jabralarga keladi; 8) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 9) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing oldingi tomoniga oqadi; 10) to‘qimalarda karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0