Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №5 Biologiya olimpiadaViloyat 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 383 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 6-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Lansetnik embrionidagi blastomerlar 64 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo‘linishi kerak? A) 4 va 2 B) 4 va 3 C) 5 va 3 D) 2 va 1 2 / 30 2. Bug‘doy donining rangi 2 ta noallel gen (A1 va A2) ta’sirida rivojlanadi. Qizil va oq rangli bug‘doylar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da hosil bo‘lgan och qizil (a) va och pushti bug‘doylar (b) necha xil genotipga ega bo‘ladi? A) a-3; b-4 B) a-3; b-3 C) a-2; b-2 D) a-2; b-3 3 / 30 3. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga. A) a-1, 3, 4,7,8; b-2, 5, 6, 9,10, 11 B) )a-1, 3, 7, 8; b-2,4, 5, 6, 9, 10, 11 C) a-1,4, 7, 8,11; b-2, 3, 5, 6, 9, 11 D) a-1, 3,4,7,8, 11; b-2, 5, 6,9, 10 4 / 30 4. Tana massasi 70 kg bo‘lgan odamning bir kunlik qabul qilgan oziq moddalarining parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya miqdori 3000 kkal ni tashkil etsa, shu odamning asosiy moddalar almashnuvi uchun ketgan kkal energiya necha% ni tashkil etadi? A) 56%i B) 44%i C) 33%i D) 66%i 5 / 30 5. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang. A) 21 B) 20 C) 18 D) 19 6 / 30 6. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan? A) fotosintez qiluvchi ildizpoyali o‘simlik B) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi C) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi D) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik 7 / 30 7. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya A) a - fototrof organizm; b - prokariot organizm B) a - prokariot organizm; b - fototrof organizm C) a - eukariot organizm; b - yopishqoq lishaynik D) a - eukariot organizm; b - bargsimon lishaynik 8 / 30 8. Autotrof oziqlanish xususiyatiga ega prokariot (a) va eukariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) ossillatoriya; 2) oltingugurt bakteriyasi; 3) pichan bakteriyasi; 4) uchqat; 5) nitella; 6) volvoks; 7) midiya; 8) floks; 9) perlovitsa A) a-1, 2, 5; b-4, 8 B) a-2, 3; b-6, 7, 8 C) a-2; b-5, 8 D) a-3; b-7, 9 9 / 30 9. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan A) a-3; b-4; c-2; d-5 B) a-1, 2; b-4; c-5; d-3 C) a-4; b-1, 5; c-1, 3; d-2 D) a-2; b-4, 5; c-1, 2; d-3 10 / 30 10. Qaysi javobda aminokislotalar berilgan? A) tirozin, mum B) triptofan, uratsil C) prolin, tirozin D) fenilalanin, guanin 11 / 30 11. Hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lmagan (I), hujayra markazi yo‘q, lekin mitotik ipga ega bo‘lgan (II), hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lgan (III) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 2) pixta; 3) zog‘ora baliq; 4) kakku; 5) nostok; 6) spirogira; 7) beda; 8) sigirquyruq; 9) suqsun; 10) vabo qo‘zg‘atuvchisi A) I - 1, 5, 10; II - 2, 6, 7; III - 3, 4, 9 B) I - 1, 5, 8; II - 3, 6, 9; III - 2, 4, 7 C) I - 1, 10; II - 5, 6, 7; III - 4, 8, 9 D) I - 2, 6, 7; II - 3, 4, 9; III - 1, 5, 10 12 / 30 12. Qaysi jarayonlar moddalar almashinuvining dastlabki bosqichida sodir bo‘ladi? 1) oksidlanish; 2) translyatsiya; 3) proteazalar tomonidan oqsil parchalanishi; 4) lipazaning lipidlarga ta’siri; 5) reduplikatsiya; 6) amilazaning ta’siri; 7) oziqning mexanik o‘zgarishi; 8) transkripsiya; 9) o‘pkalar tomonidan karbonat angidridning ajratilishi; 10) fotosintez A) 2, 5, 8 B) 3, 4, 6 C) 3, 4, 8, 9 D) 1, 7, 9, 10 13 / 30 13. Exinokokkning embrional (a) va postembrional (b) davrida ro‘y beradigan jarayonlarni aniqlang. 1) iste’mol qilgan ozuqaning ichakda hazm bo‘lishi; 2) urug‘lanmagan tuxum hujayralarning rivojlanishi; 3) organ va to‘qimalar hosil bo‘lishi; 4) finna hosil bo‘lishi; 5) hujayralarning ixtisoslashuvi; 6) yangi bo‘g‘in hosil bo‘lishi; 7) so‘rg‘ichlari bilan hazm bo‘lgan ovqatni so‘rishi A) a-3, 5; b-6, 4 B) a-3, 5, 2; b-4, 6, 7 C) a-1, 2, 3; b-4, 5, 6 D) a-2, 6; b-7, 1, 4 14 / 30 14. Magnoliyasimon (a) va lolasimon (b) sinfiga mansub bo‘lgan, ko‘sak meva hosil qiluvchi o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) g‘o‘za; 6) yasmiq A) С) a-5; b-1 B) a-1; b-4 C) a-2; b-6 D) a-5; b-3 15 / 30 15. Qarag‘ay va saksovul o‘simliklariga xos umumiy xususiyatlarni aniqlang. A) urug‘idan ko‘payadi; urug‘kurtagi tuguncha ichida joylashgan; changdonlari mavjud; urug‘larida shamol yordamida tarqalish uchun qanotchalar mavjud B) urug‘kurtakka ega; urug‘kurtagi tuguncha ichida joylashgan; urug‘langan markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi C) urug‘larida shamol yordamida tarqalish uchun qanotchalar mavjud; urug‘chi gullari boshoq to‘pgulda joylashgan D) urug‘kurtakka ega; changdonlari mavjud; urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi 16 / 30 16. Biologik faol moddalarning odam organizmidagi funksiyalari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) antidiuretik gormon – reabsorbsiya jarayonini kuchaytirib, siydik ajralishini kamaytiradi B) timozin gormoni − jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi C) glukogon gormoni − qondagi ortiqcha glukozani glikogenga aylantiradi D) tiroksin gormoni − ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi 17 / 30 17. Qaysi organizmlarning lichinkasi odamda (a), umurtqali hayvonlarda (b), umurtqasiz hayvonlarda (c) parazitlik qiladi? 1) ninachi; 2) baqachanoq; 3) exinokokk; 4) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 5) jigar qurti; 6) bo‘ka; 7) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 8) nozema A) a — 7; b — 5; c — 8 B) a — 4; b — 5, 7; c — 1, 8 C) a — 3; b — 2; c — 5 D) a — 4; b — 3, 7; c — 2 18 / 30 18. Quyida berilgan o‘simliklarni (I-III) kelib chiqish markazi (a-e) va oilasining gul formulasi (1-6) bilan to‘g‘ri moslashtiring. I) yovvoyi no‘xat; II) tamaki; III) qalampir a) Janubiy Amerika markazi; b) O‘rta yer dengizi markazi; c) Efiopiya markazi; d) Markaziy Amerika markazi; e) Sharqiy Osiyo markazi. 1) Gk(3)+(5) Gt5 Ch(∞) U(∞); 2) Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2); 3) Gk4−5 Gt5,(5) Ch5 U(2); 4) Gk(5) Gt1+2+(2) Ch(9)+1 U1; 5) Og(2)+2 Ch3,6 U1; 6) Gk(5) Gt(5) Ch5 U1 A) I − c, 4; II − a, 6; III − d, 6 B) I − d, 3; II − a, 6; III − d, 1 C) I − c, 2; II − d, 6; III − b, 5 D) I − b, 4; II − e, 1; III − d, 6 19 / 30 19. Quyidagi rasmda meyoz bo‘linish jarayonidagi hujayraning replikatsiyalangan xromosomalari tasvirlangan. Xromosomalardagi uchta genning allellari - A, B va C ko‘rsatilgan (qora doiralar – sentromerani ifodalaydi). Qaysi javobda meyoz bo‘linishdan keyin eng kam ehtimolda hosil bo‘ladigan gameta genotipi berilgan. A) A2B1C1 B) A1B2C2 C) A1B1C1 D) A1B2C1 20 / 30 20. Korall poliplarining embrional rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating. 1)blastula; 2) blastulaning ichiga botib kirishi; 3) zigota; 4) gastrulyatsiya; 5) maydalanish; 6) blastula hujayralarining migratsiyasi; 7) lichinka; 8) organogenez; 9) yosh polip; 10) hujayralarning ixtisoslashuvi A) 3, 5, 1, 6, 10 B) 3, 1, 2, 4, 8 C) 3, 5, 1, 4, 9 D) 3, 1, 4, 8, 7 21 / 30 21. Quyidagi hujayra tuzilmalariga (a-e) xos xususiyatlarni (1-16) to‘g‘ri juftlang. a) lizosoma; b) mitoxondriya; c) ribosoma; d) endoplazmatik to‘r; e) xloroplast 1) RNKni nukleotidlargacha parchalaydi; 2) DNKga ega; 3) glikogenni sintezlaydi; 4) bakteriya hujayrasida uchraydi; 5) uglevodni sintezlaydi; 6) zarpechak hujayrasida uchraydi; 7) Golji majmuasidan hosil bo‘ladi; 8)anabolizm jarayonida ishtirok etadi; 9) oqsil sintezlaydi; 10) sut kislotani oksidlaydi; 11) polimerazani sintezlaydi; 12) katabolizm reaksiyalarida ishtirok etadi; 13) ikki qavat membranaga ega; 14) kollenxima hujayrasida uchraydi; 15) fag tarkibida uchraydi; 16) oqsillarni aminokislotagacha parchalaydi A) a-7, 10, 16; b-2, 6, 12; c-6, 8, 11, 14, 15; d-3, 8, 9; e-2, 5, 8, 14 B) a-1, 14, 16; b-6, 10, 13; c-6, 8, 11, 14; d-13, 4, 8, 9; e-2, 5, 6, 14, 13 C) a-1, 14, 16; b-2, 6, 13; c-6, 8, 11, 14, 15; d-3, 7, 9; e-2, 5, 13, 14 D) a-1, 7, 12, 16; b-2, 6, 10; c-4, 6, 8, 9, 11, 14; d-5, 6, 8; e-2, 5, 8, 14 22 / 30 22. Quyidagi organizmlarni (a-d) ularga tegishli qon aylanish sistemalari haqidagi ma’lumotlar (1-10) bilan to‘g‘ri juftlang. a)lansetnik; b) nutriya; c) yomg‘ir chuvalchangi; d) churrak 1)o‘pkadan keladigan arterial qon chap bo‘lmachaga quyiladi; 2) qoni qorin qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 3) chap qorinchadan chiqqan aorta yurakni chapdan aylanib, to‘sh suyagining orqasida ravoqni hosil qiladi; 4) to‘qimalardagi venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiladi; 5) chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi; 6) kislorod bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali oldinga oqadi; 7) karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali jabralarga keladi; 8) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 9) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing oldingi tomoniga oqadi; 10) to‘qimalarda karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi. A) a − 7, 9; b − 3, 4; c − 2, 8; d − 4, 5 B) a − 6, 10; b − 1, 5; c − 2, 9; d − 1, 3 C) a − 7, 10; b − 1, 3; c − 2, 9; d − 1, 5 D) a − 7, 10; b − 1, 4; c − 6, 8; d − 1, 3 23 / 30 23. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarni belgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza II; 3) metafaza II; a) diploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; b) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; c) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi; d) diploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi A) 1-а; 2-с; 3-d B) 1-d; 2-b; 3-а C) 1-с; 2-d; 3-b D) 1-d; 2-с; 3-d 24 / 30 24. Organizmlardagi qaysi jarayonlar postembrional davrda yuz beradi? 1) tut ipak qurtining g‘umbakka aylanishi; 2) yomg‘ir chuvalchangi mezodermasidan muskul to‘qimasining hosil bo‘lishi; 3) itbaliqda tashqi jabraning ichki jabra bilan almashinishi; 4) lansetnikda xordaning hosil bo‘lishi; 5) assidiyada fagositlarning hosil bo‘lishi; 6) itbaliqda ikki kamerali yurakning paydo bo‘lishi; 7)kapalak qurtlarida soxta oyoqlarning hosil bo‘lishi. A) 1, 7 B) 2, 4, 7 C) 1, 3, 5 D) 3, 5, 6 25 / 30 25. Quyida Huntington kasalligining irsiylanishi keltirilgan. Ushbu kasallikning irsiylanish turini aniqlang. A) autosomada dominant B) autosomada retsessiv C) jinsiy X xromosomada retsessiv D) jinsiy X xromosomada dominant 26 / 30 26. Gastrulyatsiya blastula hujayralarining o‘sib kirishi orqali kechadigan turkumlarni ko‘rsating. A) tangachalilar, tovuqsimonlar B) dumsizlar, dumlilar C) dumlilar, tangachalilar D) timsohlar, kurakoyoqlilar 27 / 30 27. Tovuq va xo‘rozlarda toj shakli allel bo‘lmagan gen ta’sirida komplementar irsiylanadi. Tajribada oddiy va digomozigota yong‘oqsimon tojli tovuq va xo‘rozlar chatishtirildi. F1 da olingan tovuq va xo‘rozlar o‘zaro qayta chatishtirilganda hosil bo‘ladigan F2 avlodning fenotipi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan? A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 28 / 30 28. Tallomga ega eukariot (a) va prokariot (b) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang? 1) nitella; 2) batsidiya; 3) nostok; 4) ulva; 5) xrokokk; 6) xantoriya; 7) ossilatoriya; 8) parmeliya A) a-6, 4, 7, 2; b-3, 1, 5 B) a-2, 6, 8; b-1, 3, 5, 7 C) a-1, 4, 8; b-3, 5, 7 D) a-8, 1, 6, 4, 2; b-7, 3 29 / 30 29. Sog‘lom ota-onadan tug‘ilgan farzandlarda uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarni aniqlang? (Kasallikning hayotda orttirilishi inobatga olinmasin) 1) qandli diabet; 2) tug‘ma karlik; 3) polidaktiliya; 4) qo‘y ko‘zlik; 5) gemofiliya; 6) Daun sindromi; 7) Shershevsiy – Terner sindromi; 8) sil kasalligiga moyillik; 9) daltonizm; 10) albinizm; 11) ko‘z shox pardasini ko‘rlikka olib keluvchi irsiy degeneratsiya A) 7, 1, 5, 9, 6 B) 1, 3, 2, 10 C) 2, 5, 1, 8, 10 D) 8, 11, 2, 5 30 / 30 30. Bir tup o‘simlikdagi gullari bitta gul formulasi bilan ifodalanadigan o‘simliklarni aniqlang. 1) terak; 2) qovoq; 3) gazanda; 4) qozonyuvg‘ich; 5) qayin; 6) yong‘oq; 7) Turkiston ismalog‘i; 8) itqovun; 9) makkajo‘xori; 10) kungaboqar A) 1, 3, 7 B) 2, 4, 10 C) 2, 4, 8 D) 5, 6, 9 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz