Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika Cambridge » 8-sinf Informatika Cambridge » 8-sinf Informatika 8-sinf Informatika Cambridge 8-sinf Informatika InfoMaster Avgust 30, 2023 2915 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 6 55 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Informatika Maqsadni amalga oshirish uchun veb-sayt dizaynini yaratish bo'lim yuzasidan Nazorat ishi Izoh: teglarni "<>" belgilar emas "≤≥" orasiga yozilgan 1 / 25 1. Veb-saytning Back-end qismining vazifasini toping. A) saytning orqa yoki ichki tomoni bо‘lib, bunda veb-sahifalarni dinamik va interfaol qilishda server sahnasi ortida ishlaydigan dastur va skriptlar tushuniladi. B) saytning hammaga kо‘rinib turgan old tomon kо‘rinishi, brauzer orqali kо‘rish mumkin bо‘lgan sahifa dizayni (sahifa о‘lchami, rasmlar, audiolar, videolar joylashuvi va h. k.) 2 / 25 2. Teglar qaysi belgilar orasiga yoziladi? A) “+” va “-” B) “<” va “>” C) “*” va “*” D) “” va “/” 3 / 25 3. Veb-sahifalar majmui nima deyiladi? A) Gipermatn B) Veb-sahifa C) WWW D) Veb-sayt 4 / 25 4. Tarkibida matn, tasvir, video, gipermurojaat va boshqa ma’lumotlarni saqlovchi Internetdagi sahifa yoki veb-saytning bitta sahifasi nima deyiladi? A) Gipermatn B) WWW C) Veb-sahifa D) Veb-sayt 5 / 25 5. Bu teg orasida yozilgan yozuvlar brauzerning sarlavha satrida namoyon bo‘ladi. Ushbu tarif qaysi tegga berilgan? A) <title>…</title> B) <head>…</head> C) <html>…</html> D) <body>…</body> 6 / 25 6. Ushbu tegning natijasini toping. A) “Info-master.uz” matni sahifa о‘ng tomonga joylashadi. B) “Info-master.uz” matni shrift turini belgilangan shriftda bo’ladi. C) “Info-master.uz” matni o’lchami o’rnatilgan o’lchamda bo'ladi. D) “Info-master.uz” matni qizil rangda bo’ladi. 7 / 25 7. ≤sub≥–≤/sub≥– juft teglarining vazifasi qanday? A) me’yordagi yozuvga nisbatan kattaroq yozish. B) elementi yuqori indekslarni qo‘shish, ya’ni darajalarni yozishda ishlatiladi C) me’yordagi yozuvga nisbatan kichikroq yozish. D) elementi quyi indeksni yozish uchun ishlatiladi 8 / 25 8. “align” atributining vazifasi qanday? A) sahifadagi matn rangini belgilash. B) veb-sahifaga sarlavha qо‘yish C) veb-sahifaga xatboshi qo‘yish D) matn joylashuvini izohlaydi 9 / 25 9. ≤strong≥…≤/strong≥ – juft teglarining vazifasi qanday? A) so‘z yoki jumlani qiya bosma (kursiv) holatda yozish B) so‘z yoki jumlaning tagiga chizib yozish C) barcha yozuv ustidan chizish uchun ishlatiladi D) so‘z yoki jumlani qalin shriftda yozish 10 / 25 10. ≤i≥…≤/i≥ – juft teglarining vazifasi qanday? A) so‘z yoki jumlani qiya bosma (kursiv) holatda yozish B) barcha yozuv ustidan chizish uchun ishlatiladi C) so‘z yoki jumlani qalin shriftda yozish D) so‘z yoki jumlaning tagiga chizib yozish 11 / 25 11. ≤ img ≥ tegining align="bottom" atributi qiymatining vazifasini toping. A) rasmning pastki qismini tekislash B) rasmni qator o‘rtasiga o‘rnatish C) rasmni chap tomonga tekislash (matnni rasmning o‘ng tomonida o‘qish imkonini beradi) D) rasmning yuqori qismini tekislash 12 / 25 12. Tartiblangan ro‘yxat (ing. ordered list) –bu? A) turli belgilardan iborat ro‘yxat . B) tartiblangan raqamlar hamda alifbo harflaridan iborat ro‘yxat 13 / 25 13. ≤ img ≥ tegining “height” atributining vazifasini toping. A) rasmning bo‘yini о‘rnatish B) rasmdan uning yonidagi obyektgacha bo‘lgan masofani (bо‘sh oraliqni) gorizontal bo‘yicha o‘rnatish. C) rasmdan uning yonidagi obyektgacha bo‘lgan masofani vertikal bo‘yicha о‘rnatish. D) rasm enini o‘rnatish 14 / 25 14. ≤ img ≥ tegining align="right" atributi qiymatining vazifasini toping. A) rasmning yuqori qismini tekislash B) rasmni chap tomonga tekislash (matnni rasmning o‘ng tomonida o‘qish imkonini beradi) C) rasmni o‘ng tomonga tekislash (matnni rasmning chap tomonida o‘qish imkonini beradi) D) rasmning pastki qismini tekislash 15 / 25 15. ≤hr≥ – toq tegining vazifasi qanday? A) me’yordagi yozuvga nisbatan kichikroq yozish. B) matnlarni mazmunan mos bo‘laklarga ajratish C) elementi yuqori indekslarni qo‘shish, ya’ni darajalarni yozishda ishlatiladi D) kursorni bitta pastki qatorga tushirish, undan keyin keluvchi barcha narsalar bitta pastki qatordan yoziladi 16 / 25 16. ≤table≥ tegining border atributi qiymatining vazifasini toping. A) jadval foniga rasm qo‘yish, qiymat sifatida rasm manzili yoziladi. B) jadval ramkasi qalinligini belgilash. Qiymat piksellarda beriladi. C) jadval foniga rang berish. D) jadval ramkasiga rang berish. 17 / 25 17. ≤td≥…≤/td≥– juft teglarining vazifasi qanday? A) jadval qatorini qo‘shish B) jadvalga sarlavha qo‘shish C) jadval qatoriga katakcha qo‘shish D) jadval yaratish teglari 18 / 25 18. ≤tr≥ tegining valign="bottom" atributi qiymatining vazifasini toping. A) yozuvlarni chiziqqa tekislash. B) yozuvlarni pastga tekislash; C) yozuvlarni o‘rtaga tekislash. D) yozuvlarni yuqoriga tekislash; 19 / 25 19. ≤tr≥ tegining bgcolor atributi qiymatining vazifasini toping. A) jadval foniga rasm qo‘yish B) qator fonini o‘rnatish.. C) yozuvlarni chiziqqa tekislash. D) qator ramkasi rangini o‘rnatish. 20 / 25 20. ≤table≥ tegining align="center" atributi qiymatining vazifasini toping. A) jadvalni chap tomonga tekislash; B) jadval foniga rang berish. C) jadvalni o‘ng tomonga tekislash. D) jadvalni markazga tekislash; 21 / 25 21. ≤ input ≥ tegining multiple atributi qiymatining vazifasini toping. A) lement tipi fayl bo‘lganda, bir paytda bir necha fayllar kiritilishi mumkinligini bildiradi. B) rasm atrofidagi ramka qalinligini o‘rnatadi. C) rasmli tugmachada rasm ochilmasa, uning o‘rnida paydo bo‘ladigan yozuv. D) type rasm (image) bo‘lganda, rasmni tekislash uchun ishlatiladi. 22 / 25 22. ≤option≥ elementining value atributi vazifasini toping. A) bir vaqtning o‘zida bir necha variantni tanlash imkonini beradi. B) bir vaqtning o‘zida ekranda ro‘yxatning bir nechta qatorini ko‘rsatish imkonini beradi C) serverga shu nom orqali element qiymati yuboriladi D) serverga jo‘natish uchun element nomini o‘rnatadi. 23 / 25 23. ≤input≥…≤/input≥ – juft teglarining vazifasi qanday? A) jadvalga sarlavha qo‘shish B) jadval qatoriga katakcha qo‘shish C) veb-sahifaga forma joylashtirish uchun qo‘llaniladi D) tegi turli xil forma elementlarini yaratish uchun ishlatiladi, ya’ni formaning asosi hisoblanadi. 24 / 25 24. ≤option≥ elementining selected atributi vazifasini toping. A) brauzer yuklanganda, shu atribut o‘rnatilgan element tanlangan bo‘lib chiqadi. B) serverga shu nom orqali element qiymati yuboriladi C) serverga jo‘natish uchun element nomini o‘rnatadi. D) bir vaqtning o‘zida bir necha variantni tanlash imkonini beradi. 25 / 25 25. ≤ input ≥ tegining src atributi qiymatining vazifasini toping. A) rasm atrofidagi ramka qalinligini o‘rnatadi. B) type rasm (image) bo‘lgan element adresini ko‘rsatadi. C) type rasm (image) bo‘lganda, rasmni tekislash uchun ishlatiladi. D) rasmli tugmachada rasm ochilmasa, uning o‘rnida paydo bo‘ladigan yozuv. 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz