Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №4 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №4 InfoMaster Aprel 6, 2023 116 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №4 16-20-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-c, 3-d C) 1-a, 2-c, 3-d D) 1-b, 2-d, 3-c 2 / 30 2. Qadimgi Misrda qanday kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, ular katta imtiyozlarga ega bo‘lib, izzat-hurmatda bo‘lganlar. A) husnixat san’atini egallagan; B) tibbiyot ilmidan habardor bo’lganlar; C) o’qishni va yozishni biladiganlar; D) chiroyli so‘zlashni o‘zlashtirgan; 3 / 30 3. Misr tomonidan egallangan hududlarning davrini aniqlang. 1) Qadimgi podsholik davri; 2)O'rta podsholik davri; 3)Yangi podsholik davri; a)Janubiy Falastin va Shimoliy Nubiyaning bosib olinishi; b)Sinay yarimorolining bosib olinishi; c)Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshladi. A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 4 / 30 4. Shumerlardan tashqari yana qaysi qadimiy xalqning yozuvi ham mixxatsimon shaklda bo'lgan? A) urartlarning B) xitoylarning C) hindlarning D) forslarning 5 / 30 5. Quyidagi voqealar qaysi fors shohi hukmronligi davrida yuz berganligini aniqlang. 1)«Uch yuz spartalik jasorati»; 2)Misrning bosib olinishi; 3)Lidiyaning istilo qilinishi; 4)Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarining bosib olinishi; a)Kir II; b) Kambiz II; c) Doro I; d) Kserks; A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a 6 / 30 6. Mil. avv. VII-VI asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vohasida yashovchi aholi qanday nom bilan tilga olinadi? A) xorazmliklar B) massagetlar C) saklar D) so’g’diylar 7 / 30 7. Hindlarning taqvimiga ko’ra, bir yil nacha kundan iborat edi? A) 354 B) 362 C) 365 D) 360 8 / 30 8. Qadimgi Xitoyliklar qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishganlar? A) me’morchilik va haykaltaroshilik B) rassomchilik va haykaltaroshlik C) binokorlik va quruvchilik D) qayiqsozlik va temirchilik 9 / 30 9. Qadimgi Xitoy davlati Xitoyning qaysi qismida vujudga kelgan? A) Shimoliy Xitoy hududida B) Xuanxe daryosining o'rta oqimida C) Sharqiy Xitoy hududida D) Yansizi daryosining yuqori oqimida 10 / 30 10. Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi kimlar qo’zg’olon ko’taradi? A) zodagonlar B) dehqonlar C) hunarmandlar D) chorvadorlar 11 / 30 11. Xitoyda dastlabki asosiy dehqonchilik ekinlarini belgilang. A) javdar va bug'doy B) bug'doy va paxta C) paxta va tut daraxti D) sholi va choy 12 / 30 12. «Avesto»ning ilk qismlari qachon paydo bo'lgan? A) miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda B) miloddan avvalgi VII asrda C) miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda D) miloddan avvalgi VII-VI asrlarda 13 / 30 13. Qadimgi Xitoy tarixiga oid «Panyuy» atamasi qaysi shaharning qadimiy nomi bo'lgan? A) Yanchjou B) Guanchjou C) Loyan D) Sian 14 / 30 14. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning qaysi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko'rsatdi? A) adolat va johillik haqidagi B) e’tiqod va e’tiqodsizlik haqidagi C) ezgulik va yovuzlik haqidagi D) yaxshilik va yomonlik haqidagi 15 / 30 15. Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri bo'lgan kompasning ko'rinishi qanday bo'lgan? A) Temirdan yasalib, uchburchak shaklda bo'lgan va uning uchi doim janubni ko'rsatib turardi B) Magnitlangan aylanasimon temir shaklida bo'lib, uning markazida o'qi va strelkasi bo'lgan C) To'rtburchak shakldagi chanani eslatar va old qismida taxminan yarim metr keladigan uchli qismi bo'lgan D) Magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali katta qoshiqni eslatar edi 16 / 30 16. Miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda .... A) Magadxa, Koshala, Malla kabi davlatlar vujudga kelgan B) Buddaviylik ta’limotiga asos solingan C) Maurya davlati o'z ravnaqi cho'qqisiga erishgan D) Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo'lmish sanskrit ishlab chiqilgan 17 / 30 17. Qaysi qadimiy dinda dastlab xudo bo'lmagan, chunki xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblashgan? A) qam (shomoniylik) dinida B) buddaviylik dinida C) zardushtiylik dinida D) nasroniylik dinida 18 / 30 18. Qadimiy saklarning ko'pchilik qismi qanday nom bilan atalgan guruhga mansub bo'lgan? A) saka-xau-movarka B) B va C javoblar to'g'ri C) saka-tiay-taradarayya D) saka-tigra-xauda 19 / 30 19. Saka-tiay-taradarayyalar qaysi hududlarda yashashgan? 1)Oral dengizi bo'ylarida; 2)Sirdaryoning o'rta oqimida; 3) Pomir tog'i etaklarida; 4) Sirdaryoning quyi oqimida; 5) Farg'ona vodiysida; 6) Toshkent vohasida. A) 3, 5 B) 1, 2 C) 2, 6 D) 1, 4 20 / 30 20. Quyidagilardan qaysi davlat Hindistonda mil. avv. VII-VI asrlarda vujudga kelgan davlatlar sirasiga kirmaydi? A) Malla B) Maurya C) Koshala D) Magadha 21 / 30 21. Zardushtiylar e’tiqodicha, insonning asosiy burchi, eng avvalo, nima hisoblangan? A) chin e’tiqod B) yaxshilikka undash C) adolatli turmush tarzi D) yuksak axloq 22 / 30 22. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Marg'iyona va Su'g'diyona hududlari quyidagi qaysi davlatning siyosiy va madaniy ta’siri ostida bo'lgan? A) Xorazm B) Qang' davlati C) Baqtriya D) Parfiya 23 / 30 23. O'rta Osiyoda mil. av VII-VI asrlarda qadimiy shaharlar rivojiga turtki bo'lgan asosiy omillar nima edi? A) qabila-elatlarning tinch-totuv yashaganligi va vayronkor urushlarning bo'lmaganligi B) O'zaro urushlar kuchayishi sharoitida qabilalarning yirik birlashmalarga uyushishga majbur bo'lganligi C) dehqonchilik rivojlanishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi D) hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi 24 / 30 24. Mil. avv. VII—VI asrlarda Xorazm, Su'g'diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg'uloti nima bo'lgan? A) chorvachilik va ovchilik B) sun’iy sug orishga asoslanmagan dehqonchilik va chorvachilik C) sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik D) dehqonchilik va baliqchilik 25 / 30 25. Yulduzlar joylashuviga qarab kelajakni bashorat qilish bilan shug'ullanadigan odam fanda qanday nomlanadi? A) futurologiya B) astrolog C) apostol D) geneolog 26 / 30 26. Qadimgi Xitoy tarixida qaysi davlatni ulkanligi bois hukmdorlar «Osmon ostidagi podsholik» deb atashgan? A) Xan B) Shan C) Sin D) Chjou 27 / 30 27. Xitoyga Hindistondan keltirilgan dehqonchilik ekinini aniqlang. A) choy B) bug’doy C) javdar D) sholi 28 / 30 28. Qadimgi shaharlar va ular vujudga kelgan hududlar muvofiq keluvchi javobni aniqlang. 1) Uzunqir 2) Afrosiyob 3) Yerqo’rg’on 4)Qiziltepa 5) Ko’zaliqir a)Xorazm b) Qashqadaryo vohasi c) Samarqand d) Surxondaryo vohasi A) 1-b,2-c,3-b,4-d,5-a B) 1-b,2-a,3-c,4-d,5-a C) 1-b,2-d,3-c,4-b,5-a D) 1-b,2-c,3-a,4-d,5-a 29 / 30 29. Ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo'lgan A. Dyuperron qaysi millat vakili bo'lgan? A) fransuz B) yunon C) ispan D) nemis 30 / 30 30. Saka-xau-movarka deb ataluvchi saklar qaysi hududlarda yashaganliklarini to'g'ri belgilang. 1) Oral dengizi bo'ylarida; 2) hozirgi Toshkent viloyatida; 3)hozirgi Janubiy Qozogiston yerlarida; 4)Pomirning tog'li tumanlarida;5)Yaksart daryosining quyi oqimida; 6)Farg'onada. A) 2, 3 B) 4, 6 C) 1, 5 D) 2, 4 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz