Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika Cambridge » 9-sinf Informatika Cambridge » 9-sinf Informatika №2 9-sinf Informatika Cambridge 9-sinf Informatika №2 InfoMaster Sentabr 24, 2025 1133 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 2-dars. Operatsion tizimlar 2 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Informatika №2 1-BOB. Kompyuter tizimining turlari va komponentlari 1-dars.Operatsion tizimlar 1 / 25 1. Bootloader nima? A) operatsion tizim buyruqlarini qurilmalar bajaradigan amallarga aylantiradi B) kichik hajmdagi kod boʻlib, kompyuter yoqilganida birinchi ishga tushuvchi dasturiy ta’minotdir. C) kompyuterga bittadan koʻp operatsion tizim oʻrnatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot D) printer kabi yordamchi qurilmalarni boshqaruvchi dasturlar. 2 / 25 2. Chiqarish qurilmasi qurilmalarini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) printer B) Sichqoncha C) karnay D) klaviatura E) proyektor va displey ekran F) plotter 3 / 25 3. Bir signal birligining nomi nima deb ataladi? A) Bit B) Ma’lumot C) Signal D) Bayt 4 / 25 4. Kiritish qurilmasining vazifani qanday? A) maʼlumotni kompyuterga kiritish uchun foydalaniladi. B) barcha maʼlumotlar va dasturiy taʼminotni saqlaydi. C) maʼlumotni kompyuterda qayta ishlash uchun foydalaniladi. D) maʼlumotni boshqa kompyuterga jo’natish uchun foydalaniladi. 5 / 25 5. Utilitlar tarkibiga antivirus dasturlari kritish mumkinmi? A) Yo’q B) Ha 6 / 25 6. Audio karta-? A) tasvirni ekranda aks ettirish imkonini beruvchi ichki sxema. B) kompyuterda maxsus amallarni bajarish uchun yaratilgan muayyan koʻrsatmalar toʻplami. C) CPU deb ataladi, u markaziy protsessor bloki tushunchasining qisqartmasi hisoblanadi. D) audio axborotni audio qurilmaga, jumladan, karnay yoki quloqchinga yuborish imkonini beruvchi qurilma. 7 / 25 7. Asosiy kiritish-chiqarish tizimi nima deyiladi? A) Utilit B) BIOS C) Bootloader D) Gipervizor 8 / 25 8. CLI interfeysidan asosan kimlar uchun mo’ljallangan? A) Bilmadim to’g’risi B) Kompyuterni o’rganuvchilar uchun C) Kompyuter tizimlariga xizmat koʻrsatuvchi texnik mutaxassislar uchun D) Barcha uchun juda qulay interfeys 9 / 25 9. …-baʼzan tashqi xotira deb ataladi, bu energiyaga bo‘g‘liq bo‘lmagan xotira hisoblanadi (kompyuter oʻchirilganda saqlangan maʼlumotlar o‘chib ketmaydi); flesh xotira qurilmasi bunga misol boʻladi. A) Ikkilamchi xotira B) Doimiy xotira C) Tashqi xotira D) Zaxira xotira 10 / 25 10. ….u joriy vaqtda foydalanilayotgan dasturlar va ishlayotgan hujjatlar saqlanadigan xotira hisoblanadi. Ushbu ta’rif qaysi javobga berilgan. A) Tezkor xotira B) Zaxira xotira C) Doimiy xotira D) Tashqi xotira 11 / 25 11. …-maʼlumotlarni saqlash uchun ikkilamchi xotira qurilmasi. A) Tashqi xotira B) Zaxira xotira C) Doimiy xotira D) Tezkor xotira 12 / 25 12. Unda oldindan oʻrnatilgan maʼlumotlar saqlangan bo‘lib, ularni oʻchirib boʻlmaydi. Kompyuter oʻchirilganda ichidagi kontentni saqlab qoladi. Qaysi xotira haqida gap bormoqda. A) Tezkor xotira B) Zaxiradagi xotira C) Tashqi xotira D) Doimiy xotira 13 / 25 13. Qaysi OS ochiq kodli operatsion tizim hisoblanadi? A) MS Windows B) Linux C) OS X 14 / 25 14. ROM qisqartma so’zining kengatmasini toping. A) Read Access Memory B) Random Access Memory C) Read-Only Memory D) Random -Only Memory 15 / 25 15. Doimiy xotira yana nima deb ataladi? A) ROM B) Tashqi xotira C) RAM D) operativ xotira 16 / 25 16. ….kompyuter yoqilganda ishga tushishi uchun koʻrsatmalarni saqlaydi. Ushbu ta’rif qaysi javobga berilgan. A) Zaxira xotira B) Doimiy xotira C) Tashqi xotira D) Tezkor xotira 17 / 25 17. Ushbu xotira ma’lumotlarni faqat kompyuter yoniq boʻlganda saqlaydi, lekin kompyuterni oʻchirsangiz barchasi o’chib ketadi. Qaysi xotira haqida gap bormoqda. A) Tezkor xotira B) Doimiy xotira C) Zaxiradagi xotira D) Tashqi xotira 18 / 25 18. Tezkor xotira yana nima deb ataladi? (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) doimiy xotira B) RAM C) ROM D) operativ xotira 19 / 25 19. Foydalanuvchining grafik interfeysi yana nima deb ataladi. A) HCI (Human-Computer Interface) B) WIMP (windows, icons, mouse, pointer) 20 / 25 20. RAM qisqartma so’zining kengatmasini toping. A) Random Access Memory B) Read-Only Memory C) Read Access Memory D) Random -Only Memory 21 / 25 21. Ushbu xotira ma’lumotlarni faqat kompyuter yoniq boʻlganda saqlaydi, lekin kompyuterni oʻchirsangiz, RAMdagi hamma narsa yoʻqoladi. Ushbu jarayon nima deyiladi? A) vaqtinchalik jarayon B) o’zgarishli jarayon C) doimiy xotira D) doimiy jarayon 22 / 25 22. …-maʼlumotlarni saqlash uchun xotira, odatda kompyuterdagi USB-portiga ulanadi.. A) Ikkilamchi xotira B) Zaxira xotira C) Doimiy xotira D) Tashqi xotira 23 / 25 23. OSning turlarini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) Google Chrome B) Microsoft Windows C) Word D) Linux E) Apple OS X 24 / 25 24. Kompyuteringizni boshqaruvchi dasturiy ta’minot nima deb ataladi? A) Operatsion tizim (OS) B) utilita dasturlari C) qurilma drayverlari D) elektron jadvallar yoki raqamli taqdimotlar 25 / 25 25. Shaxsiy kompyuterlar uchun mos keladigan operatsion tizim (OS)ni belgilang. A) Microsoft Windows B) Linux C) Apple OS X 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf IAT.Mavzu: Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-sinf Informatika va AT 2-chorak CHSB №2