11-sinf Biologiya olimpiada №5

0

11-sinf Biologiya olimpiada №5

2022-yil 7-noyabr:

2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

1 / 24

1. Pomidor o‘simligi hujayrasida qalampir hujayrasiga nisbatan ikki barobar kam xromosomalar bo‘ladi. Pomidor o‘simligi ildizining hujayrasida interfazaning G2 davridagi hujayra yadrosida DNK molekulalari soni nechtaga yetadi?

2 / 24

2. DNK fragmentida jami 1632 ta vodorod bog‘i mavjud bo‘lib, ushbu DNK fragmentining uzunligi 231,2 nm teng. Ushbu DNK fragmentidagi adenin nukleotidlari sonini aniqlang.

3 / 24

3. Duplikatsiya(a) va insersiya(b) ga xos xususiyatni aniqlang. 1.xromasomaning o`rta qismini ortishi 2.xromasomaning ayrim qismini ortishi 3.DNK bo`lagini ikki hissa ortishi 4.DNK genomining ma`lum joyga kiritish

4 / 24

4. Emuni embrional rivojlanishiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi

5 / 24

5. Odam organizmidagi anatomik(a) va gistologik(b) belgilarni ajrating. 1.teri epiteliysi yassi shaklda bo`lib, ko`p qavatli bo`ladi 2.tukli epiteliy burun bo`shli`gida, kubsimon epiteliy buyraklarda joylashgan 3.tikuvchi skelet muskuli sonda joylashgan 4.suyakni 33% osseinlar tashkil qiladi 5.qalqon orqa bezi qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi 6.tiroksinning 65% dan ko`prog`I yod moddasidan iborat

6 / 24

6. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin

7 / 24

7. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi

8 / 24

8. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang.

9 / 24

9. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang.

10 / 24

10. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang.

11 / 24

11. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan.

12 / 24

12. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka;

13 / 24

13. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi

14 / 24

14. Oddiy lipidni aniqlang.

15 / 24

15. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang.

16 / 24

16. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan?

17 / 24

17. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi

18 / 24

18. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan?

19 / 24

19. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi

20 / 24

20. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang.

21 / 24

21. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi.

22 / 24

22. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi

23 / 24

23. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi

24 / 24

24. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0