Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika mavzulashtirilgan » 9-sinf Informatika » 9-sinf Informatika №17 9-sinf Informatika 9-sinf Informatika №17 InfoMaster Dekabr 20, 2022 160 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Informatika №17 IV BOB. DASTURLASH ASOSLARI 27-dars. PYTHON DASTURLASH TILINI O‘RNATISH 1 / 25 1. Quyidagi fikrlarning qaysilari mulohaza bo‘la oladi? A) Ushbu tasmaning uzunligi qanday? B) “1234321” – palindrom son. C) Sizning yoshingiz necha yoshda? D) Ertalabki badantarbiya mashqlarini bajaring! 2 / 25 2. Inversiya -... A) lotinch so'z bo'lib to'ldiraman degan ma'noni anglatadi B) lotincha so'z bo'lib ajrataman degan ma'noni anglatadi C) lotincha so'z bo'lib to‘ntaraman degan ma'noni anglatadi D) lotincha so'z bo'lib bog'layman degan ma'noni anglatadi 3 / 25 3. Quyidagi mantiqiy bog‘lovchi nomini toping. “<=>” A) Konyunksiya B) Implikatsiya C) Ekvivalensiya D) Dizyunksiya 4 / 25 4. Konyunktor raqamli sxemalarda qaysi mantiqiy elementi orqali belgilanadi? A) “EMAS” B) “YOKI” C) Barcha javob to’g’ri D) “VA" 5 / 25 5. Quyidagi sxemadan foydalanib natijani aniqlang. A=1, B=0, C=0, D=1 A) Rost B) Yolg'on 6 / 25 6. “Algoritmlash” kompyuterda masalalar yechishning nechanchi bosqichi hisoblanadi? A) 4-bosqich B) 2-bosqich C) 3-bosqich D) 5-bosqich 7 / 25 7. Modellashtirish – A) izlanish olib borilayotgan sohaning obyekti nusxasi; B) bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalar modellarini yasash va o‘rganishdan iborat jarayon. C) o'rganilayotgan obyektning haqiqiy ko'rinishi; D) biror haqiqiy obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki nusxasi bo'lib, u izlanish olib borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob berishi zarur. 8 / 25 8. Algoritimning “Diskretlilik” xossasi qaysi javobda keltirilgan? A) Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart. B) Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak. C) Algоritmdа ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi hamda faqat algoritmda ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart. D) Har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim. 9 / 25 9. Quyidagi blokning vazifasini toping. A) Blok-sxemadagi harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi. B) Parametrli takrorlanish jarayonni tashkil qilishda qo‘llaniladi. C) Natijalarni bosib chiqarish uchun ishlatiladi. D) Oldindan yaratilgan yordamchi algoritmga murojaat qilish uchun ishlatiladi. 10 / 25 10. Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali.... deb ataladi. A) dizyunksiya (lot. disjunctio – farqlayman, ajrataman) – mantiqiy qo‘shish amali B) inversiya (lot. inversio – to‘ntaraman) – mantiqiy inkor amali C) konyunksiya (lot. conjunctio – bog‘layman) – mantiqiy ko‘paytirish amali D) implikatsiyasi 11 / 25 11. Algoritm mantiqiy tuzilishi, ya’ni bajarilish tartibiga ko‘ra necha turga bo’linadi? A) 5 B) 3 C) 2 D) 4 12 / 25 12. Quyidagi algoritm natijasini toping. A) 3 B) 6 C) 12 D) 11 Ushbu blok-sxema qanday natija chiqarishini aniqlaymiz. Boshlang‘ich qiymatlar: S = 0 A = -6 Takrorlanuvchi jarayon: S = A - S A = A + 2 A > 9 shart tekshiriladi. Agar Yo‘q, jarayon yana davom etadi. Agar Ha, S chiqariladi. Hisob-kitobni bajaramiz: A S = A - S A = A + 2 -6 -6 - 0 = -6 -6 + 2 = -4 -4 -4 - (-6) = 2 -4 + 2 = -2 -2 -2 - 2 = -4 -2 + 2 = 0 0 0 - (-4) = 4 0 + 2 = 2 2 2 - 4 = -2 2 + 2 = 4 4 4 - (-2) = 6 4 + 2 = 6 6 6 - 6 = 0 6 + 2 = 8 8 8 - 0 = 8 8 + 2 = 10 Endi A > 9 sharti haqiqat bo‘ldi (10 > 9).Shu paytda S ning qiymati: 8. Natija: 8 ✅ 13 / 25 13. Quyidagi algoritm natijasini toping. A) -6 B) 8 C) 0 D) 4 14 / 25 14. Kompyuter dasturi –... A) biror maqsadga erishish yo’lida bajariladigan ketma-ketliklar B) biror masalani yechish uchun kompyuter tomonidan ijro etilishi lozim bo‘lgan buyruqlarning izchil to‘plami. C) dastur tuzuvchi shaxs. D) kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni. 15 / 25 15. Kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun mo‘ljallangan tilni toping. A) SCRATCH B) С C) JAVA D) JAVASCRIPT 16 / 25 16. Dastur kodini kiritish, uni fayl sifatida saqlamasdan turib natijasini ko‘rish muhiti. Nima deyiladi? A) Dasturlash muhiti B) Operator C) Interfaol muhit D) Kompyuter dasturlari 17 / 25 17. IDLE qanday muhit? A) integrallashgan dasturlash va o‘rganish muhiti B) dasturlash tili buyruqlari. C) dastur kodini kiritish, alohida fayl sifatida saqlash va ishga tushirish muhiti. D) barcha javob to'g'ri 18 / 25 18. IDLEning dasturlash muhitida dastur natijasini olish uchun qaysi buyruq tanlanadi? A) Run menyusida Run Module buyrug‘i B) File menyusidan Save yoki Save as buyrug‘i C) File menyusidan Save as buyrug‘i D) File menyusidan New File buyrug‘i 19 / 25 19. Dasturlash muhiti nima? A) dastur kodini kiritish, uni fayl sifatida saqlamasdan turib natijasini ko‘rish muhiti. B) dasturlash tili buyruqlari. C) dastur kodini kiritish, alohida fayl sifatida saqlash va ishga tushirish muhiti. D) integrallashgan dasturlash va o‘rganish muhiti 20 / 25 20. Pythonning rasmiy saytini ko’rsating. A) www.python.org B) www.python.uz C) www.python.ru D) www.python.com 21 / 25 21. print() operatorining vazifasi qanday? A) o‘zgaruvchi qiymatini kritish mumkin. B) o‘zgaruvchi qiymatini o’zgartirish mumkin. C) o‘zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish mumkin. D) Barcha javob to’g’ri 22 / 25 22. Paython dasturida quyidagi kod natijasini toping: print(‘Salom’) A) Salom B) salom C) SALOM D) Xatolik chiqadi 23 / 25 23. IDLEning dasturlash muhitida dastur tuzishda fayl saqlash uchun qaysi buyruq tanlanadi? A) File menyusidan New File buyrug‘i B) File menyusidan Save yoki Save as buyrug‘i C) Run menyusida Run Module buyrug‘i 24 / 25 24. IDLE qisqartma so’zining kengaytmasini toping. A) Internet Drive and Learning Environment B) Integrated Development and Learning Environmental C) Integrated Development and Learning Environment D) Internet Downloads and Learning Environment 25 / 25 25. Dastur kodini kiritish, alohida fayl sifatida saqlash va ishga tushirish muhiti. Nima deyiladi? A) Dasturlash muhiti B) Kompyuter dasturlari C) Operator D) Interfaol muhit 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-sinf “Kiritish qurilmalari va ularning qo‘llanishi”