Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 9, 2022 277 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Diqqat! Testni 80% va undan yuqori natija bilan tugating va sertifikatga ega bo'ling! 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz Online olimpiada savollari! Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 1 / 25 1. ”Qutbdagi gunafsh” ertagida gunafshaning xushbo`y hididan hayratga tushgan shimolliklarga uning gul ekanligini, bunday gullar janubda millionlab o`sishini kim tushuntiradi? A) morj B) ayiq C) tyulen D) chayka 2 / 25 2. Avaz O`tar devoni nomi berilgan qatorni toping. A) “Oltin qirg`oq” B) “Firdavs ul-iqbol ” C) “Quyoshli qalam” D) ”Saodat ul-iqbol 3 / 25 3. “Xalq nimasi bilan xalq? O’zining urf-odatlari bilan xalq! Ko’p urf-odatlarimizni birovlar … birovlar o’ziniki qilib oldi!” Ushbu jumlalar kimning qaysi asarda uchraydi? A) O.Yoqubov “Muzqaymoq” B) P.Qodirov “Yulduzli tunlar” C) T.Murod “Yulduzlar mangu yonadi” D) A.Qodiriy “Uloqda” 4 / 25 4. Qaysi qatorda S.Ahmadning “Qadrdon dalalar” asari bilan bir xil janrdagi asar nomi berilgan? A) “Ot kishnagan oqshom” B) “Dala armonlari” C) “Adolat manzili” D) “Jannati odamlar” 5 / 25 5. Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Otamdan qolgan dalalar” B) “Ot kishnagan oqshom” C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Oydinda yurgan odamlar” 6 / 25 6. Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan? A) - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha’ningizga dog‘ tushiradigan ish qilmang, - dedi u kuyunib. B) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. C) So‘ridagi ko‘rpachani yig‘ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to‘shab, joy soldi. D) Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlab kula boshladi. 7 / 25 7. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! – Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim. (Musa Jalil) Ushbu she’riy parchada kimning tuyg‘ulari ifodalanmoqda? A) Chet ellarda sargardon yurgan ishchilarning. B) Qamoqxonadagi mahbusning. C) Urushdagi askarlarning. D) Kasalxonada yotgan bemorning. 8 / 25 8. Sabab ravishdoshini toping. A) suvga tikilgancha o‘ylanib qoldi B) yig‘lay-yig‘lay uxladi C) ko‘rgani bordi D) qo‘rqib kirmadi 9 / 25 9. Sabab ravishi qatnashgan gapni aniqlang. A) Xayrullo bu shartga noiloj ko‘ndi. B) U esa hamon qo‘rqoqligi tufayli kechalari ko‘chaga chiqolmaydi. C) U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini yumdi. D) Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. 10 / 25 10. Quyidagi o‘tgan zamon shakllaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi? A) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. B) Mana bu shotutni bobosi ekkan. C) Sinf rahbarimiz G‘anini uyga yuboribdilar. D) Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan. 11 / 25 11. — Shiroq biz tomondan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar. Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 12 / 25 12. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? A) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. B) – Koyima, qizim, - dedi ona, o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. C) Sen chala qoldirgan yerlaringni supura tur, kelib qolar. D) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo‘lga chiqmayman. 13 / 25 13. Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushubsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa… Ushbu she’riy parchaga eng mos hikmatli so‘zni aniqlang. A) Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, yorig‘a ham istamagay. O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay, Ani munda sherik aylamagay. (Navoiy) B) Do‘sti yo‘q bilan sirlash, Do‘sti ko‘p bilan siylash. (Abay) C) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham. (E. Vohidov) D) Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutula olmaysan, bulutli kunda izlasang ham topolmaysan. (Abay) 14 / 25 14. Qaysi gapda sodda yasama va qo‘shma fe’llar ishtirok etgan? A) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o‘tirardi. B) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi. C) Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni gulday erkalagan chaman uchun. D) Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. 15 / 25 15. Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u gavda xar. “Tanobchilar” satirasidan olingan ushbu parchada qanday tasvir vositasidan foydalanilgan? A) sifatlash B) jonlantirish C) tazod D) mubolag‘a 16 / 25 16. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar.Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Ushbu parchadagi boychechak qanday ramz hisoblanadi? A) mehnatkash inson ramzi B) jo‘shqinlik ramzi C) yoshlik ramzi D) bahor ramzi 17 / 25 17. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik qaysi gapda mavjud? A) Sen chiqguncha kutib tura qolaman. B) Yuragimda mening bir dardim bor… C) Olis-olislarda qolgan qishlog‘im… D) Ob-havo yomonlashganda tog‘ga chiqmaslikni maslahat berishdi. 18 / 25 18. Tarkibidagi barcha otlar mavhum ot hisoblanadigan gapni toping. A) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi. B) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni qanday atashni bilmas edi. C) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. D) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. 19 / 25 19. Xalq qo‘shiqlari haqidagi qaysi fikr xato? A) Xalq qo‘shiqlari to‘y-tomoshalar jarayonida paydo bo‘lgan. B) Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. C) Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. D) Xalq qo‘shiqlarida xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. 20 / 25 20. Qaysi asarda biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli uchraydi? A) “Shum bola” B) “Muzqaymoq” C) “Do‘nan” D) “Urushning so‘nggi qurboni” 21 / 25 21. Xirmon yanchishda kuylanadigan o‘zbek xalq qo‘shig‘ini aniqlang. A) “Chittigul” B) “Turey-turey” C) “Maydagul” D) “Xo‘sh-xo‘sh” 22 / 25 22. Ibroyim Yusupovning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridan olingan qaysi misralarda lirik tuyg‘ular bilan birga ijtimoiy kayfiyat ham aks etgan bo‘lib, sho‘ro davri siyosatini eslatadi? A) Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda, Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor. B) Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar. She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday. C) Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday. D) Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga. 23 / 25 23. Qaysi gapda taqsim son ishtirok etgan? A) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. B) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. C) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. D) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi. 24 / 25 24. Xalq (tabobat) qulupnay (mevterlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan munosabat shakllari soni nechta? A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta 25 / 25 25. Tarkibidagi barcha sifatlar yasama bo‘lgan gapni aniqlang. A) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi. B) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, do‘mboq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. C) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. D) Nodon, kaltafahm odamdan ma’noli gap chiqmaydi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2