Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika Cambridge » 9-sinf Informatika Cambridge » 9-sinf Informatika №7 9-sinf Informatika Cambridge 9-sinf Informatika №7 InfoMaster Sentabr 24, 2025 1902 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 6 7-dars. Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish 3 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 OMAD YOR BO'LSIN! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Informatika №7 2-bob: Kiritish va chiqarish qurilmalari 7-dars. Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish 1 / 25 1. Asosiy plat anima? A) CPU, RAM va boshqa qurilmalarga quvvat taqsimlovchi va ularning oʻzaro aloqasini taʼminlovchi plata. B) kiritish qurilmasi orqali kiritilgan maʼlumotlar asosida turli amallarni bajaradi. C) kompyuterda maxsus amallarni bajarish uchun yaratilgan muayyan koʻrsatmalar toʻplami. D) maʼlumotni kompyuterga kiritish uchun foydalaniladi. 2 / 25 2. Ushbu xotira ma’lumotlarni faqat kompyuter yoniq boʻlganda saqlaydi, lekin kompyuterni oʻchirsangiz, RAMdagi hamma narsa yoʻqoladi. Ushbu jarayon nima deyiladi? A) doimiy jarayon B) vaqtinchalik jarayon C) doimiy xotira D) o’zgarishli jarayon 3 / 25 3. Bir nechta kompyuterlar orqali bitta printerga buyruq berib chop etish mumkinmi? A) Ha B) Yo’q 4 / 25 4. 3D printerlarga ta’rif bering. A) kompyuter tomonidan yaratilgan muhit bo‘lib, ayrim hollarda virtual borliq deb ham ataladi, inson ushbu dunyoga o‘zini tasavvur etishi va turli harakatlarni amalga oshirish uchun o‘zaro munosabatga kirishishi mumkin. B) inson bajarishi uchun nihoyatda xavfli, zerikarli va takrorlanuvchi vazifalarni ijro etish uchun yaratilgan kompyuter tizimlariga aytiladi. C) metall, plastik, rezina, sopol, mato va boshqa turli materiallardan foydalangan holda turli jismlarni uch oʻlchamli shaklda yasaygan qurilma. D) uchuvchi apparat boʻlib, robototexnika, aeronavtika va elektronika sohalari birlashuvi natijasida ishlaydi. 5 / 25 5. Belgilarni optik aniqlash chop etilgan hujjatni skanerlaydi va tasvirlarni kompyuter tushunadigan elektron formatga oʻtkazadigan usulni toping. A) OCR (Optical Character Recognition) B) OMR (Optical Mark Recognition) 6 / 25 6. Kontrast ranglardan iborat bo‘lgan parallel chiziqlar toʻplami nima deb ataladi? A) MIDI klaviatura B) Pult C) QWERTY klaviaturasi D) Shtrix-kod 7 / 25 7. …vektorli grafikani chop etish qurilmasidir. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni belgilang. A) Purkagichli printer B) Plotter C) Keng formatli printer D) Lazerli printerlar 8 / 25 8. Quyidagi rasmda printerning qaysi turi keltirilga? A) Lazerli printerlar B) 3D printer C) Matritsali printer D) Purkagichli printer 9 / 25 9. Monitorlarning asosiy turlarini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) TFT/LCD (thin film transistor = yupqa tasmali tranzistor); B) CRT (cathode ray tube = katod nurli trubka); C) LCD (liquid crystal display = suyuq kristalli displey); D) IPS/LCD (planar kommutatsiya); E) sensorli ekran; 10 / 25 10. Printerning turlarini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) IPS/LCD (planar kommutatsiya) B) Purkagichli printer C) Lazerli printerlar D) Keng formatli printer E) Matritsali printer 11 / 25 11. Quyidagi rasmda printerning qaysi turi keltirilga? A) Purkagichli printer B) Matritsali printer C) Lazerli printerlar D) Keng formatli printer 12 / 25 12. Ushbu displeylar yaxshi koʻrish burchaklari va rang uzatish texnologiyasiga ega, shuningdek, ulardagi kontrast va qora darajalari ham yaxshi. Gap qaysi monitorlar haqida ketmoqda? A) CRT (cathode ray tube = katod nurli trubka); B) LCD (liquid crystal display = suyuq kristalli displey); C) TFT/LCD (thin film transistor = yupqa tasmali tranzistor); D) IPS/LCD (planar kommutatsiya); 13 / 25 13. Ekran ortida mitti rangli oynachalar bilan toʻsilgan oq yorugʻlikka ega bo‘ladi. Oynachalar ochilganda, yorugʻlik porlab chiqadi. Bir soniyada ushbu mitti oynalarni bir necha marta ochish va yopish orqali monitor aniq, rangli, harakatlanuvchi tasvir hosil qiladi. Ushbu monitor turini toping. A) IPS/LCD (planar kommutatsiya); B) LCD (liquid crystal display = suyuq kristalli displey); C) CRT (cathode ray tube = katod nurli trubka); D) TFT/LCD (thin film transistor = yupqa tasmali tranzistor); 14 / 25 14. Quyidagi rasmda printerning qaysi turi keltirilga? A) 3D printer B) Purkagichli printer C) Matritsali printer D) Lazerli printerlar 15 / 25 15. Bular kompyuterdagi tasvirni keraklicha katta yuzada aks ettira oladigan qurilmalardir. Gap qaysi qurilma haqida ketmoqda? A) Keng formatli printer B) Multimediali proyektor C) Lazerli printerlar D) Monitorlar 16 / 25 16. Quyidagi rasmda printerning qaysi turi keltirilga? A) Keng formatli printer B) Matritsali printer C) Lazerli printerlar D) Purkagichli printer 17 / 25 17. …siyohli tasmani qogʻozga bosish uchun ignalar toʻplamidan foydalanadi. Ushu ta’rif qaysi printerga berilgan? A) Keng formatli printer B) Lazerli printerlar C) Purkagichli printer D) Matritsali printer 18 / 25 18. …kerakli natijalarni barabanga “chizish” uchun lazer nurlaridan foydalangan holda ishlaydi. Ushu ta’rif qaysi printerga berilgan? A) Keng formatli printer B) Purkagichli printer C) Lazerli printerlar D) Matritsali printer 19 / 25 19. Quyidagi rasmda printerning qaysi turi keltirilga? A) Lazerli printerlar B) Keng formatli printer C) Purkagichli printer D) Matritsali printer 20 / 25 20. Plotterning asosiy necha turi mavjud? A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 21 / 25 21. Baʼzi ofislarda yirik jadvallarni chop etish uchun …printer ishlatiladi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni belgilang. A) Lazerli printerlar B) Matritsali printer C) Purkagichli printer D) Keng formatli printer 22 / 25 22. Quyidagi rasmda Plotterning qaysi turi keltirilga? A) yassi plotter B) barabanli plotter 23 / 25 23. Kompyuterdagi maʼlumotlarni ekranda aks ettiradigan qurilma nima deb ataladi? A) MIDI klaviatura B) QWERTY klaviaturasi C) Veb-kamera D) Monitor 24 / 25 24. …turli rangli siyohlar uchun bir necha naychalardan siyoh purkash orqali sahifaga ma’lumotni chop etadi. Ushu ta’rif qaysi printerga berilgan? A) Lazerli printerlar B) Purkagichli printer C) Keng formatli printer D) Matritsali printer 25 / 25 25. Qogʻoz yoki boshqa materiallar ustida belgilar chiqarish qurilmalari nima deb ataladi? A) MIDI klaviatura B) Multimediali proyektor C) Printer D) Monitor 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf IAT.Mavzu: Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-sinf Informatika va AT 2-chorak CHSB №2