Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №8 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №8 InfoMaster Aprel 20, 2023 133 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 1 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf O'zbekiston tarix №8 30-34-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. “Ularning qishloqlarda ekinzor paykallardan tashqari, ko`shk va istehkomli qo`rg`onlar, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo`lardi”. Ushbu so`zlar ilk o`rta asr aholisining qaysi tabaqasiga mansub? A) kashovarzlarlar B) kadivar C) dehqon D) urug‘ va qabila boshliqlari 2 / 40 2. So‘g‘d tilida yozilgan hujjatlar topilgan Turfan shahri qayerda joylashgan?il A) Yettisuvda B) Tojikistonda C) Mo‘g‘ulistonda D) Sharqiy Turkistonda 3 / 40 3. Muqanna jаsоrаtigа bаg`ishlаngan “Muqanna isyoni” tаriхiy аdаbiy оchеrkini yozgаn shaxsni aniqlang. A) Sadriddin Ayniy B) Hamid Olimjon C) G`ofur G`ulom D) O`tkir Hoshimov 4 / 40 4. IX asrda Somoniylardan hukmronlik qilgan shaxslarning ketma-ketligini aniqlang. A) Ahmad-Nuh-Nasr-Ismoil B) Nasr-Ahmad-Nasr-Ismoil C) Nuh-Ahmad-Nasr-Ismoil D) Nasr-Nuh-Nasr II-Ismoil 5 / 40 5. Nima uchun Chingizxon Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jo’natadi? A) Sulton Muhammadga o’z minnatdorchiligini izhor etish va ikki buyuk qo’shni davlatlar o’rtasida shartnoma tuzish uchun B) A)Sulton Muhammad bilan birgalikda Xitoyga harbiy yurish qilish uchun C) Sulton Muhammaddan kechirim so’rash va ikki davlat o’rtasida harbiy ittifoq tuzish uchun D) Ikki buyuk davlatlar o’rtasida savdo yo’lini barpo qilish uchun 6 / 40 6. “Kepaki” deb nom olgan tangalar qayerda zarb etilgan? A) Xoʻjand va Balx B) Taroz va Oʻtror C) Samarqand va Buxoro D) Urganch va Buxoro 7 / 40 7. Qaysi sulola hukmronlik qilgan davrda o‘zbek xalqining shakllanishida yakunlovchi bosqich bo‘ldi? A) afrig‘iylar B) temuriylar C) qoraxoniylar D) mo‘g‘ullar 8 / 40 8. Amir Temur ajdodlari qaysi viloyatlarda o‘z mulklariga ega bo‘lgan va o’sha yurtlarda hokimlik qilgan? A) Xo’jand va Banokatda B) Kesh va Nasaf viloyatida C) Samarqand va Naxshab viloyatida D) Balx va Hisor chegaralarida 9 / 40 9. Amir Temur tomonidan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib kelganligini qayd eting. 1)iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi; 2)sug‘orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro‘y berdi; 3)yangi kanallar qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi; 4)hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi; 5)fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi; 6)Bo‘ysundirilgan mamlakatlarda pul islohotini o‘tkazdi; 7)Sharq bilan G‘arb uchun yagona bo‘lgan o‘lchov birliklarini joriy qildi; 8 ) Oltin O‘rda davlatida iqtisodiy va siyosiy islohotlar joriy qildi. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4, 6, 7, 8 D) 1, 4, 5, 6, 7, 8 10 / 40 10. Amir Temur yoshligida nimalarga ishqiboz bo‘lib, qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi? A) chavandozlik va ovga ishqiboz bo‘lib, kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi. B) yugurishga ishqiboz bo‘lib, tengdoshlari bilan turli musobaqalar tashkil qilishni yoqtirar edi. C) ovga ishqiboz bo‘lib, savdo ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi. D) otlarga ishqiboz bo‘lib, dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi. 11 / 40 11. Amir Temur necha kunlik qamaldan so’ng Balx shahrini egallashga muvaffaq bo’ldi? A) ikki kunlik B) uch kunlik C) besh kunlik D) o’n kunlik 12 / 40 12. Klavixo o‘z kundaligida Samarqandga 800 tuyalik savdo karvoni kelganligini yozib qoldirgan. Bu karvon qaysi davlatdan kelgan edi? A) Erondan B) Arabistondan C) Xitoydan D) Hindistondan 13 / 40 13. Qunduz shahri qayerda joylashgan? A) Amudaryoning o’ng sohilida B) Zarafshon daryosi bo’yida C) Sirdaryoning quyi oqimida D) Amudaryoning chap sohilida 14 / 40 14. Amir Temur qo`shinining so`l qanoti nima deb atalgan. A) burong`or B) manglay C) qanbul D) juvong`or 15 / 40 15. Qaysi omil Amir Temur davlatining tashqi iqtisodiy va elchilik aloqalarining barqarorligiga olib keldi? A) Sulton Boyazidning Amir Temurdan yengilishi B) Buyuk ipak yo‘lida savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlash C) Amir Temurning uch, besh, yetti yillik harbiy yurishlari D) Oltin O‘rda davlatining Amir Temur tomonidan fath etilishi 16 / 40 16. Amir Temur davlatining hokimiyat ramzlarini aniqlang. A) uch ayrili nayza B) tabl va yalovbayroq C) Temur tuzuklari D) Qur’oni Karim 17 / 40 17. Amir Temur qo‘shini qanotlarini yon tomondan qo‘riqlagan askariy qo‘shilmalar nima deb atalgan? A) burong‘or B) qanbul C) juvong‘or D) manglay 18 / 40 18. Quyidagi qay biri Amir Temurning Movarounnahr, Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir- biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shganligini ko‘rsatadi? 1)Sharq bilan G‘arb uchun yagona bo‘lgan o‘lchov birliklarini joriy qildi; 2)Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini tikladi; 3)Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi; 4)Bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini qayta qurdirdi; 5)Karvon yo‘llarida rabotlar, qal’alar, ko‘priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog‘-u bo‘stonlar barpo etdi; 6)Bo‘ysundirilgan mamlakatlarda pul islohotini o‘tkazdi; 7)Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berdi; 8)Oltin O‘rda davlatida iqtisodiy va siyosiy islohotlar joriy qildi. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 2, 3, 4, 5, 7 C) 2, 3, 4, 6, 7, 8 D) 1, 4, 5, 6, 7, 8 19 / 40 19. Amir Temur tug‘ilgan Xo‘jailg‘or qishlog‘i hozirda qaysi tumanda joylashgan? A) Kitob B) Yakkabog‘ C) Shahrisabz D) Qarshi 20 / 40 20. Amir Temur necha yoshga to‘lganda otasi uni madrasaga beradi? A) yetti B) olti C) sakkiz D) besh 21 / 40 21. Amir Temur To’xtamishga qarshi necha marta harbiy yurishlarni tashkil etadi? A) 2 marta B) 3 marta C) 7 marta D) 5 marta 22 / 40 22. Quyidagi qaysi jangda Amir Temur qo‘shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o‘qqa tutish usulini qo‘lladi? A) 1365-yildagi Loy jangida B) 1395-yildagi Terek daryosi bo’yidagi jangda C) 1370-yildagi Balx hujumida D) 1402-yildagi Anqara jangida 23 / 40 23. Amir Temur Anqara yonidagi jangda turklarning qancha kishilik qo’shini ustidan g’alaba qozongan? A) 160 ming B) 200 ming C) 120 ming D) 360 ming 24 / 40 24. Amir Temur saltanida ijroya hokimiyatni kim boshqargan? A) xon B) devonbegi C) amir D) shayxul rais 25 / 40 25. Temur qo‘shinlari Seiston va Mozandaronni nechanchi yil egallaydi? A) 1381-y. B) 1396-y. C) 1377-y. D) 1383-y. 26 / 40 26. Amir Temur vorislaridan qaysi biri Angliya qiroli Genrix IV bilan diplomatik aloqalarni faol olib borgan? A) Halil Sulton B) Mironshoh Mirzo C) Shohrux Mirzo D) Mirzo Ulug‘bek 27 / 40 27. Temurning Xorazmga birinchi yurishidan qancha vaqt o‘tib, u uzil-kesil bo‘ysundiriladi? A) 8 yil B) 6 yil C) 12 yil D) 16 yil 28 / 40 28. Amir Temurga jangsiz taslim bo‘lgan hududlarni aniqlang. 1) Balx 2) Qavsiya 3) Sabzavor 4) Shibirg‘on 5) Urganch 6) Saraxs 7) Jom A) 2, 3, 6, 7 B) 4, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5, 6 29 / 40 29. Quyidagi atamalar to’g’ri izohlanga javobni aniqlang? a) hazora; b) qo’shin; c)ayl; d) tavochi; e) qanbul; 1)o’nlik, askarliy birikma ; 2)yuzlik askariy birikma; 3)minglik askariy birkma 4)qo’riqchi askariy birikma 5)askariy qo’shin to’plovchi A) 1-c 2-a 3-e 4-d 5-b B) 1-c 2-b 3-a 4-e 5-d C) 1-a,2-c,3-d,4-b,5-e D) 1-a 2-b 3-c 4-d 5-e 30 / 40 30. 1398-1399-yillarda Amir Temur ... A) Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi B) Eron, Suriya, Iroqni egalladi C) Armanistondagi Van ko‘li atroflarini egallaydi D) “Yetti yillik” yurishni boshladi 31 / 40 31. Boyaziddan yengilib, o’z yer va mulklaridan maxrum bo’lgan kichik Osiyo mamlakatlarining hukumdorlari Amir Temurdan yordam so’rab murojat qiladilar buning evaziga… A) Vizntiya, Qirim oroli, Qora dengiz sohillari Amir Temurga sovg’a qilib yana Boyazidga qarshi kurashda 60 ta harbiy kemalar bilan yordam berishini majburiyati oladi. B) ular bilan xech qanday aloqa o’rnatmagan C) ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstatinopol va Perning Boyazidga to’lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to’lashga va’da qiladi D) Amir Temur ularni Islom diniga o’tishini, asirga olingan musulmon savdogarlarni ozod etishni va Boyazidga qarshi birlashib kurashishni talab qiladi 32 / 40 32. Kim Amudaryoning chap sohili viloyatlarida o’z hokimiyatini o’rnatmoq niyatida bosh ko’taradi? A) Xalil Sulton B) Sulton Xusayn Mirzo C) Pirmuhammad D) Umarshayx Mirzo 33 / 40 33. Amir Temurga o‘z itoatkorligini izhor etgan davlatni aniqlang. A) Eron B) Genuya C) Misr D) Suriya 34 / 40 34. Yervopada Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga qiziqishi qachondan boshlandi? A) XV asrdan B) XVII asrdan C) XVI asrdan D) XIV asrdan 35 / 40 35. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari Samarqandda bo‘lgan vaqtni aniqlang. A) 1402-1404-yillar B) 1403-yil boshidan, 1405-yil boshigacha C) 1404-yilning sentabr-noyabr oylari D) 1403-yilning yanvar-may oylari 36 / 40 36. Amir Temur lashkarining qo‘shun deb atalgan harbiy bo‘linmasi qancha askardan iborat bo‘lgan? A) 1000 B) 10 C) 100 D) 10 000 37 / 40 37. O‘rta asrlarda Suriya ... A) Iroqi Ajam deb yuritilgan B) Fors deb yuritilgan C) Gurjiston deb yuritilgan D) Shom deb yuritilgan 38 / 40 38. “Sohibi –adl” nomi ulug’langan hukumdorni aniqlang? A) Xusrav Anushervon B) Amir Temur C) Ismoil somoniy D) Xorun ar-rashid 39 / 40 39. Sarbadorlar yo‘lboshchilaridan qaysi biri mohir mergan bo‘lgan? A) Xurdaki Buxoriy B) Mavlonozoda C) Nosirbek D) Abu Bakr Kuluviy 40 / 40 40. Amir Temur Xorazmga qarshi … marta yurish qilgan. A) 2 B) 4 C) 3 D) 5 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz