Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 315 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 3 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2,788 km B) 2978,9 km C) 2978 m D) 27,88 km 2 / 30 Dunyo okeani yuzasidan bir yilda qancha qalinlikda suv bug‘lanadi? A) 1 m B) 3 m C) 5 m D) 2 m 3 / 30 O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalaridagi o‘rtacha murakkab geotizimlarga nimalarni misol qilish mumkin? A) Deltalarning o‘rta qismlarini B) Qirlar, adirlar va platolarni C) Yuqori allyuvial terrasalarni D) Konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining bosh qismini 4 / 30 Chuqurligi 4500 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi? A) -11°C B) +11°C C) -9°C D) +9°C 5 / 30 Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi-g‘arbida qaysi tog‘ joylashgan? A) Pistalitog‘ B) Bobotog‘ C) Klif-Sherobod D) Chaqchar 6 / 30 Quyidagi rasmda Mariana va Kermadek cho‘kmalari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 4 va 6 B) 4 va 7 C) 1 va 2 D) 3 va 6 7 / 30 Quyidagilardan qaysi biri O‘zbekistonning eng janubida joylashgan tog‘ hisoblanadi? A) Oqtog‘ B) Qurama C) Bobotog‘ D) Zarafshon 8 / 30 Qorako‘l qo‘ylari Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining qaysi qismida boqiladi? A) Sharqida B) Janubida C) Markazi va janubida D) Shimoli-g‘arbida 9 / 30 Hind okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 36,5 ‰. Okeandan olingan 4,5 tonna suvdan qancha tuz olish mumkin? A) 164,25 kg B) 16,425 kg C) 16,425 t D) 164 250 kg 10 / 30 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur B) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali C) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare D) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru 11 / 30 Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 5 va 6 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Hind va Nil B) Ra va Istr C) Gang va Nil D) Oks va Yaksart 12 / 30 Italiyada shahar aholisining ulushi qancha? A) 85% B) 91% C) 70% D) 57% 13 / 30 Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi korxonasi respublikamizning qaysi shahrida joylashgan? A) Samarqand B) Qorovulbozor C) Andijon D) Chirchiq 14 / 30 Quyidagi qaysi mamlakat ichimlik suvini Malayziyadan import qiladi ? A) Indoneziya B) Singapur C) Vyetnam D) Xitoy 15 / 30 Quyidagi qaysi IES yiliga 13 mlrd kW ∙ h elektr energiya beradi? A) Navoiy IES B) Farg‘ona IES C) Talimarjon IES D) Sirdaryo IES 16 / 30 O‘rta okean tizmalarining uzunligidan 150 marta qisqa masofa necha gradus meridian yoyining uzunligiga teng? A) 4,2° B) 3,6° C) D)2,8° D) 3,1° 17 / 30 Quyidagi qaysi orol vujudga kelishiga ko‘ra rasmda tasvirlangan tipga xos emas? A) Gavayi B) Pasxa C) Tasmaniya D) Mariana 18 / 30 Rasmda “k” harfi bilan daryo vodiysining qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) suvayirg‘ich B) daryo manbai C) estuariy D) irmoqlar 19 / 30 Abiskun dengizi qaysi materikda joylashgan suv havzasining qadimgi nomi hisoblanadi? A) Avstraliya B) Shimoliy Amerika C) Yevrosiyo D) Afrika 20 / 30 Quyidagi qaysi shaharlarda paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar joylashgan? A) Toshkent, Andijon, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on B) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz C) Toshkent, Qo‘qon, Jizzax, Namangan D) Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Andijon 21 / 30 Jeneva ko‘li vujudga kelishiga ko‘ra qanday ko‘llar guruhiga mansub? A) Tektonik B) Morena C) To‘g‘onli D) Laguna 22 / 30 Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya B) Polsha, Norvegiya, Daniya C) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya D) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya 23 / 30 Terrigen yotqiziqlar ko‘p to‘planadigan joylar rasmda qaysi harflar bilan belgilangan? A) D, A B) J, B C) G, F D) F, B 24 / 30 Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang. A) 600 mm Hg B) 550 mm Hg C) 580 mm Hg D) 610 mm Hg 25 / 30 Grenlandiya va Islandiya orollari orasidagi bo‘g‘iz nomini belgilang. A) Mak-Klintek B) Deyvis C) Daniya D) Lankaster 26 / 30 Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 1 914, 5 km B) 9 999 km C) 14 998,5 km D) 4,999.50 27 / 30 Quyidagi qaysi shahar nisbatan shimolroqda joylashgan? A) Samarqand B) Koson C) Kogon D) Kattaqo‘rg‘on 28 / 30 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? A) Geotermik o‘choq B) Termik depressiya C) Sovuq front D) Iliq front 29 / 30 Termometr tog‘ cho‘qqisida havo harorati -10ºC, xuddi shu paytda uning dengiz bo‘yida joylashgan etagida havo harorati +14ºC ga teng ekanligini ko‘rsatdi. Tog‘ning mutlaq balandligini aniqlang. A) 3000 m B) 4500 m C) 4000 m D) 3500 m 30 / 30 Quyidagi milliy bog‘lardan qaysilari Shimoliy Amerikada joylashgan? 1. Jasper; 2. Yosemit; 3. Manu; 4. Sekvoyya; 5. Parakas; 6. Vud-Buffalo. A) 1, 2, 4, 6 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6