Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 367 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 1 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 Chirchiq daryosi tekislikka oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan qaysi daryolar quyiladi? A) Qoraqiyasoy, Qizilsuvsoy B) Parkentsoy, Oqtoshsoy C) Oqsoqotasoy, Qizilsuvsoy D) Qoronqulsoy, Glavasoy 2 / 30 Rasmdagi a va b harflar o‘rniga 4 sekund va 6 sekund so‘zlari mos ravishda qo‘yilsa, dengizning chuqurligini aniqlang. A) 6000 m va 9000 m B) 6000 m va 4500 m C) 4500 m va 3000 m D) 6500 m va 8500 m 3 / 30 Xaritada A va B nuqtalar bilan qaysi orollar o‘rni ko‘rsatilgan? A) A-Viktoriya, B-Yamayka B) A-Banks, B-Kuba C) A-Grenlandiya, B-Gaiti D) A-Baffin Yeri, B-Kuba 4 / 30 Quyidagi qaysi mamlakatning shimoliy qismi tekislikdan iborat? A) Bolgariya B) Germaniya C) Italiya D) Turkiya 5 / 30 Qaysi davlat Karib havzasi mamlakatlari tarkibiga kirmaydi? A) Gonduras B) Nikaragua C) Gvatemala D) Meksika 6 / 30 Rasmda “k” harfi bilan daryo vodiysining qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) estuariy B) irmoqlar C) suvayirg‘ich D) daryo manbai 7 / 30 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? A) Iliq front B) Sovuq front C) Geotermik o‘choq D) Termik depressiya 8 / 30 Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi korxonasi respublikamizning qaysi shahrida joylashgan? A) Andijon B) Qorovulbozor C) Samarqand D) Chirchiq 9 / 30 Hind okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 36,5 ‰. Okeandan olingan 4,5 tonna suvdan qancha tuz olish mumkin? A) 16,425 t B) 16,425 kg C) 164 250 kg D) 164,25 kg 10 / 30 Sovetskoye platosi quyidagi qaysi geografik obyektga eng yaqin joylashgan? A) Verxoyansk tizmasiga B) Pantanal botqoqligiga C) Shimoliy qutbga D) Erebus vulqoniga 11 / 30 Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 5 va 6 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Hind va Nil B) Gang va Nil C) Ra va Istr D) Oks va Yaksart 12 / 30 Quyidagi qaysi mamlakat ichimlik suvini Malayziyadan import qiladi ? A) Indoneziya B) Singapur C) Xitoy D) Vyetnam 13 / 30 Quyidagi qaysi IES yiliga 13 mlrd kW ∙ h elektr energiya beradi? A) Sirdaryo IES B) Farg‘ona IES C) Navoiy IES D) Talimarjon IES 14 / 30 Quyidagi milliy bog‘lardan qaysilari Shimoliy Amerikada joylashgan? 1. Jasper; 2. Yosemit; 3. Manu; 4. Sekvoyya; 5. Parakas; 6. Vud-Buffalo. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6 15 / 30 Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya B) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya C) Polsha, Norvegiya, Daniya D) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya 16 / 30 Quyidagi qaysi shaharlarda paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar joylashgan? A) Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Andijon B) Toshkent, Qo‘qon, Jizzax, Namangan C) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz D) Toshkent, Andijon, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on 17 / 30 Quyidagi qaysi geografik obyekt Past Afrikada joylashgan emas? A) Assal ko‘li B) Darfur platosi C) Kattara botig‘i D) Tubkal tog‘i 18 / 30 Termometr tog‘ cho‘qqisida havo harorati -10ºC, xuddi shu paytda uning dengiz bo‘yida joylashgan etagida havo harorati +14ºC ga teng ekanligini ko‘rsatdi. Tog‘ning mutlaq balandligini aniqlang. A) 3500 m B) 4000 m C) 3000 m D) 4500 m 19 / 30 Jeneva ko‘li vujudga kelishiga ko‘ra qanday ko‘llar guruhiga mansub? A) To‘g‘onli B) Morena C) Tektonik D) Laguna 20 / 30 Quyidagi qaysi shahar nisbatan shimolroqda joylashgan? A) Koson B) Samarqand C) Kattaqo‘rg‘on D) Kogon 21 / 30 Quyidagi rasmda Mariana va Kermadek cho‘kmalari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 3 va 6 B) 1 va 2 C) 4 va 6 D) 4 va 7 22 / 30 Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 9 999 km B) 4,999.50 C) 14 998,5 km D) 1 914, 5 km 23 / 30 Abiskun dengizi qaysi materikda joylashgan suv havzasining qadimgi nomi hisoblanadi? A) Avstraliya B) Afrika C) Yevrosiyo D) Shimoliy Amerika 24 / 30 Grenlandiya va Islandiya orollari orasidagi bo‘g‘iz nomini belgilang. A) Daniya B) Lankaster C) Deyvis D) Mak-Klintek 25 / 30 Qishda Murmansk portining muzlamasligiga sabab bo‘luvchi oqimlar quyidagi xarita-sxemada qaysi sonlar bilan ko‘rsatilgan? A) 16, 17, 19 B) 1, 2 , 4 C) 9, 8, 7 D) 9, 10, 12 26 / 30 Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang. A) 600 mm Hg B) 580 mm Hg C) 550 mm Hg D) 610 mm Hg 27 / 30 Qorako‘l qo‘ylari Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining qaysi qismida boqiladi? A) Shimoli-g‘arbida B) Janubida C) Sharqida D) Markazi va janubida 28 / 30 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali B) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare C) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru D) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur 29 / 30 Italiyada shahar aholisining ulushi qancha? A) 70% B) 91% C) 57% D) 85% 30 / 30 Quyidagi qaysi orol vujudga kelishiga ko‘ra rasmda tasvirlangan tipga xos emas? A) Tasmaniya B) Mariana C) Pasxa D) Gavayi 0% Testni qayta ishga tushiring Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6