Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika mavzulashtirilgan » 6-sinf Informatika » 6-sinf Informatika №24 6-sinf Informatika 6-sinf Informatika №24 InfoMaster Aprel 18, 2023 122 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Informatika №24 IV BOB. AUDIO VA VIDEOFAYLLAR BILAN ISHLASH 24-dars. AUDIO VA VIDEOFAYLLARNI BOSHQARUVCHI DASTURLAR 1 / 30 1. Quyidagi rasmda “Variables” bo‘limidagi qaysi buyruq keltirilgan. A) O‘zgaruvchi qiymatini qaytarish. B) O‘zgaruvchilar qiymatni ko‘rsatish yoki yashirish. C) O‘zgaruvchini yaratish. D) O‘zgaruvchi qiymatini belgilash. 2 / 30 2. Quyidagi blokda shartning natijasi rost qiymatni qabul qilsa qaysi bo‘limi ichidagi buyruqlar bajariladi? A) if B) Hech qaysi bajarilmaydi C) else 3 / 30 3. Dastur ko‘rsatmalarining muayyan ketma-ketligi qayta-qayta takrorlanadigan algoritmga ….deyiladi. A) Sikl B) Tarmoqlanuvchi algoritm C) Takrorlanishlar soni deyiladi? D) Chiziqli algoritm 4 / 30 4. Scratch dasturi quyidagi uskuna vazifasini toping. A) Uskuna tasvirni o‘chirish uchun ishlatiladi. B) Uskuna yordamida chizilgan shakllarni bo‘yash mumkin. C) Uskuna tasvirning o‘zini yoki tasvirning biror sohasini tanlash uchun ishlatiladi. D) Uskuna yordamida matn kiritish mumkin. 5 / 30 5. Multiplikatsiya – … A) ekranda harakatlanuvchi tasvirlarni yaratish texnologiyasi. B) harakat qiluvchi rasmlarni yaratishning usullari C) kompyuter ekrani yoki boshqa elektron qurilmalarda ko‘rish uchun mo‘ljallangan film. D) film ibtidosida bosh qahramonlar bilan tanishuv o‘tkaziladi, ya’ni umumiy holat 6 / 30 6. Animatsiya fransuzchasiga qanday ma’nolarni anglatadi. A) kuzatish, jonlantirish B) Barcha javoblar to’g’ri C) yangi eggektlar, kuzatish D) ruhlantirish, jonlantirish 7 / 30 7. Rezyume-bu? A) Muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif, shikoyat va hokazo mazmunda yoziladigan rasmiy hujjat. B) Ma’lum bir shaxs tomonidan о‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. C) Yevropaning rivojlangan davlatlari hamda AQSH kadrlar boshqaruvi amaliyotidan kirib kelgan rasmiy hujjatlardan biri hisoblanadi. 8 / 30 8. Hujjat sahifasini raqamlash tartibi qaysi javobda berilgan? A) “Главная” →“Номер страницы” B) “Конструктор” →“Номер страницы” C) “Maket” →“Номер страницы” D) “Вставка” →“Номер страницы” 9 / 30 9. MS Word dasturida: Vektorli tasvir –bu? A) biror obyektning ko‘rinishini bezashda foydalaniladigan effekt. B) matnli ma’lumotlarni ixcham hamda vizual ko‘rinishda yaratish imkoniyatini beruvchi sxemalar. C) chiziqlardan tashkil topgan tasvir turi. D) uch o‘lchamli obyektlar tasviri. 10 / 30 10. MS Word matn protsessorida istalgan matematik formulalarni kritish mumkin. Ushbu fikir to’g’rimi? A) Yo’q B) Ha 11 / 30 11. Quyidagi rasmda necha sahifa hujjat chop etiladi? A) 5 B) 8 C) 13 D) 1 12 / 30 12. 15 ta sahifadan iborat hujjatning birinchidan beshinchigacha hamda sakkizinchi sahifalarini chop etish uchun qanday buyruq beriladi? A) 1, 5, 8. B) 1–5,8. C) 1–8. D) 1–5, 8–15. 13 / 30 13. Provayder – bu? A) Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sahifalar majmui. B) Dunyoning bir nuqtasidan ikkinchisiga ma’lumotlarni uzatish imkonini beruvchi, yagona standart asosida faoliyat yurituvchi butun jahon kompyuter tarmoqlari majmui. C) Internetga ulanish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot. D) Telefon tarmog‘i, kabelli televideniye va radioaloqani о‘z ichiga olgan aloqa kanallari orqali signallarni uzatish va qabul qilish uchun kompyuterga ulangan qurilma. 14 / 30 14. Veb-brauzer-? A) tashrif buyurilgan veb-sahifani qayta ochish B) Barcha javoblar to’g’ri C) veb-sahifani akslantiruvchi, tarjima qiluvchi va namoyish etuvchi dasturiy ta’minot D) veb-saytni yoki veb-sayt ichidagi sahifani ochish 15 / 30 15. Internet tarmog‘idagi ma’lumotlardan shaxsiy kompyuterga nusxa ko‘chirish jarajoni nima deyiladi? A) Yuborish B) Qaytarish C) Yuklash D) Yangilash 16 / 30 16. Foydalanuvchi nomi –bu? A) elektron pochta qutilari yordamida xabar (elektron xatlar) almashish uchun mo‘ljallangan Internet xizmati. B) elektron pochta manzili egasining nomi. U lotin harflari, raqam va belgilardan iborat bo‘ladi. C) yagona, boshqa o‘xshashi yo‘q. Ikkita bir xil pochta manzili bo‘lishi mumkin emas, shu boisdan pochta manzillariga nisbatan ushbu so‘z qo‘llaniladi. D) xabar yuborish uchun foydalaniladigan unikal manzil. 17 / 30 17. Forward- nima? (Gmailda) A) boshqalar ham o‘qishi uchun kelgan xatlarni ularning pochta manzillariga yuborish B) elektron xabar yuborilgan shaxs C) elektron xabar mavzusi yoki sarlavhasi D) elektron pochta tarkibidagi papka 18 / 30 18. Plagiat-nima? A) shaxs tomonidan yaratilgan g‘oya (fikr) yoki asarga nisbatan bo‘lgan huquq. B) Barcha javoblar to’g’ri C) davlat tomonidan berilgan, foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyat. D) asardan uning muallifini kо‘rsatmasdan foydalanish, ya’ni mualliflik huquqini о‘zlashtirish. 19 / 30 19. Fuqarolarning bankdagi hisob raqamlaridan pul yechib olish maqsadida ularning shaxsiy bank hisob raqamlari, xususan, shaxsiy identifikatsiya raqamlari (PIN) haqidagi ma’lumotlarni olish jarayoni fan tilida nima detiladi? A) Bulling B) Fishing C) Virtual olam D) Gruming 20 / 30 20. Kodek –nima? A) audio yoki videofaylni siqadigan (qisqartiradigan) va asl hajmini tiklaydigan maxsus dastur. B) audioaxborot jo‘rligida yozilgan raqamli shakldagi videoaxborot fayli. C) raqamli shakldagi audioaxborotlarga ega fayl. D) audio yoki videofayllardan ixtiyoriy tarzda terib olingan ro‘yxat. 21 / 30 21. Quyidagi 1-rasmda ovozli signallarning qandat shakli keltirilgan? A) analog shakli B) diskret shakli 22 / 30 22. Kadr-bu? A) buyum, manzara vа hokazolarning yagona fotografik tasviri. B) film parchasi yoki video ketma-ketligi, alohida tasvir. C) yozilgan ovoz, tovush hamda ovoz bilan ishlash tizimi va texnologiyalari. D) audio yoki videofayllardan ixtiyoriy tarzda terib olingan ro‘yxat. 23 / 30 23. Videokodeklarni belgilang. (Ko’p tanlovli savol, bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) DivX B) WMA C) H.264 D) Xvid E) MPEG-4 24 / 30 24. Quyidagi 2-rasmda ovozli signallarning qandat shakli keltirilgan? A) diskret shakli B) analog shakli 25 / 30 25. Audiofayl –bu? A) raqamli shakldagi audioaxborotlarga ega fayl. B) audioaxborot jo‘rligida yozilgan raqamli shakldagi videoaxborot fayli. 26 / 30 26. Audiofayl formatlar to’g’ri belgilang. (Ko’p tanlovli savol, bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) WMA Audio ,WAVE Audio,MP3 Audio, MIDI, MOD, B) Digital Theater Systems, AAC Audio, AIFF Audio C) AC3 Audio,MP2 Audio, OGG Vorbis Audio D) 3gp, MOV, WAVE Audio,MP3 Audio, MIDI, MOD, 27 / 30 27. Fotokadr-bu? A) yozilgan ovoz, tovush hamda ovoz bilan ishlash tizimi va texnologiyalari. B) audio yoki videofayllardan ixtiyoriy tarzda terib olingan ro‘yxat. C) buyum, manzara vа hokazolarning yagona fotografik tasviri. D) film parchasi yoki video ketma-ketligi, alohida tasvir. 28 / 30 28. Audioaxborot-bu? A) biror usul yordamida yozilgan hamda ijro etish mumkin bo‘lgan ovozli axborot. B) buyum, manzara vа hokazolarning yagona fotografik tasviri. C) yozilgan ovoz, tovush hamda ovoz bilan ishlash tizimi va texnologiyalari. D) film parchasi yoki video ketma-ketligi, alohida tasvir. 29 / 30 29. Video fayl formatlar to’g’ri belgilang. (Ko’p tanlovli savol, bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) Moving Picture Experts Group, Moving Picture Experts Group – 4 B) Digital Theater Systems, AAC Audio, AIFF Audio C) Shockwave Flash, MOV D) Audio-Video Interleave, Windows Media Video, Flash Video 30 / 30 30. Audiokodeklarni belgilang. (Ko’p tanlovli savol, bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) H.264 B) AC3 C) WMA D) Ogg Vorbis E) DivX F) MP3 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz