Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 9, 2022 58 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Diqqat! Testni 80% va undan yuqori natija bilan tugating va sertifikatga ega bo'ling! 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz Online olimpiada savollari! Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 1 / 25 1. Gaplashildi fe`lida qanday nisbat qo`shimchalari mavjud? A) orttirma va majhul nisbat B) birgalik va majhul nisbat C) birgalik va o`zlik nisbat D) majhul nisbat 2 / 25 2. Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping. A) soz, qil, zang B) bor, asar, stol C) gul, bog', ola D) ot, o’t, pul 3 / 25 3. Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Oydinda yurgan odamlar” B) “Yulduzlar mangu yonadi” C) “Otamdan qolgan dalalar” D) “Ot kishnagan oqshom” 4 / 25 4. Qаysi qаtоrdаgi so`zgа egаlik qo`shimchаlаri qo`shilgаndа tоvush tushishi yuz bеrаdi? A) Sоn B) Sоchiq C) Yutuq D) Shаhаr 5 / 25 5. Otdan yasalgan yasama sifat otlashgan qatorni toping. A) Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil B) Aqlli va dono kishilar yo`lda adashmaydi C) Achchiqni achchiq kesar D) Hunarli o`lmas, hunarsiz kun ko`rmas 6 / 25 6. Qaysi asarda biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli uchraydi? A) “Muzqaymoq” B) “Urushning so‘nggi qurboni” C) “Shum bola” D) “Do‘nan” 7 / 25 7. Tarkibidagi barcha otlar mavhum ot hisoblanadigan gapni toping. A) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. B) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni qanday atashni bilmas edi. C) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi. D) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. 8 / 25 8. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar.Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Ushbu parchadagi boychechak qanday ramz hisoblanadi? A) mehnatkash inson ramzi B) jo‘shqinlik ramzi C) yoshlik ramzi D) bahor ramzi 9 / 25 9. Sabab ravishi qatnashgan gapni aniqlang. A) U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini yumdi. B) Xayrullo bu shartga noiloj ko‘ndi. C) Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. D) U esa hamon qo‘rqoqligi tufayli kechalari ko‘chaga chiqolmaydi. 10 / 25 10. Ibroyim Yusupovning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridan olingan qaysi misralarda lirik tuyg‘ular bilan birga ijtimoiy kayfiyat ham aks etgan bo‘lib, sho‘ro davri siyosatini eslatadi? A) Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar. She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday. B) Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda, Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor. C) Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday. D) Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga. 11 / 25 11. Xalq qo‘shiqlari haqidagi qaysi fikr xato? A) Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. B) Xalq qo‘shiqlarida xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. C) Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. D) Xalq qo‘shiqlari to‘y-tomoshalar jarayonida paydo bo‘lgan. 12 / 25 12. Xirmon yanchishda kuylanadigan o‘zbek xalq qo‘shig‘ini aniqlang. A) “Chittigul” B) “Xo‘sh-xo‘sh” C) “Maydagul” D) “Turey-turey” 13 / 25 13. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? A) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. B) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo‘lga chiqmayman. C) – Koyima, qizim, - dedi ona, o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. D) Sen chala qoldirgan yerlaringni supura tur, kelib qolar. 14 / 25 14. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik qaysi gapda mavjud? A) Olis-olislarda qolgan qishlog‘im… B) Ob-havo yomonlashganda tog‘ga chiqmaslikni maslahat berishdi. C) Sen chiqguncha kutib tura qolaman. D) Yuragimda mening bir dardim bor… 15 / 25 15. Sabab ravishdoshini toping. A) ko‘rgani bordi B) suvga tikilgancha o‘ylanib qoldi C) qo‘rqib kirmadi D) yig‘lay-yig‘lay uxladi 16 / 25 16. Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan? A) So‘ridagi ko‘rpachani yig‘ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to‘shab, joy soldi. B) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. C) Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlab kula boshladi. D) - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha’ningizga dog‘ tushiradigan ish qilmang, - dedi u kuyunib. 17 / 25 17. Qaysi gapda taqsim son ishtirok etgan? A) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi. B) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. C) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. D) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. 18 / 25 18. Tarkibidagi barcha sifatlar yasama bo‘lgan gapni aniqlang. A) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi. B) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. C) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, do‘mboq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. D) Nodon, kaltafahm odamdan ma’noli gap chiqmaydi. 19 / 25 19. Quyidagi o‘tgan zamon shakllaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi? A) Mana bu shotutni bobosi ekkan. B) Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan. C) Sinf rahbarimiz G‘anini uyga yuboribdilar. D) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. 20 / 25 20. — Shiroq biz tomondan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar. Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 21 / 25 21. Xalq (tabobat) qulupnay (mevterlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan munosabat shakllari soni nechta? A) 4 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta 22 / 25 22. Qaysi gapda sodda yasama va qo‘shma fe’llar ishtirok etgan? A) Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. B) Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni gulday erkalagan chaman uchun. C) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi. D) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o‘tirardi. 23 / 25 23. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! – Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim. (Musa Jalil) Ushbu she’riy parchada kimning tuyg‘ulari ifodalanmoqda? A) Kasalxonada yotgan bemorning. B) Chet ellarda sargardon yurgan ishchilarning. C) Urushdagi askarlarning. D) Qamoqxonadagi mahbusning. 24 / 25 24. Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushubsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa… Ushbu she’riy parchaga eng mos hikmatli so‘zni aniqlang. A) Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutula olmaysan, bulutli kunda izlasang ham topolmaysan. (Abay) B) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham. (E. Vohidov) C) Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, yorig‘a ham istamagay. O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay, Ani munda sherik aylamagay. (Navoiy) D) Do‘sti yo‘q bilan sirlash, Do‘sti ko‘p bilan siylash. (Abay) 25 / 25 25. Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u gavda xar. “Tanobchilar” satirasidan olingan ushbu parchada qanday tasvir vositasidan foydalanilgan? A) sifatlash B) jonlantirish C) tazod D) mubolag‘a 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2