Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 305 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 2 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 Xaritada A va B nuqtalar bilan qaysi orollar o‘rni ko‘rsatilgan? A) A-Baffin Yeri, B-Kuba B) A-Banks, B-Kuba C) A-Grenlandiya, B-Gaiti D) A-Viktoriya, B-Yamayka 2 / 30 Osiyo va Afrikada urbanizatsiya ko‘rsatkichi qancha? A) 60% va 27% B) 43% va 31% C) 55% va 70% D) 50% va 40% 3 / 30 Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas? A) Turkiston tizmasi B) Bo‘kantov tizmasi C) Chotqol tizmasi D) Zarafshon tizmasi 4 / 30 Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2978,9 km B) 2978 m C) 2,788 km D) 27,88 km 5 / 30 Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? A) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi B) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi C) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi D) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi 6 / 30 Rasmda “k” harfi bilan daryo vodiysining qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) suvayirg‘ich B) irmoqlar C) estuariy D) daryo manbai 7 / 30 Quyidagi qaysi shahar nisbatan shimolroqda joylashgan? A) Kattaqo‘rg‘on B) Samarqand C) Kogon D) Koson 8 / 30 Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 9 999 km B) 14 998,5 km C) 4,999.50 D) 1 914, 5 km 9 / 30 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? A) Sovuq front B) Geotermik o‘choq C) Iliq front D) Termik depressiya 10 / 30 Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi korxonasi respublikamizning qaysi shahrida joylashgan? A) Qorovulbozor B) Andijon C) Chirchiq D) Samarqand 11 / 30 Termometr tog‘ cho‘qqisida havo harorati -10ºC, xuddi shu paytda uning dengiz bo‘yida joylashgan etagida havo harorati +14ºC ga teng ekanligini ko‘rsatdi. Tog‘ning mutlaq balandligini aniqlang. A) 4500 m B) 4000 m C) 3500 m D) 3000 m 12 / 30 Italiyada shahar aholisining ulushi qancha? A) 57% B) 70% C) 91% D) 85% 13 / 30 Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya B) Polsha, Norvegiya, Daniya C) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya D) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya 14 / 30 Hind okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 36,5 ‰. Okeandan olingan 4,5 tonna suvdan qancha tuz olish mumkin? A) 16,425 kg B) 16,425 t C) 164,25 kg D) 164 250 kg 15 / 30 Quyidagi qaysi geografik obyekt Past Afrikada joylashgan emas? A) Tubkal tog‘i B) Darfur platosi C) Kattara botig‘i D) Assal ko‘li 16 / 30 Terrigen yotqiziqlar ko‘p to‘planadigan joylar rasmda qaysi harflar bilan belgilangan? A) D, A B) F, B C) G, F D) J, B 17 / 30 Quyidagilardan qaysi biri O‘zbekistonning eng janubida joylashgan tog‘ hisoblanadi? A) Qurama B) Bobotog‘ C) Zarafshon D) Oqtog‘ 18 / 30 Quyidagi xarita-sxemada 4 raqami bilan qaysi dengiz ko‘rsatilgan? A) Adriatika B) Ioniya C) Tirren D) Liguriy 19 / 30 Quyidagi milliy bog‘lardan qaysilari Shimoliy Amerikada joylashgan? 1. Jasper; 2. Yosemit; 3. Manu; 4. Sekvoyya; 5. Parakas; 6. Vud-Buffalo. A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4 20 / 30 Quyidagi qaysi davlat iqtisodiyoti eng qoloq agrar mamlakatlardan biri hisoblanadi? A) Shri Lanka B) Vyetnam C) Laos D) Bangladesh 21 / 30 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru B) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur C) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare D) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali 22 / 30 Sovetskoye platosi quyidagi qaysi geografik obyektga eng yaqin joylashgan? A) Shimoliy qutbga B) Pantanal botqoqligiga C) Erebus vulqoniga D) Verxoyansk tizmasiga 23 / 30 Quyidagi qaysi mamlakat ichimlik suvini Malayziyadan import qiladi ? A) Singapur B) Xitoy C) Vyetnam D) Indoneziya 24 / 30 Quyidagi rasmda Mariana va Kermadek cho‘kmalari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 4 va 6 B) 4 va 7 C) 1 va 2 D) 3 va 6 25 / 30 Quyidagi qaysi orol vujudga kelishiga ko‘ra rasmda tasvirlangan tipga xos emas? A) Pasxa B) Mariana C) Gavayi D) Tasmaniya 26 / 30 O‘rta okean tizmalarining uzunligidan 150 marta qisqa masofa necha gradus meridian yoyining uzunligiga teng? A) 4,2° B) 3,6° C) 3,1° D) D)2,8° 27 / 30 Quyidagi qaysi shaharlarda paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar joylashgan? A) Toshkent, Qo‘qon, Jizzax, Namangan B) Toshkent, Andijon, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on C) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz D) Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Andijon 28 / 30 Jeneva ko‘li vujudga kelishiga ko‘ra qanday ko‘llar guruhiga mansub? A) Morena B) Laguna C) Tektonik D) To‘g‘onli 29 / 30 Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 5 va 6 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Hind va Nil B) Gang va Nil C) Ra va Istr D) Oks va Yaksart 30 / 30 Quyidagi qaysi IES yiliga 13 mlrd kW ∙ h elektr energiya beradi? A) Sirdaryo IES B) Farg‘ona IES C) Talimarjon IES D) Navoiy IES 0% Testni qayta ishga tushiring Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6