11-sinf Fizika olimpiada №4

0

11-sinf Fizika olimpiada №4

2022-yil 14-oktyabr:

2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 32

1.  Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatining oxirgi 4 sekunddida 120 m masofani bosib o’tdi. Jismning yerdan 45m balandlikdagi tezligi (m/s) topilsin. g=10 m/s^2

2 / 32

2. Metropoliten ikki stansiyasining oralig’i 1,5 km. Poyezd bu masofaning birinchi yarmida tekis tezlanuvchan, qolgan ikkinchi yarmida tekis sekinlanuvchan harakat qiladi. Poyezdning maksimal tezligi 50 km/soat ga teng. Bu tezlanuvchan va sekinlanuvchan harakatning tezlanishlarini modul jihatdan teng bo`lsa,poyezdning ikki stansiya orasidagi harakat vaqti topilsin.(min)

3 / 32

3. Suvning sirtida suzib yurgan muz bo’lagi issiqlik ta’sirida sekin erimoqda. Erish jarayonida muzning qaysi parametrlari o’zgarmaydi? Relyativistik o’zgarishlar hisobga olinmasin.
a – massa
b – hajm
c – zichligi
d – botgan qismi (%)
e – botgan qismining hajmi
f – botmagan qisming hajmi
j – og’irligi

4 / 32

4. Sinish qonuniga ko’ra sharti bajarilganida, α = β bo’lishi mumkinmi?

5 / 32

5. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi
vertikal pastga yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi nimaga teng?

6 / 32

6. Sig'imi 1nF bo'lgan zaryadlanmagan yassi  kondensatorning qoplamalaridan biri yerga, ikkinchisi esa ingichka uzun o'tkazgich yordamida radiusi 20sm, zaryadi 92µC bo'lgan sharchaga ulandi. Sharda qanday zaryad (µC da) qoldi? k=9·109 m/F

7 / 32

7. 1,3 m/s² tezlanish bilan tushayotgan lift shiftiga maxkamlangan prujinaga yuk osilgan. Prujinaning bikirligi 595 N/m. Agar harakat davomida prujina 1 sm ga cho’zilgan bo’lsa, yukning massasini (g da) toping. g =9.8m/s² .

8 / 32

8. Kubning har bir qirrasi 6 Om qarshilikka ega. Kub katta dioganali bo'ylab qarama-qarshi uchlari orasidagi umumiy qarshilikni hisoblang.

9 / 32

9. Nuqtaviy yoruglik manbai fo’kus masofasi 6 sm  bo’lgan yiguvchi linzaning bosh o’ptic o’qida linzadan 8 sm masofada joylashgan. Linzani uning bosh o’ptic o’qiga perpendikyular yo’nalishda 3 mm/s tezlik bilan siljita boshlashdi. Manbaning tasviri qanday tezlik bilan harakatlana boshlaydi.

10 / 32

10. Jism to’gri chiziqli o’zgarmas tezlanishli harakatining 5-sekundida 5 m yo’l bosib o’tib to’xtadi. Jism shu harakatining ikkinchi sekundida qancha yo’l bosib o’tadi?

11 / 32

11. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatlanib, 5- sekundning oxirida 36 km/h tezlikka Avtomobil harakatining 3-sekundida bosib o’tgan yo’lini toping.

12 / 32

12. Vertikal silindirni og'ir ishqalanishsiz  harakatlana oladigan porshen ikki qismga bo'lib turadi. Porshen ostidagi gazning massasi porshen ustidagi gazning massasiga qaraganda 3 marta katta. Harorat 300K bo'lganda porshen  silindirni teng ikki bo'lakga bo'ladi. Harorat 800K bo'lganda porshen ostidagi gazning hajmi porshen ustidagi gazning hajmidan necha marta katta bo'ladi?

13 / 32

13. Ipak ipga osilgan kichkina sharcha 49 nC zaryadga ega. Sharcha kuchlanganligi 100 kN/m bo'lgan gorizontal elektr maydonda tangensi 0,125 ga teng bo'lgan burchakka og'gan. Sharcha massasini (g) toping? g=9.8m/s².

14 / 32

14. Qiyalik burchagi 30° ga teng bo’lgan qiya tekislikda 5 kg massali kub shaklidagi taxtacha yotibdi. Qiya tekislik, 2m/s² tezlanish bilan ko’tarilayotgan liftda o’rnatilgan. Taxtachaning qiya tekislikga ko’rsatyotgan normal bosim kuchini aniqlang. g =10m/s². √3=1,7.

15 / 32

15. Radiusi 6sm ga teng bo'lgan ingichka halqa  bo'ylab 40nC zaryad tekis taqsimlangan. Halqa markaziga massasi 9mg, zaryadi 12nC bo'lgan zarracha joylashtirildi va qo'yib yuborildi. Halqadan katta masofada zarrachaning tezligini toping. k=9·109 m/F .

16 / 32

16. Bir mol gaz izoxorik ravishda shunday  sovutildiki bunda uning bosimi 5 marta kamaydi. Shundan so'ng izobarik ravishda dastlabki 400K haroratgacha qizdirildi. Gaz qanday ish bajargan? Universal gaz doimiysi 8,3 J/(mol·K).

17 / 32

17. Massasi 3 kg bo’lgan jism  deformatsiyalanmagan prujina yordamida vertikal devorga mahkamlangan. Prujinaning bikirligi 54N/m ga teng va prujinaning o’qi gorizontal yo’nalgan. Sirt va jism orasidagi ishqalanish
koeffitsienti 0,3 ga teng. Jismga qanday minimal tezlik berilganda u o’zining dastlabki holatiga qaytib keladi? g=10m/s²

18 / 32

18. 600 va 300 W quvvat istemol qiluvchi elektr  kastryulya va choynak elektr tarmoqga parallel ulanganda ulardagi suv bir hil vaqtda 20 minutdan song qaynaydi. Ularni tarmoqga ketma-ket ulaganda kastryulyadagi suv choynakdagi suvdan necha minut keyin qaynaydi? Asboblarning qarshiligi ish sharoitiga bogliq emas.

19 / 32

19. Daryoning oqim tezligi 5 m/s, eni 32 m. Suvga  nisbatan 4 m/s tezlik bilan suza oladigan qayiqni qayiqchi shunday boshqarmoqdaki bunda qayiq narigi qirgoqga o’tganda daryo bo’ylab eng kichik masofaga ko’chadi. Bu ko’chishni toping.

20 / 32

20. Sigimlari 3 va 1 µF bo’lgan kondensato’rlar  ketma–ket holda EYK si 200 V bo’lgan to’k manbaiga ulangan. Kichik sigimli kondensato’r ishdan chiqib to’k o’tkaza boshlasa zanjirda qancha issiqlik (mJ da) ajralib chiqadi?

21 / 32

21. Gorizontga nisbatan qiyaligi 300 burchak tashkil  qilgan tog’ qiyaligiga nisbatan perpendikulyar holatda 6m/s tezlik bilan koptok otildi. Koptok qiyalik bo’ylab otilish nuqtasidan qanday masofaga (sm da) borib tushadi?

22 / 32

22. Harorati 27°C bo'lgan 2mol ideal gaz  molekulalarning ilgarilanma harakatidagi to'liq kinetik energiyasini (J) aniqlang. Universal gaz doimiysi 8,31 J/(mol·K) .

23 / 32

23. 64 km/soat tezlik bilan ketayotgan poyezdning  1/5 qismi ajralib ketdi. Qandaydir vaqtdan keyin poyezdning ajralib ketgan qismining tezligi ikki marta kamaydi. Ajralishdan so’ng poyezdning tortish kuchi o’zgarmadi deb  hisoblab, o’sha vaqt momentida poyezdning asosiy qismining tezligini aniqlang (km/soat). Ishqalanish kuchini ogirlikga proportsional deb hisoblang.

24 / 32

24. Ikkita nuqtaviy zaryad vakuumda 10sm  masofada turganda, suyuq dielektrik ichida 5sm masofada turgandagidek kuch bilan tasirlashmoqda. Dielektrikning dielektrik singdiruvchanligini aniqlang.

25 / 32

25. Yassi kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon kuchlanganligi 30kV/m. Kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish 300V. Kondensator qoplamalari orasidagi masofa (mm da) qanday?

26 / 32

26. Shamolning tezligi 10 m/s bo’lgan paytda yomg’ir tomchilari vertikalga 30°burchak tashkil qilib tushadi. Shamolning tezligi (m/s) qanday bo’lganda yomg’ir tomchilari vertikalga 60° burchak ostida tushadi?

27 / 32

27. Silliq gorizontal sirtda yotgan uzunligi 50sm,  massasi 900g bo’lgan taxtachaning bir uchida massasi 100g bo’lgan qurbaqa o’tiribdi. Agar qurbaqa gorizontga nisbatan 15° burchak ostida sakrayotgan bo’lsa, u taxtachaning keyingi uchiga  kelib tushishi uchun qanday tezlik bilan sakrashi kerak? g=10m/s²

28 / 32

28. Yo’lovchidan vago'n eshigigacha 25 m qolganda, poyezd joyidan 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Buni ko’rgan yo’lovchi o’zgarmas tezlik bilan yugurishni boshladi. Qanday eng kichik tezlik bilan  yugurganda yo’lovchi vago'n eshigini quvib yetadi ?

29 / 32

29. Modda miqdori 1mol bo'lgan gazni izobarik  jarayonda qizdirilganda uning ichki energiyasi 747 J ga oshgani va o'zgarmas bosimda gaz solishtirma issiqlik sig'imi universal gaz doimiysiga qaraganda 20,75 J/(mol·K) ga ko'pligi malum bo'lsa, bu jarayonda gaz harorati nech gradusga ko'tarilganini toping.

30 / 32

30. Ikkita idish krani bor ingichka trubkacha  yordamida ulangan. Birinchi hajmi 3 l bo'lgan idish bosimi 10kPa  bo'lgan gaz bilan to'ldirilgan, ikkinchi hajmi 6 l bo'lgan idishdagi bosim hisobga olmasa bo'ladigan darajada kichik. Birinchi idishdagi  gazning harorati 27°C. Agar kranni ochib gazning harorati 177°C gacha ko'tarilsa,  idishlarda qanday bosim (kPa da) qaror topadi?

31 / 32

31. Sindirish korsatkichi 1,5 bolgan shishaning ichida radiusi 9 sm bolgan sferik kovak bor. Kovak sindirish korsatkichi 4/3 bolgan suv bilan toldirilgan. Kovakga parallel yoruglik nurlari tushmoqda. Kovak ichiga otuvchi yoruglik dastasining radiusini (sm da) aniqlang.

32 / 32

32. Massasi 120 kg bo’lgan arava ustida massasi 80 kg bo’lgan odam bilan birga 0,3 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Odam arava ustida, aravaning harakati yo’nalishida o’zgarmas tezlik bilan yurishni boshladi. Odam aravaga nisbatdan qanday tezlik (sm/s) bilan harakatlanganda arava to’xtaydi?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0