Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf Jahon tarix » 7-sinf Jahon tarix №1 7-sinf Jahon tarix 7-sinf Jahon tarix №1 InfoMaster Aprel 10, 2023 431 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf Jahon tarix №1 1-7-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Itаliyaliklаr vizаntiyaliklаrgа qаrshi kimlаrdаn fоydаlаngаnlаr? A) hunаrmаndlаrdаn B) gаllаrdаn C) А) dеhqоnlаrdаn D) qullаrdаn 2 / 40 2. Qaysi davlatda shahar aholisi ma’muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan. A) Vizantiya B) Muqaddas Rim imperiyasi C) Franklar davlati D) Britaniya 3 / 40 3. Franklar tuzgan davlat dastlab (a) nomi bilan atalgan, (b) asrdan Parij atrofidagi viloyat il de Frans davlat nomiga asos bo’ladi va u " Fransiya" deb atala boshlandi. A) shahar(a), XI asr(b) B) viloyat(a), X asr(b) C) sulola(a), X asr(b) D) davlat(a), X asr( 4 / 40 4. VII asrda Arab xalifaligi hujumlari natijasida vizantiyaliklar qaysi hududlarni boy beradi? A) Suriya va Misr B) Eron va Suriya C) Misr va Falastin D) Suriya va Falastin 5 / 40 5. Rim imperiyasi Britaniya orollarini istilo qilganida orol shimolida – hozirgi Irlandiya va Shotlandiyada qaysi qabilalar yashagan? A) yut, angl B) pikt, skot C) kelt, britt D) saks, britt 6 / 40 6. Sarkarda Velisariyga qarshi kurashda kimlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan. A) vestgot B) normann C) langobard D) ostgot 7 / 40 7. Buyuk Каrl vаfоt etgаndаn nеchа yil o’tib, uning impеriyasi bo’linib kеtgаn? A) 25 yil B) 39 yil C) 29 yil D) А) 19 yil 8 / 40 8. Slavyan qabilalari yunon-rim tarixchilari asarlarida, germanlar bilan bir paytda (a) tilga olingan, va vizantiyalik tarixchilar tominidan «slavyanlar» atamasi (b) ishlatila boshlangan davrni aniqlang. A) mil.I-II asrlarda(a), mil.VI asrdan(b) B) mil.avv III-II asrlarda(a), mil.VII asrdan(b) C) mil.avv II-I asrlarda(a), mil.VI asrdan(b) D) mil.II-III asrlarda(a), mil.VII asrdan(b) 9 / 40 9. German xalqlari hayotida boshlangan qaysi jarayon ularning ijtimoiy taraqqiyotini yanada tezlashtirgan edi? A) xristianlikning tarqalishi B) ikki dalali almashlab ekishga o`tilishi; C) qabila ittifoqlarining vujudga kelishi; D) ijtimoi va mulkiy tengsizlikning boshlanishi; 10 / 40 10. Qaysi omil Frank davlatida qirolni kuchaytirib, uni qabiladoshlari orasida yangi cho`qqilarga ko`taradi? A) xristianlikning qabul qilinishi; B) jangchilar va yaqin hamkorlariga yirik yer-mulklar taqdim etganligi; C) qabul qilingan yangi qonunlarning xususiy mulkchilikni tengsizlashtirib borganligi; D) Rim-gallar bilan yaxshi aloqalarni yo`lga qo`yganligi; 11 / 40 11. Franklar imperiyasida kimlar imperatorning joylardagi vakili sifatida uning buyruqlarini bajargan ? A) gersoglar va graflar B) yepiskoplar va yirik monastirlar abbatlari C) graflar va yirik monastirlar abbatlari D) markgraflar va yepiskoplar 12 / 40 12. Osiyoda birinchi bor kitob bosish dastgohidan qachon va qaysi xalqlar foydalanishgan? A) X asr, arab B) X asr, xitoy C) XI asr, xitoy D) XI asr, yapon 13 / 40 13. Franklar hayotida uzun soch qo`yib yurish kimlar uchun mumkin bo`lgan? A) ruhoniylar B) qirol oilasi C) harbiylar D) barcha uchun 14 / 40 14. German xalqlaridan bo`lgan franklar qaysi davrgacha Reyn daryosi bo’yida istiqomat qilishar edi? A) G’arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar; B) Buyuk ko`chishlar boshlanishga qadar; C) Urug’chilik tuzumi yakunlanishiga qadar; D) Xristianlik dini tarqalganiga qadar; 15 / 40 15. Qaysi javobda slavyanlarga xos bo’lgan xususiyat noto’g’ri ko’rsatilgan? A) yunon tarixchilarining yozishicha,slavyanlar erksevar, jasur,jangovar bo‘lishgan; B) ijtimoiy tuzumi germanlarnikiga o‘xshash bo’lgan; C) ular qabila va urug‘larga bo‘linib yashaganlar; D) qo‘shnilariga nisbatan do‘stona munosabatga shay qabilalar bo‘lgan; 16 / 40 16. Buyuk Karl mag`lub etgan langobardlar qayerda davlat tuzgan edi? A) Britaniya B) Shimoliy Afrika C) Ispaniya D) Italiya 17 / 40 17. Butun xristian dunyosini Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan Yevropa qirolini aniqlang. A) Buyuk Karl B) Xlodvig C) Otton I D) Otton III 18 / 40 18. Quydagi yillarda sodir bo’lgan voqealarni to’g’ri tartibda muvofiqlashtiring. 1.407-yil 2.842-yil 3.486-yil 4.962-yil 5.843-yil a)Otton I o‘z qo‘shini bilan Rimga kelib imperatorlik tojini kiyadi; b)normannlar Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar; c)Rim legionlari Britaniyani tashlab,Italiyaga qaytadi; d)Xlodvig franklar davlatiga asos soladi; e)Verden shahridagi shartnoma; A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-e, 5-a B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c, 5-e C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e D) 1-c, 2-e, 3-d, 4-a, 5-b 19 / 40 19. Farnklar hayotida muhim rol o`ynagan graflar amalda qanday huquqlarga ega bo`lishgan edi? 1. jazo tayinlash 2.sud qilish 3.yer taqsimlash 4.harbiy qo`mondon 5.yig`ilgan soliqlarga to`la egalik qilish 6. soliq yig`ish 7.mulkni tasarruf etish A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 7 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 20 / 40 20. Vizantiyada hukmdorga bo`ysungan asosiy organlarni aniqlang. A) moliya, sud, soliq, tashqi ishlar B) amaldor, soliq, moliya, cherkov C) ruhoniy, soliq, harbiy, sinklit D) sud, soliq, sinklit, harbiy, amaldor 21 / 40 21. Qadimgi german xalqlari tarixiga bag`ishlangan "Galliya urushi haqida xotiralar" (a), va “Germaniya” (b) asarlari muallifi to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. A) Yuliy Sezar(a),Tatsit(b) B) Tatsit(a),Yuliy Sezar(b) C) Plutarx(a),Tatsit(b) D) Yuliy Sezar(a),Tit Liviy(b) 22 / 40 22. Amroviy Avrelian vafotidan so`ng angl-sakslar tomonidan bosqinga uchramagan kelt qabilalari qaysi hududlarda saqlanib qoladi. 1.Irlandiya 2.Islandiya 3.Shotlandiya 4.Britaniya shimoli 5.Britaniya g`arbi 6.Pireney yarim oroli 7.Skandinaviya 8.Daniya A) 1, 4, 7 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 5 23 / 40 23. O`rta asrlar kishilik jamiyati Yevropada qanday jamiyat deb ataladi? A) Yer egaligi jamiyat B) Quldorlik jamiyat C) Feodal jamiyat D) Kapitalistik jamiyat 24 / 40 24. Slavyanlar uch guruhga bo’lingan bo’lib shundan sloven(a), va slovaklar(b) qaysi guruhga mansub? A) sharqiy(a), janubiy(b) B) g’arbiy(a), janubiy(b) C) g’arbiy(a), sharqiy(b) D) janubiy(a), g’arbiy(b) 25 / 40 25. Boleslav Jasur faoliyati bilan bo’g’liq bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Qisqa muddatga Kiyevni egallaydi; 2.Polsha davlatiga asos slogan; 3.kuchli qo‘shin bilan Moraviya va Chexiyani bosib oladi; 4.Visla daryosi havzasida polyak qabilalarini birlashtirgan; 5.qo‘shinlari Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun german imperatorlariga qarshi kurash olib boradi; 6. Uning davrida polyak qabilalarini birlashtirish ishi tugallandi; A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 5, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4 26 / 40 26. Buyuk Karl zamonida yirik zodagonlar va yer egalari ishtirok etuvchi yig`in yilda necha marta chaqirilar edi? A) 4 marta B) 1 marta C) 3 marta D) 2 marta 27 / 40 27. Sharqiy Rim imperiyasida davrlar o‘tib, yunon tili lotin tilini surib chiqarib, davlat tiliga aylanishiga nima sabab bo’lgan. A) yunon tilini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgani; B) fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgani; C) yunonlar son jihatidan ko‘p bo‘lgani; D) yunon madaniyatining boyligi; 28 / 40 28. Оttоn I vа uning vоrislаri mаmlаkаtni bоshqаrishdа kimlаrdаn fоydаlаngаnlаr? A) А) ritsаrlаr B) chеrkоv tаshkilоtlаri C) fеоdаllаr D) shаhаr bоshqаruvi 29 / 40 29. Quydagi atamalar va ularning ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1.sinklit 2.numisma 3.vasilevs 4.mim a) Vizantiya oltin puli b) aktyorlar c) senat d) podsho A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b 30 / 40 30. Ма’lumki, britt qаbilаlаri dushmаnlаrdаn himоyalаnish uchun german qabilalarini yordаmgа chаqirаdi. Ulаr ya’ni, yordаmchilаr dаstlаb Britаniya оrоligа nеchtа kеmаdа kеlgаnlаr? A) 5 tа B) 4 tа C) 3 tа D) А) 2 tа 31 / 40 31. Dastlab vujudga kelgan Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga Germaniya hududidan tashqari yana qaysi hudud ham kirgan? A) Britaniyaning g’arbi B) Italiyaning shimoli C) Ispaniyaning bir qismi D) Pireney yarim oroli 32 / 40 32. Franklarda qabila yo`lboshchilari kimlardan saylab qo`yilgan? A) zodagonlarning xristian dinini qabul qilgan qismidan; B) Rim-gallar bilan yaqin qo`shnichilik munosabatida bo`lgan zodagonlardan; C) quldorlardan; D) harbiy ishda alohida jasorat ko`rsatgan kishilardan; 33 / 40 33. Gеrmаniyaning qаysi qirоli o’zini Yеvrоpаdаgi eng kuchli qirоl dеb hisоblаgаn? A) А) Gеnriх I B) Оttоn III C) Оttоn II D) Оttоn I 34 / 40 34. Otton I ning vengerlar bilan hal qiluvchi jangi qachon, qaysi hududda bo`lib o`tgan? A) 955-yilda, Lex daryosi bo`yida B) 962-yilda, Reyn daryosi bo`yida C) 955-yilda, Lev daryosi bo’yida D) 995-yilda, Luara daryosi bo’yida 35 / 40 35. VI–VII asrlarga kelib, slavyanlar yashagan hudud to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1)Dunay 2) Visla 3) Boltiq dengizi 4) Elba a)shimol b) g’arb c) janub d) sharq A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 36 / 40 36. Alfred 879-yilda daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi.Unga binoan, butun orol ikki qismga bo‘linib: 1)…hududlar Alfredga, 2)…hududlar daniyaliklarga beriladi. Chegara 3)… yo‘l bo‘ylab o‘tadi. Skandinavlarga qoldirilgan yerlar 4)… nomini oladi. A) 1) janubiy, 2) shimoliy 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo B) 1) g’arbiy, 2) sharqiy, 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo C) 1) sharqiy, 2) g’arbiy, 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo D) 1) shimoliy, 2) janubiy, 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo 37 / 40 37. Pireneya yarimorolining arablardan tortib olingan hududlarida franklar davlatining qanday nomdagi ma’muriy viloyati tuziladi? A) Roland gersogligi B) Ispan markasi C) Kordova amirligi D) Pireneya grafligi 38 / 40 38. Quydagi voqealarni ketma-ket joylashtiring. 1.Chek yerlar allodga aylandi; 2.Buyuk Karl vafot etdi; 3.Franklar davlatiga asos solindi; A) 3, 1, 2 B) 2, 1, 3 C) 1, 2, 3 D) 3, 2, 1 39 / 40 39. Yerga to`la egalik qilish qaysi atama bilan ifodalanadi? A) benefitsiy B) vassallik C) allod D) senor 40 / 40 40. Qaysi davlat qirollari german imperatorlari hokimiyatini rasman tan olsada, o‘z mamlakatlarida deyarli to‘la mustaqil bo‘lganlar? A) Bolgariya B) Moraviya C) Chexiya D) Polsha Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz