Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №5 Tarix olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 170 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Tarix olimpiada №5 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Kamoliddin Behzod o‘z davrida qanday nom bilan ulug‘langan? A) “Qiblat ul-kuttob” B) “Aflotuni zamon” C) “Moniyi Soniy” D) “val-milla” 2 / 30 2. Farg`ona vodiysida qachon favqulodda holat e`lon qilindi? A) 1921-yil 13-sentyabrda B) 1920-yil 3-mayda C) 1920-yil 6-martda D) 1921-yil 3-noyabrda 3 / 30 3. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik bilan bog‘liqligi; B) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; C) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; D) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg‘oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; 4 / 30 4. Rus milliy teatri shakllanishida katta hissa qo‘shgan F. G. Volkovning asl kasbi nima edi? A) aktyor B) quruvchi C) savdogar D) shoir 5 / 30 5. 800-yilda Rim papasi Lev III qaysi hukmdorga imperatorlik tojini kiygizadi? A) Buyuk Alfred B) Buyuk Karl C) Xlodvig D) Otton III 6 / 30 6. Qaysi davlat sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi bo’yicha XX asr boshlarida AQSHdan keyingi ikkinchi o’ringa chiqib oldi? A) Fransiya B) Germaniya C) Buyuk Britaniya D) Italiya 7 / 30 7. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining to’rtinchi bosqichida kimlar bo’ysundirilgan? A) Xiva xonligi B) qozoqlar C) Qo’qon xonligi D) turkmanlar 8 / 30 8. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi qaysi yillarda amalga oshirilgan? A) 1870-1887-yillarda B) 1847-1885-yillarda C) 1868-1880-yillarda D) 1845-1890-yillarda 9 / 30 9. Usmonli davlati tarixida kimning davri “zulm davri” nomini olgan? A) Abdulaziz B) Murod V C) Abdulhamid II D) Anvarbey 10 / 30 10. 1898-yilda ikkinchi jadid maktabi kim tomonidan va qaysi shaharda ochilgan? A) Shamsiddin domla, Andijonda B) Salohiddin domla, Qo’qonda C) Mannon qori, Toshkentda D) Abdurauf Fitrat, Buxoroda 11 / 30 11. Nechanchi asrdan boshlab arab va fors manbalarida “Dashti Qipchoq” deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi? A) XV asrdan B) XII asrdan C) X asrdan D) XI asrdan 12 / 30 12. Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo’zg’oloni yuz bergan vaqtda bo’lgan voqeani toping A) Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlandi B) Braziliyada Pedru II taxtdan voz kechdi C) Yaponiya konstitutsiyasi qabul qilindi D) Parij shahrida AQSH-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi 13 / 30 13. Buxoro amirligida aholi bog’lar va polizlardan olingan daromadlar uchun alohida qanday yig’im to’lashgan? A) cho’p puli B) kafsan C) solg’ut D) tanobona 14 / 30 14. Xiva xonligida “afanak puli” kimning foydasi uchun yig’ilgan? A) arizalarni ko’rib chiquvchi amaldorlarning B) xon farmonlarini e’lon qiluvchi jarchining C) qo’shin boshlig’ining D) soliq yig’uvchilarning 15 / 30 15. Muhammad Shayboniyxon nima uchun 1507-yilda pul islohotini o’tkazdi? A) soliqlarni 4 barobar oshirish va tangadagi kumush foizini pasaytirish uchun B) xonlik xonadoni xarajatlarini qoplash uchun C) xonlik iqtisodiyotini tartibga solish va savdoni rivojlantirish uchun D) xonlik xazinasini boyitish uchun 16 / 30 16. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahri nechta dahaga bo’lingan va shaharning nechta darvozasi bo’lgan? A) 10 daha, 8 ta darvoza B) 4 daha, 12 darvoza C) 2 daha, 12 darvoza D) 3 daha, 6 darvoza 17 / 30 17. Toshkentda qachon “Shahar nizomi” joriy etilgan va unga muvofiq Shahar boshqaruvi Dumaga o’tgan edi? A) 1892-yil B) 1877-yil C) 1868-yil D) 1867-yil 18 / 30 18. Qaysi hududlar Sharqiy Turk hoqonligi tasarrufida bo’lgan? A) Xitoy, Eron, Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tutashgan hududlar B) Janubiy Sibir, Urxun havzasi, Shimoliy Xitoy C) Xitoy, Mo’g’uliston, Hindiston D) Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tutashgan hududlar 19 / 30 19. Avstriya-Vengriya imperiyasining Vengriya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarini toping 1.Chexiya 2.Xorvatiya 3.Galitsiya 4.Bukovina 5. Transilvaniya 6. Slovakiya 7. Moraviya A) 4,6,7 B) 1,2,7 C) 3,4,5 D) 2,5,6 20 / 30 20. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo’lishi uchun kim “Qoraqalpoq ulusi”ni shakllantirdi? A) Muhammad Rahimxon II B) Olloqulixon C) Eltuzarxon D) Muhammad Rahimxon I 21 / 30 21. XIX asrning 70-yillarida ajnabiylar Xitoyning nechta bandargohiga bemalol kirardilar va o’zlarini xo’jayinlardek tutardilar? A) 26 B) 22 C) 17 D) 10 22 / 30 22. Rim papasining gunohlarni avf etganlik to’g’risidagi maxsus yorlig’i qaysi javobdagi atamaga mos keladi? A) indulgensiya B) reformatsiya C) interdikt D) individualizm 23 / 30 23. Tarixda “Vabo isyoni” deb nom olgan qo’zg’olon qachon yuz bergan? A) 1892-yil B) 1878-yil C) 1885-yil D) 1882-yil 24 / 30 24. VI asr oxirlarida qanday xavf Xitoyning birlashuviga sabab bo’ldi? A) iqtisodiy inqiroz xavfi B) aholining kamayib ketish xavfi C) mamlakatdagi qo’zg’olon xavfi D) Turk hoqonligining hujumi xavfi 25 / 30 25. Qo’qon xonligida qaysi lavozim nafaqat Bosh qo’mondon va ayni paytda Bosh vazir vazifasini ham bajargan? A) mirzaboshi B) mingboshi C) devonbegi D) parvonachi 26 / 30 26. Yevropada uchinchi salib yurishlarining tashkil qilinishiga sabab bo’lgan voqeani toping A) Misr sultoni Salohiddin Ayubiyning 1187-yilda salibchilardan Quddusni tortib olgani uchun B) musulmon hukmdorlarining salibchilar ustidan g’alaba qilayotgani uchun C) Rim papasi Urban II xohlagani uchun D) Fransiya qirolining taklifiga ko’ra 27 / 30 27. Turkistonning qaysi viloyatlari paxta yetishtirish uchun eng muhim markazlar bo’lgan? A) Toshkent, Jizzax, Buxoro B) Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand C) Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo D) Xorazm, Qashqadaryo, Toshkent 28 / 30 28. Yunon-shahar davlatlar qo’shinlarining asosini kimlar tashkil etgan? A) goplitlar B) legionlar C) senturiylar D) otliqlar 29 / 30 29. Rossiyadan kimlar boshchiligidagi Xiva xonligiga yuborilgan ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan? A) A.Bekovich-Cherkasskiy, V. Perovskiy B) M.Murkford, A.Byorns C) P.Lessar, M.Murkford D) I.Volf, V.Perovskiy 30 / 30 30. Quyidagi javoblardan qaysi biri “Anneksiya” atamasiga mos keladi? A) biror narsaning muayyan joyda to’planishi B) bir davlat hududining butunlay yoki qisman boshqa davlatga qo’shib olinishi C) siyosiy hokimiyat birgina hukmdor shaxs yoki bir guruh shaxslarning irodasi, markazlashgan hokimiyatiga asoslangan davlat boshqaruv usuli D) bir yoki bir nechta davlatlarning boshqa davlat ichki ishlariga zo’ravonlik bilan aralashuvi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz