Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №8 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №8 InfoMaster Aprel 20, 2023 94 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf O'zbekiston tarix №8 30-34-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Eftaliylar hukmronligi davrida sosoniy savdogarlari bilan kimlar raqobat qilardilar? A) shoshliklar B) toxarlar C) sug’diylar D) xorazmliklar 2 / 40 2. Quyidagi qaysi din jon va ruhlarga, ota- bobolar ruhiga sig‘inish e’tiqodini tarbiyalagan? A) qam B) xristianlik C) moniylik D) zardushtiylik 3 / 40 3. Muqana Movarounnahrga yo’l oladi va o’z yaqinlari bian Amudaryoning o’ng qirg’og’iga o’tib, shahriga yetib boradi. A) Buxoro va Poykand B) Sharqiy Turkiston va Yettisuv C) Samarqand va Buxoro D) Naxshab va Kesh 4 / 40 4. 997-1030-yillarda hukmronlik qilgan davlat rahbarini aniqlang. A) Ibrohim Bo‘ritakin B) Mas’ud G‘aznaviy C) Sobuqtegin D) Mahmud G‘aznaviy 5 / 40 5. Mo‘g‘ullar Urganchda qancha hunarmandni asirga olishadi? A) 20 ming B) 50 ming C) 30 ming D) 100 ming 6 / 40 6. Nima uchun Chig`atoy Mahmud Yalavachni noiblikdan chetlashtrishga majabur bo`ldi? A) Ma`muriy islohotlarni amalga oshirish uchun B) Soliqlarni tartibga solish islohoti uchun C) Qo`zgalonni bostira olmagani uchun D) Xitoydaki qo`zg`alonni bostirishi uchun 7 / 40 7. Sharqda “Muallim-us soniy” nomi bilan mashhur bo’lgan shaxsni aniqlang? A) Ibn Sino B) Abu Rayhon Beruniy C) Abu Nasr Forobiy D) Abu Bakr Ar-Roziy 8 / 40 8. Sarbadorlar tomonidan amaldorlar mol-mulkini bir qismini musodara etilib, kambag‘allarga taqsimlab berilishi... A) aholi tomonidan ushbu harakatni yanada qo’llab-quvvatlashga olib keldi. B) shahardagi vaziyatni biroz bo’lsa-da izga tushishiga sabab bo’ldi. C) hukmdor tabaqalarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. D) mamlakatda to’kin-sochinlikni ta’minladi. 9 / 40 9. Amir Temur saltanida ijroya hokimiyatni kim boshqargan? A) xon B) amir C) shayxul rais D) devonbegi 10 / 40 10. Amir Temur quyidagi qaysi fanlardan yaxshigina xabardor bo`lgan? 1.tibbiyot 2.matematika 3.falakiyot 4.me`morchilik 5.tarix 6.musiqa A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,3,4,5,6 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,4 11 / 40 11. Askariy qismlarni viloyatlardan to‘plash bilan qaysi mansabdagi amaldor shug‘ullangan? A) tavochi B) sarxang C) sohibi shurat D) bahodir 12 / 40 12. Amir Temur Anqara yonidagi jangda turklarning qancha kishilik qo’shini ustidan g’alaba qozongan? A) 200 ming B) 160 ming C) 120 ming D) 360 ming 13 / 40 13. Amir Temur va Amir Husayin mo‘g‘ullar ustidan dastlabki g‘alabaga erishgan yilni aniqlang. A) 1361-y. B) 1366-y. C) 1363-y. D) 1364-y. 14 / 40 14. Boyaziddan yengilib, o’z yer va mulklaridan maxrum bo’lgan kichik Osiyo mamlakatlarining hukumdorlari Amir Temurdan yordam so’rab murojat qiladilar buning evaziga… A) ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstatinopol va Perning Boyazidga to’lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to’lashga va’da qiladi B) Amir Temur ularni Islom diniga o’tishini, asirga olingan musulmon savdogarlarni ozod etishni va Boyazidga qarshi birlashib kurashishni talab qiladi C) ular bilan xech qanday aloqa o’rnatmagan D) Vizntiya, Qirim oroli, Qora dengiz sohillari Amir Temurga sovg’a qilib yana Boyazidga qarshi kurashda 60 ta harbiy kemalar bilan yordam berishini majburiyati oladi. 15 / 40 15. Amir Temur vafotidan bir oy o‘tib … A) Xalil Sulton Samarqand taxtini egallab oldi B) Shohrux Samarqandga qarshi yurish qiladi C) Farg‘onani Amir Xudoydod egallab oldi D) Turkiston Movarounnahrdan ajralib chiqdi 16 / 40 16. Amir Temur qo`shinining so`l qanoti nima deb atalgan. A) burong`or B) manglay C) juvong`or D) qanbul 17 / 40 17. Amir Temur tomonidan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib kelganligini qayd eting. 1)iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi; 2)sug‘orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro‘y berdi; 3)yangi kanallar qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi; 4)hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi; 5)fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi; 6)Bo‘ysundirilgan mamlakatlarda pul islohotini o‘tkazdi; 7)Sharq bilan G‘arb uchun yagona bo‘lgan o‘lchov birliklarini joriy qildi; 8 ) Oltin O‘rda davlatida iqtisodiy va siyosiy islohotlar joriy qildi. A) 1, 4, 5, 6, 7, 8 B) 2, 3, 4, 6, 7, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 18 / 40 18. Amir Temurning Fransiya yuborgan Maxsus elchilari qachon Parijga yetib boradi? A) 1403-yil, mayida B) 1403-yil 15-iyunida C) 1403-yil, 21-aprel D) 1402-yil yozida 19 / 40 19. Quyidagi omillarning qaysi biri Boyazid va Temur o‘rtasidagi to‘qnashuvga olib keldi? A) Boyazidning Temur sha’niga haqoratli so‘zlar aytishi B) Yevropa davlatlarining Temurni Boyazidga qarshi urushda ko‘mak bermoqchiligi C) Boyazidning qoraquyunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Temurga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlashi D) Boyazidning Amir Temurdan Kavkaz hududini talab qilishi 20 / 40 20. Amir Temur necha yoshga to‘lganda otasi uni madrasaga beradi? A) besh B) sakkiz C) yetti D) olti 21 / 40 21. 25. 1403-yil 15-iyunda….. A) Amir Temur elchilari Parijga yetib bordi. B) Klavixo boshchiligidagi elchilar Samarqandga keldi C) Boyazid Yildirim vafot etdi D) Karl VI Amir Temurga uning takliflari Fransiya tomonidan qabul qilingani to’g’risida javob maktubini yo’lladi. 22 / 40 22. Quyidagi qay biri Amir Temurning Movarounnahr, Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir- biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shganligini ko‘rsatadi? 1)Sharq bilan G‘arb uchun yagona bo‘lgan o‘lchov birliklarini joriy qildi; 2)Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini tikladi; 3)Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi; 4)Bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini qayta qurdirdi; 5)Karvon yo‘llarida rabotlar, qal’alar, ko‘priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog‘-u bo‘stonlar barpo etdi; 6)Bo‘ysundirilgan mamlakatlarda pul islohotini o‘tkazdi; 7)Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berdi; 8)Oltin O‘rda davlatida iqtisodiy va siyosiy islohotlar joriy qildi. A) 2, 3, 4, 6, 7, 8 B) 2, 3, 4, 5, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 D) 1, 4, 5, 6, 7, 8 23 / 40 23. Quyidagi atamalar to’g’ri izohlanga javobni aniqlang? a) hazora; b) qo’shin; c)ayl; d) tavochi; e) qanbul; 1)o’nlik, askarliy birikma ; 2)yuzlik askariy birikma; 3)minglik askariy birkma 4)qo’riqchi askariy birikma 5)askariy qo’shin to’plovchi A) 1-a,2-c,3-d,4-b,5-e B) 1-c 2-b 3-a 4-e 5-d C) 1-c 2-a 3-e 4-d 5-b D) 1-a 2-b 3-c 4-d 5-e 24 / 40 24. Amir Temurning bolalikdagi do’stlari keyinchalik qo’shinida qaysi lavozimni egallagan edilar? A) sipohsolor B) lashkarboshi C) sarkarda D) bosh qo’mondon 25 / 40 25. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari Samarqandda bo‘lgan vaqtni aniqlang. A) 1402-1404-yillar B) 1404-yilning sentabr-noyabr oylari C) 1403-yilning yanvar-may oylari D) 1403-yil boshidan, 1405-yil boshigacha 26 / 40 26. Sarbadorlar yo‘lboshchilaridan qaysi biri mohir mergan bo‘lgan? A) Xurdaki Buxoriy B) Mavlonozoda C) Abu Bakr Kuluviy D) Nosirbek 27 / 40 27. Mirzo Umar ibn Mironshohga quyidagi qaysi hudud suqurg‘ol shaklida berilgan? A) Ozarbayjon, G‘arbiy Eron, Iroq, Armaniston B) Toshkent, Sayram, O‘trordan to Xitoy chegarasigacha C) Xuroson, Mozandaron, Ray va Seiston D) Farg‘ona,Tarozdan to Xo‘tangacha 28 / 40 28. Qoraqo’yunlar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo’llab-quvvatlagan hukmdorni aniqlang. A) To’xtamish B) Boyazid C) Ilyosxo’ja D) Karl VI 29 / 40 29. Amir Temur To’xtamishga qarshi necha marta harbiy yurishlarni tashkil etadi? A) 2 marta B) 3 marta C) 7 marta D) 5 marta 30 / 40 30. O‘rta asrlarda Suriya ... A) Fors deb yuritilgan B) Gurjiston deb yuritilgan C) Shom deb yuritilgan D) Iroqi Ajam deb yuritilgan 31 / 40 31. Tug‘luq Temur Movarounnahrga bostirib kirgach, Kesh hokimi Hoji Barlos qayerga qochadi? A) Hindistonga B) Xurosonga C) Xorazmga D) Eronga 32 / 40 32. Qachon Samarqandda quriltoy chaqirildi? A) 1370-yil, sentabrda B) 1370-yil, 11-aprel C) 1370-yil, 10- mayda D) 1370-yil, iyulda 33 / 40 33. Amir Temurning 1395-yilda To’xtamish ustidan qozongan g’alabasi nimaga xizmat qilgan? A) Amir Temurning Hindiston yurishiga tayyorgarlik ishlariga B) Rus knyazlaring birlashishiga C) Rossiya bilan diplomatik va savdo aloqalarini o’rtanishga D) 7 yillik urushning g’alaba bilan yakunlanishiga 34 / 40 34. Amir Temur qo‘shini qanotlarini yon tomondan qo‘riqlagan askariy qo‘shilmalar nima deb atalgan? A) qanbul B) manglay C) burong‘or D) juvong‘or 35 / 40 35. Quyidagi qaysi voqeadan keyin Amir Temur bilan Amir Husayn o`rtasida ittifoq yuzaga keladi? A) Mo`gullar hujumlari ko`pyganidan keyin B) Amir Temur Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og`oga uylanganidan keyin C) Amir Temurning Keshga noib etib tayinlanganidan keyin D) Amir Husayn Movarunnahr hukmdori deb e`lon qilinganidan keyin 36 / 40 36. Klavixoning ma’lumotlariga qaraganda, 1404-yilda Samarqandga kelgan qaysi davlat elchilari boshqa mamlakat elchilaridan yuqoriga o‘tqazib qo‘yilgan ekan? A) Misr B) Hindiston C) Xitoy D) Turkiya 37 / 40 37. 1398-1399-yillarda Amir Temur ... A) “Yetti yillik” yurishni boshladi B) Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi C) Armanistondagi Van ko‘li atroflarini egallaydi D) Eron, Suriya, Iroqni egalladi 38 / 40 38. Sarbadorlar harakatining boshliqlari qayerda qatl etilgan? A) Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘ida B) Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog‘ida C) Samarqandning Ko‘ksaroyida D) Samarqand yaqinidagi Konigil mavzeida 39 / 40 39. Amir Temurning keksayib qolgan davrida G’arbiy Yevropa hukumdorlarining diqqat e’tibironi o’ziga jalb etgan shaxsni toping. A) Pirmuhammad B) Ulug’bek C) Shoxrux D) Mironshoh 40 / 40 40. Qaysi omil Amir Temur davlatining tashqi iqtisodiy va elchilik aloqalarining barqarorligiga olib keldi? A) Buyuk ipak yo‘lida savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlash B) Sulton Boyazidning Amir Temurdan yengilishi C) Amir Temurning uch, besh, yetti yillik harbiy yurishlari D) Oltin O‘rda davlatining Amir Temur tomonidan fath etilishi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz